Fizika” fani bo’yicha



Yüklə 3,46 Mb.
səhifə95/145
tarix27.12.2023
ölçüsü3,46 Mb.
#200610
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   145
Fizika” fani bo’yicha

5. Pauli prinsipi.
Pauli prinsipiga asosan bir xil n,l,m,s bilan aniqlanadigan holatda faqat bitta elektron bo’lishi kerak. Agar ularning s spinlari ya’ni xususiy harakat miqdorlari momentini ikki xil bo’lishini hisobga olsak, u holda atomning n orbitasidagi elektronlar soni Pauli prinsipiga asosan N =2n2 formula bilan hisoblanadi. Birinchi orbitada, ya’ni n =1 bo’lganida orbitada N=2ta elektron bo’ladi. ikkinchida n=2, N=8ta, uchinchida n=3 , N= 18ta elektron joylashgan. Ana shu elektronlar “s”, “p”, “d” – holatlarga taqsimlanadi.
Masalan: Na 11 uchun – 1s2 2s2 2p6 3s1
K 19 – 1s2 2s2 2p6 4s2 4p6 5s1 va x.k.
Ishqoriy metallarning chiqarish spektorlari ham, vodorod spektori kabi bir necha seriyaga qarashli chiziqlardan tashkil topadi.
Elektron spini
1925 yilda Gaudsmit va Ulenbexlar elektronlarning xususiy magnit va mexanik momentlari mavjudligini ko’rsatdilar. Elektron yadro atrofida aylanishdan tashqari, yana o’z o’qi atrofida ham aylanar ekan. Demak, elektron “spin” ga ega bo’lib, o’z magnit va mexanik momentiga ega bo’ladi. “spin” ingilizcha so’z bo’lib, “ urchuq” degan ma’noni anglatadi va elektronning xususiy xarakat miqdori yoki impul’s momenti- spinga ega bo’lishi mumkin:
Ms1/2 ħ=Sħ (6)
Demak, atomdagi elektron holati to’rtta kvant sohalari n,l,m,s bilan belgilanadi va elektronning holati funksiya bilan tavsiflanadi. n,l,m – kvant sonlari, asosan, elektronning atomdagi orbitasi “shaklini” ifodalaydi, s kvant soni esa elektronning xususiy magnit momentini ifodalaydi va s=±1/2 ga teng.
Pauli prinsipiga asosan, atomda to’rtta (n,l,m,s ) kvant sonlari aynan bir xil bo’lgan ikkita va undan ortiq elektron bo’lishi mumkin emas. Agar, n,l,m kvant sonlari bir xil bo’lganda ham s=±1/2 bilan bir-biridan farq qiladi. Pauli prinsipi atomlarning ichki spektorlarini o’rganishda va Mendeleyv davriy sistemasini nazariy asoslashda katta ahamiyatga ega.


  1. Yüklə 3,46 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   145




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin