Fizika fanini kompyuter texnologiyalari asosida


International Conference on Developments in Education, Sciences and Humanities



Yüklə 229,34 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/3
tarix10.07.2023
ölçüsü229,34 Kb.
#136304
1   2   3
International Conference on Developments in Education, Sciences and Humanities 
Hosted from Livorno, Italy 
https

econferencezone.org May 2
nd 
-3
rd
 2022 
218 
-hozirgi zamon fizikasini fandagi, hayotdagi, texnikadagi, ekalogiyadagi va boshqa tarmoqlardagi 
muammolarni hal etish yo’lidagi roli bilan tanishtirish kerakligini ko’rsatishdan iboratdir.
Ana shunday ulkan talablarni hisobga olishga o’qitishning diafilm, kinofilm, radio kabilar bilan bir 
qatorda kompyuterlarning ham o’rni beqiyosdir. 
XXI asr bo’sag’asida kompyuterlashtirish yuqori cho’qqilarni egallagan bir vaqtda, fanlarni kompyuter 
dasturlari orqali o’qitishni davr talab qilmoqda. O’quv jarayonida kompyuterlashtirish katta jadallik bilan kirib 
kelmoqda. Kompyuter dasturlari orqali fizik tajribalarni, effektlarni va hodisalarni namoyish qilish mumkin. 
Kompyuterdan bilim berishda olgan bilimlarni nazorat qilishda, fizikadan masalalar yechishda va 
labaratoriyada keng foydalanish mumkin. An’anaviy labaratoriyalar, ularga dunyoning moddiyligi haqida 
ishonch shakllanadi, dunyoning o’rganishda insonning imkoniyatlari katta ekanini bilib oladilar. Natijada 
talim oluvchilarning mantiqiy jikrlashlari va bilish qobiliyatlari rivojlanib boradi.
Turli xil fizik qonuniyatlarni o’rgatuvchi, parametrlar o’rtasidagi parametrlar o’rtasidagi bog’lanishni 
o’rgatuvchi grafiklarni chizuvchi fizik jarayonlarni tabiatga ro’y berishiga yaqin tarzda amalgam oshiruvchi 
kompyuter dasturlari keyingi vaqtda ko’plab tuzilmoqda. Bunday dasturlardan fizika fanini o’qitishda ham 
foydalanib kelinmoqda. 
Umumiy fizika kursi materiali hajmi jihatdan katta. Bu materiallarning bo’limlari bo’yicha o’qitishda 
kompyuterdan foydalanish afzalroq bo’lgan materialni tanlab olish lozim. Masalan fizikaning “atom va yadro 
fizikasi” bo’limining o’zidagina o’lchovi angstrem tartibida otom va elementar zarralar o’rtasidagi 
jarayonlarni tajribalarni an’anaviy labaratoriya sharoitida kuzatib bo’lmaydi. Chunki odamning ko’rish 
qobiliyati 
sm
8
10

o’lchovidagi nozik majmuani ko’rishga qodir emas. Vaholanki, bu jarayonlarni 
kompyuterda mul’tiplikatsiya tarzida kuzatish mumkin.
Keyingi vaqtda o’qitishni yanada takomillashtirish uchun “elektron darslik”lar yaratish to’lda 
qo’yilmoqda. Bundan o’qituvchilar yaxshi foydalanishlari mumkin. Bu “elektron darslik”larning eng qulay 
tomoni olisdan turib boshqarishga mavzuni o’rgatishga imkon beradi. 
Zamonaviy EHMlarning yaratilishi juda murakkab masalalarni masalan gidroaerodinamika va issiqlik 
almashinuvi masalalarini yechib hayotda kengroq tadbiq etish imkoniyatini ayrim murakkab tajribalarni 
modellashtirish imkoniyatini yaratdi. Bu sohadagi masalalarni EHM yaratilmasidan avval yillar davomida 
yechish mumkin edi. Ana shunday kuchli hisoblash mashinalari yaratilishi hech kimning hayoliga ham 
kelmagan edi.
Birinchi EHMlar yaratilganda quvvatli hisoblash mashinalari faqat labarotoriya yoki ilmiy institutlarda 
qo’llanilar edi. EHMlar hajmining kichrayishi narxining kamayishi esa ularning barcha sohalarda kengroq 
kirib kelishiga sabab bo’ldi. 
EHMlar rivoji amaliy masalalarni yechish va uni amalgam qo’llaydigan yangi bir necha fanlar qatori 
hisoblash gidromexanikasi fani va fizik jarayonlarni matematik modellashtirish imkoniyatini yaratilishiga olib 
keldi.
Hisoblash usullarining qo’llanishi no’zi ham tubdan o’zgardi. Shu bilan birga EHMda murakkab 
masalalarni yechish usullarini yaratish juda ham avj oldi. Teskor xotirasi katta samarali EHMlar yaratish 
talabi ham shu masalalarni yechishda kelib chiqqan. Albatta shu sababli ham ular hisoblash mashinasi deb 
yuritilar edi. Hozirgi davrda bu nom juda tor ma’no bo’lib qoldi. Hisoblash gidroaerodinamikasi fanining 
asosiy maqsadlaridan biri jarayonlarning asosiy matematik model yordamida ifodalab ularning sonli usullar 
va EHM yordamida yechishni o’rganishdir.
Hisoblash deganda matematik model yordamida yechish tushuniladi. Bu sohada jarayonlar ko’pincha 
birinchi, ikkinchi va undan yuqori tartibli differensial tenglamalar (xususiy yoki xususiy bo’lmagan) 
tenglamalar sistemasi orqali ifodalanadi. Barcha asosiy qonunlar: uzluksiz (massaning saqlanish qonuni), 
harakatning saqlanish qonuni va boshqa qonunlar (differensial tenglamalar sistemasi) ko’rinishida 
ifodalanadi. 
Albatta ko’p hollarda fizik jarayonlar to’la aniqlikda matematik model yordamida ifodalana olmaydi. 
Bunday hollarda jarayon soddalashtirilib (ideallashtirilib) olinadi. Umuman jarayonlarni hozirgi davrda ikki 
usul bilan o’rganish mumkin: 
-Matematik modellashtirish; -Tajriba o’tkazish. 



Yüklə 229,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin