Fizika darslarida laboratoriya mashg’ulotlarini dasturiy vositalardan foydalanib o`tkazishning afzalliklari



Yüklə 152,95 Kb.
səhifə4/5
tarix09.10.2023
ölçüsü152,95 Kb.
#153121
1   2   3   4   5
Fizika darslarida laboratoriya mashg’ulotlarini dasturiy vosital-fayllar.org

Crocodile Physics dasturi haqida.

Crocodile Physics dasturi fizik jarayonlarni modellashtirish va fizikaning mexanika, Elektr zanjirlar, Optika va To‘lqin hodisalari bo‘limlariga oid tajribalar yaratish va kuzatish imkoniyatini beruvchi dasturdir. Bu kuchli dastur fizik hodisalarni kuzatish, tajribalar o‘tkazish va turli murakkablik darajasidagi jarayonlarni modellashtirish imkoniyatini beradi. Ushbu dastur Crocodile Clips Ltd tomonida 1994 yildan beri takomillashtirilib kelinmoqda. Dasturdan masala echishda, virtual laboratoriya ishlarini va namoyish tajribalarini tashkillashtirishda keng foydalansa bo‘ladi. Dastur fizikaning barcha bo‘limlari bilan ishlash, jarayonlarni chuqur o‘rganish imkoniyatini yaratadi. (4-rasm. Crocodile Physics dastur muhitining ishchi stoli)





5-rasm'>4-rasm. 5-rasm

Dasturning o‘ziga xos xususiyatlari: Fizik hodisalarni namoyish etuvchi optimal dastur, 50 dan ortiq qadamma - qadam o‘rgatuvchi darslar, 150 dan ortiq fizikaning bo‘limlariga oid tayyor modellar, fizik jarayonlarni kompyuterda modelashtirish imkoniyati, mustaqil modellashtirish imkoniyatini beruvchi sodda interfeys, Er sharoitida o‘tkazish qiyin bo‘lgan tajribalarni amalga oshirish va kuzatish, dasturning kuchli instrumentariyasi, tajribada qatnashayotgan fizik kattaliklarning qiymatini juda yaxshi aniqlik bilan hisoblash imkoniyatini beradi, fizik hodisada qatnashayotgan fizik kattalik bilan boshqa fizik kattaliklar o‘rtasidagi grafikli bog‘lanishni hosil qilish, yaratilgan modellarni saqlash va qog‘ozga chop etish mumkin. (5-rasm. Crocodile Physics dastur muhitida yaratilgan model)



Crocodile Technology dasturiy haqida

Bu dasturdan o‘rta maktab o‘quvchi va o‘qituvchilari, litsey, kollej talabalari va oliy ta’lim muassasalarining talaba, professor-o‘qituvchilari «Elektr», “Elektrotexnika”, “Sxemotexnika”, “Elektr zanjirlar nazariyasi“ fanlarida qo‘shimcha pedagogik dastariy vosita sifatida keng foydalanishlari mumkin.




Yüklə 152,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin