Fizika guruh talabasi eshimbetova shohistaning optika



Yüklə 0,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/10
tarix05.05.2023
ölçüsü0,78 Mb.
#107879
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Eshimbetova Sh 2-G fizika optika kurs ishi

1.3. Golografiyaning asosi 
Endi keling golografiyaning asosi bilan tanishishga o’taylik. Xo’sh, jism 
to’g’risidagi malumot (uning tasviri) qanday qilib qayd etiladi va qanday qilib 
tiklanadi? Buning uchun jismdan chiqayotgan to’lqin amplitudasi va fazasini qayd 
qilish va qayta tiklash zarur. Bu esa amalda mumkin. Chunki interferensiyada, 
intensivlikning taqsimoti interferensiyaga kiruvchi barcha to’lqinlarning ham 
amplitudalariga, ham fazalariga bog’liq 
Shuning uchun ham faza, ham 12 amplituda haqidagi ma’lumotlarni qayd 
qilish uchun jismdan chiquvchi to’lqindan (jism to’lqini) tashqari, yorug’lik 
manbayidan boruvchi, unga kogerent bo’lgan to’lqindan ham (tayanch to’lqini) 
foydalaniladi. Golografiyaning asosiy g’oyasiga muvofiq, jism hamda tayanch 
to’lqinlari hosil qiladigan interferension manzaradagi intensivliklar taqsimoti 
rasmga tushirib olinadi. So’ngra, esa fotoplastinkada qayd qilingan qoraygan 
taqsimotlar yorug’lik difraksiyasi yordamida qayta tiklanib, jism bo’lmasa ham, uni 
o’rganish imkoniyati vujudga keladi. 


II. BOB. GOLOGRAFIYANING AMALIYOTDA QO’LANILISHI 
2.1. Golografiyani qo'llash usullari. 
Golografiya usulidan hozir juda ko’p sohalarda foydalaniladi. Lekin ularning 
eng muhimi - ma'lumotlarni yozish va saqlash. Golografiya oddiy mikrofotografiya 
usuliga qaraganda, bir xil hajmga yuzlab marta ko’p ma'lumotni yozishga imkon 
beradi. Masalan, o’lchamlari 32x32 mm bo’lgan fotoplastinkaga, har birining yuzasi 
1 mm
2
dan bo’lgan 1024 ta gologrammani, ya'ni 1024 betli kitobni joylashtirish 
mumkin. Golografik xotirali EHM, golografik elektron mikroskop, golografik kino 
va televideniye, golografik interferometrlar kabi istiqbolli sohalar endigina rivojlana 
boshlamoqda. Yorug’lik ko’plab atomlar tomonidan chiqariladi hamda ko’plab 
elektromagnit nurlanishlarning yig’indisidan iborat bo’ladi. Bu nurlanishlar 
mustaqil ravishda amalga oshirilgani uchun yorug’lik vektorining hamma 
yo’nalishlar bo’yicha taqsimoti bir xil bo’ladi. Yorug’lik to’lqinlarining qutblanish 
mexanizmini yaxshiroq tasavvur qilish uchun mexanik to’lqinlarning qutblanishi 
bilan tanishaylik. Bo’ylama to’lqinlar (tovush to’lqinlari) holida tebranish 
to’lqinning tarqalish yo’nalishi bilan mos keladi. Ko’ndalang to'lqinlar holida esa 
tebranish to’lqinning tarqalish yo’nalishiga perpendikular bo’ladi. Shu bilan birga 
to’lqinning tarqalish yo’nalishiga perpendikular bo’lgan yo’nalish cheksiz ko’pdir. 
Qutblagichlar. Endi yorug’lik to’lqinlarining tabiatini aniqlash uchun yuqorida 
keltirilganga o’xshash tajriba o’tkazib ko’raylik. Yorug’lik to’lqini holida «tirqishli 
to'siq» vazifasini nima bajarishi mumkin, degan savol tug’iladi. Bu vazifani ba'zi 
kristallar, masalan, turmalin o’tashi mumkin. Bunday kristallar anizotropik 
xususiyatlarga ega bo’lganliklari uchun, yorug’lik tebranishining ma'lum 
yo’nalishidagisini o’tkazib, boshqalarini o’tkazmaydi. Boshqacha aytganda, ular 
yorug’likni qutblash xususiyatiga ega va shuning uchun ularni qutblagichlar 
deyiladi. Yorug’lik to’lqinining qutblanish xususiyatiga egaligi uning ko’ndalang 
to’lqin ekanligini isbotlaydi. Tabiiy yorug’lik ikkita dielektrikning (misol uchun 
havo va suv) chegarasiga tushganda bir qismi qaytadi, bir qismi esa sinib ikkinchi 
muhitda harakatlanadi. Bu nurlarning yo’liga turmalin plastinka qo’yib, ularning 
qisman qutblanganligiga ishonch hosil qilish mumkin. Tajribalar qaytgan nurda 


tushish tekisligiga perpendikular bo’lgan tebranish singanida esa tushish tekisligiga 
parallel tebranish (strelkalar bilan ko’rsatilgan) ustunroq bo’lishini ko’rsatdi. 

Yüklə 0,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin