1. Berilgan tenglamalardan burchak tezlikni aylanish davri orasidagi bog’lanish ifodasini toping .
A. W = 2ПV B. W= 2П / T C. V = 2ПR / T D. V=2ПV 2. Avtomobilning tezligi 72 km/soat g’ildirakning diametric 62 sm. G’ildirakning burchak tezligini toping ?
A. 62 rad/s B. 62,5 rad/s C. 64,5 rad/s D. 32 rad/s
3. Markazga intilma tezlanish formulasi ….
A. a = ( V- Vo) / t B. a = V2 /R C. a = W2R D. B va C
4. Jismning inertligi nima bialn tavsiflanadi ?
A. Massa B. Og’irlik C. Zichlik D. Hajm
5. Areometr yordamida qanday fizik kattalik o’lchanadi ?
A. Tezlik B. Tezlanish C. Suyuqlik zichligi D. Kuch
6. Nyutonning 2 – qonuniga tegishli tenglamani ko’rsating .
A. F=ma B. F=mg C. F=Gm1m2/ R2 D. F=-kx
7. 600 N kuch jismga 0,8 m/s2 tezlanish beradi. Qanday kuch shu jismga 2 m/s2 tezlanish beradi.
A. 80 N B. 100 N C. 150 N D. 180 N
8. 72 km/soat tezlik bilan to’g’ri chiziq bo’ylab harakatlanayotgan massasi 200 t bo’lgan poyezdni tormozlash
natijasida 10 sekunddan keyin uning tezligi 54 km/soat ga tushdi. Tormozlanishkuchini toping (N) .
A. 100000 B. 200000 C. 1000 D. 1000000
9. Tekis tezlanuvchan harakat qilayotgan velosiped 10 s davomida tezligini
12 km/soaf dan 30 km/soat ga oshirdi. Velosipedning tezlanishini toping.
A) 5 m/s2 B) 2,5 m/s2 C) 1,5 m/s2 D) 0,5 m/s2 10. Kuchni o’lchaydigan asbob …
A. Akselereometr B. Dinamometr C. Areometr D. Termometr
11. Nyutonning 1 – qonunini ifodalovchi formulani ko’rsating .
A. V=const F=0 B. V=const V=at C. F=const V=Vo+at D. F=0 S=const
12. O’tin yorish paytida bolta g’o’lada qisilib qoldi. G’o’lani yorish uchun qattiq
tayanchga g’o’lani urgan ma’qulmi yoki boltaning orqasinimi ?
A. Farqi yo’q B. G’o’lani C. Boltani orqasini D. B va C javoblar
13. Nyutonning 3 – qonunini ifodalovchi formulani ko’rsating .
A. F=ma B. F1= -F2 C. F=mg D. F=-kx
14. Chiziqli tezlikning yo’nalishi qanday?
A. Urinma bo’ylab B. Markazga tomon C. Radius bo’ylab D. Soat strelkasiga qarshi
15. Burilish burchagi birligi …
A. Metr B. Radian C. Nyuton D. rad/s
16. Elektrovoz 1 minutda 300 marta aylansa aylanish chastotasi nimaga teng ?
A. 0,2 1/s B. 5 1/s C. 2 1/s D. 0,5 1/s
17. Aylanish davrining birligi …
A. s B. 1/s C. N D. m
18. Vaqt birligida aylanishlar soni ….. deyiladi . Nuqtalar o’rniga qo’ying.
A. Chastota B. Davr C. Tezlik D. Burchak tezlik
19. Suyuqlikni o’lchaydigan asbobni nomi …
20. Chiziqli tezlik formulasi …
21. Chastotani davrga bog’liqlik formulasi ….
22. Aylanish chastotasining birligi ……
23. 1 N nimaga teng ?
24. Agar reaktiv samolyot dvigatelining tortish kuchi 90 kN bo’lsa , massasi 60 t bo’lgan
shu samolyot tezlik olish vaqtida qanday tezlanish bilan harakatlangan ?
25. Massasi 0,5 kg bo’lgan koptokka 0,02 s davomida zarb berilgandan keyin u 10 m/s
tezlik oladi. Zarbning o’rtacha kuchini toping.