Fizika fakulteti


Mavzuning maqsadi va vazifalari



Yüklə 35,66 Kb.
səhifə2/6
tarix06.12.2022
ölçüsü35,66 Kb.
#72618
1   2   3   4   5   6
vazifa

Mavzuning maqsadi va vazifalari: Milliy dasturning maqsadi, vazifalari va uni ro’yob chiqarish bosqichlarining mazmun va mohiyatini ochib berish, hozirgi davrda fizika o’qituvchisining kasbi va uning jamiyatda tutgan o’rnini asoslab berish, fizikaviy masalalarni turli usullarda yechish metodikasini o’rganish, namoyish tajribalarini tayyorlash va ko’rsatish metodikasi va texnikasini o’rganish, ta’limda innovatsion va axborot texnologiyalarini qo’llash hamda o’qitish metodikasi bo’yicha nazariy-amaliy bilimlarni uzviylik va uzluksizlikda o’rgatishdan iborat. Fan bo’yicha talabalarning bilim, ko’nikma va malakalariga quyidagi talablar qo’yiladi. Talabalar asosiy fizika qonunlari va ularning formulalarini, asosiy fizik prinsplarining ma’nosi, mazmuni, harakat qonuniyatlari va ularning grafiklarini tahlil qilish, fizik kattaliklarning ma’nosini, birliklarini va ularning taqqoslashni, asosiy fizik qonun va jarayonlarni mexanik hodisalarga qo’llay bilish, fizik tajribalar, namoyishlar va hodisalarni fizik qonunlar, ideallashtirilgan modellar, dars o’tish texnikasi, ochiq darslarni tashkil etish metodikasi to’g’risida tasavvurga ega bo’lishi, umumiy talab darajasidagi masalalarni yechish va tahlil qilish, fizikaviy masala va tajriba natijalarini har xil o’lchov sistemalarida hisoblashda matematik hisoblash usullarini qo’llay bilish o’quviga, fizik qonun va formulalarni nostandart masalalarga tadbiq etish, fizik qonunlar asosida tavsiflash, umumiy o’rta ta’lim va o’rta maxsus o’quv yurtlarida dars o’tish, ochiq darslarni tashkil etish, fizika o’quv mavzularida pedagogik va axborot texnologiyalarini qo’llashni bilishi va ulardan foydalana olish, oddiy mexanik laboratoriya ishlarini sozlashni, o’lchash bajarishni va natijalarini hisoblashni, ekspriment xatoliklarini hisoblash va sifatini xulosalashni bilishlarini kerak. Oliy yurtlarida ma’ruza, laboratoriya, amaliy va seminar mashg’ulotlarni tashkil qilish qilish usullarini bilishi, fizik tajribalarni o’tkazish jarayonida fan bo’yicha olgan bilimlarini qo’llay olish ko’nikmalariga ega bo’lishi kerak. Mavzuning ilmiy yangiligi: Fizika o’qitish metodikasi o’quv fanini o’zlashtirish jarayonida amalga oshirilgan masalaga doirasida bakalavr. Fizika fanini o’qitish metodikasining paydo bo’lishi va rivojlanishi, fizika fanini o’qitish texnologiyalari va vositalari, fizika o’qitish metodikasining asosiy masalalari, ilmiy, ta’lim-tarbiyaviy dunyoqarashlari, hozirgi davrda o’qituvchilik kasbi va uning jamiyatda tutgan o’rni, o’rta umumiy ta’lim maktablari va mutaxassislashtirilgan maktablarda fizika o’qituvchisining asosiy maqsadlari, oliy ta’lim tizimida fizika fanini o’qitishning mazmuni va vazifalari, fizika fanini o’qitishda ma’ruzaning roli, fizika kursining tabiiy o’quv fanlari bilan bog’liqligi, fizika masalalarini klassifikatsiyalash. Turli xildagi masalalarini yechish metodikasi, namoyish tajribalarini tayyorlash, ko’rsatish metodikasi va texnikasi. Fizika o’quv mavzulariga pedagogik va axborot texnologiyalarni qo’llash usullari, dars turlari va tuzilishlari, turli darslarga o’qituvchining tayyorgarligi, reja konspekt tuzish. Seminar va konferensiya darslarini rejalashtirish, oliy o’quv yurtlarida ma’ruza, laboratoriya, amaliy va seminar mashg’ulotlarini tashkil qilish usullarini bilishi, fizik tajribalarni o’tkazish jarayonida fan bo’yicha olgan bilimlarini qo’llay olish ko’nikmalarini shakllantirishi kerak.


Yüklə 35,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin