Fizika fakulteti


Namoyish tajribalarining umumiy tavsifi . Namoyish tajribalarini tayyorlash va ko’rsatish metodikasi



Yüklə 35,66 Kb.
səhifə4/6
tarix06.12.2022
ölçüsü35,66 Kb.
#72618
1   2   3   4   5   6
vazifa

2.2. Namoyish tajribalarining umumiy tavsifi . Namoyish tajribalarini tayyorlash va ko’rsatish metodikasi
Namoyish tajribalarning avditoriyadagi barcha ta’lim oluvchilar uchun o’qituvchi ko’rsatadi. Fizikani o’qitishda namoyish tajribalar o’z mazmuniga va vazifasiga ko’ra turli xil funksiyalarni bajarishi mumkin. Ular nazariyaning boshlang’ich dalili rolini bajarishi, gipotezalarning oddiy modellarini ifodalashi nazariy xulosalarni eksprimental tekshirish uchun xizmat qilishi yoki fizikaning xalq xo’jaligi turli sohalarda amalda qo’llanilishini namoyish etish mumkin. U yoki bu namoyish tajriba o’tkaziladigan qurilmani yig’ish va tajribani o’tkazish o’qituvchini ishi. Ta’lim oluvchilar kuzatuvchi bo’ladi. Ular tajriba tavsilotlarini yozib oladilar. Ta’lim oluvchilarni har qanday demanstratsion tajribaning natijalarini mustaqil ravishda tahlil qilishlariga va tegishli xulosa chiqarishlariga o’qituvchi undashi zarur. Shundagina ta’lim oluvchilar namoyish tajribani faol kuzatib boradilar. Namoyish tajribaning tajribaning kamchiligi shundaki, ta’lim oluvchilar ko’pgina tajribani uzoqdan turib kuzatadilar, asboblar bilan o’zlari mustaqil ishlamaydilar. Shuning uchun ular eksperimentga oid amaliy malakalar olmaydilar. Lekin shunga qaramasdan namoyish tajribalar o’quvchilarning bilim va bilish qobiliyatlarini shakllanishida hal qiluvchi rol o’ynaydi. Metodik nuqtayi nazardan qaralganda, tinglovchilarga ma’ruzaga fizika hodisalarning mazmuni namoyish tajribalar bilan tushuntirilganda, tajribasiz tushuntirilganga nisbatan ma’ruzaning mazmuni tushunarli bo’ladi.
Umuman fizikadan namoyish tajribasi deganda auditoriyadagi barcha tinglovchilar kuzatadigan, o’qituvchi tomonidan ko’rsatiladigan fizik hodisalar tushuniladi. Fizikadan ma’ruza jarayonida namoyish qilinadigan tajribalar sifat xarakteriga ega bo’lishiu kerak. Agar namoyish tajribalarida miqdoriy hisoblashlar bo’lsa, bunday tajribalar ma’ruzaning ko’p vaqtini egallaydi va bilim oluvchilarning diqqatini oladi. Hisoblashli tajribalar laboratoriya mashg’ulotlarida o’tkazilishi maqsadga muvofiqdir. Namoyish tajribalarida ishlatiladigan asbob-uskunalar va qurilmalar mumkin qadar sodda va talabalarning ko’rishlari uchun qulay bo’lishi, talabalarning e’tiborini tortadigan ikkinchi darajali asboblar ko’rinmaydigan holatda joylashtirilishi kerak. Namoyish tajribalarining sifati va samaradorligi, namoyish qilinayotgan fizik hodisalarni talabalar qanday ko’rayotganligi bilan aniqlanadi. Namoyish qurilmasi, uning tashkiliy qismlari talabalarga yaxshi ko’rinadigan qilib joylashtirilishi zarur. Agar qurilma vertikal tekislikda yig’ilsa, uning ko’rgazmaliligi, qurilma gorizantal tekisligida yig’ilganiga nisbatan ancha oshadi.

Yüklə 35,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin