Do‘stlar davrasida. O‘yin 3-guruhga tegishli bo‘lib, talabalarning bir necha nafari kompyuterning turli xil qurilmalari yoki operatsion tizimning turli xil buyruqlari vazifasini bajaradilar. Ular o‘zlarining do‘stlari ishtirok etgan davrani topib olishlari kerak. Buning uchun kompyuterning tashqi va asosiy qurilmalari yoki ichki va tashqi buyruqlar bir-birini topib olishi kerak. Do‘stlar qo‘l ushlashib davra quradilar va o‘zlarini tavsiflab beradilar. Bu o‘yin bilimlarni mustahkamlaydi va talabalarda bir-birlariga bo‘lgan yordam hissini shakllantiradi.
Kim chaqqon? Guruh ikkiga bo‘linib, har bir guruhdan bittadan o‘quvchi doska oldiga chiqariladi. Bir o‘quvchi fanga tegishli atamani o‘zining maydoniga yozadi. Keyingi o‘quvchi oldingi o‘quvchi yozmagan qo‘shimcha atamani ishlatadi. O‘yin shu tariqa davom etadi, adashgan o‘quvchi o‘yindan chiqadi. Kimning maydonida eng ko‘p to‘g‘ri, mantiqiy bog‘langan tushunchalar paydo bo‘lsa, shu jamoa g‘olib sanaladi. O‘yin xotirani mustahkamlashda va takrorlashda qo‘llaniladi.
Men kimman? Bu kompyuterning qurilmalarini tavsiflashda eng yaxshi usuldir. Bir o‘quvchi o‘zining «Kimligini topolmayapti?» Unga boshqa o‘quvchilar yordamga keladi. «Men qanday qurilmaman?», «Men qayerda ishlatilaman?», «Eng yaxshi qobiliyatim qachon namoyon bo‘ladi?», «Qaysi qurilmalar men bilan hamohang ishlaydi?» va hokazo. Qanchalik ko‘p savol berilib, sharhlar so‘ralsa, shunchalik o‘quvchi bali kamayadi. Kim topqirroq bo‘lsa, tezroq jumboqni yechishi kerak bo‘ladi. Nafaqat qurilmalarda keyinchalik dasturiy ta’minotlar, menyu bo‘limlarining vazifalarini tavsiflashda ham o‘yindan muvaffaqiyatli foydalanish mumkin. O‘yin o‘quvchida obyektlarning xususiyatlarini anglashda, xotirani rivojlantirishda, bilimlarni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Dasturchi va buyurtmachi. Dasturlash bo‘yicha o‘tiladigan dars mashg‘ulotlarida «Dasturchi va buyurtmachi» roli o‘yinini qo‘llashni tavsiya qilamiz. Unda buyurtmachi dasturchilar kompaniyasiga kelib, buyurtma qilinadigan dasturga bo‘lgan talablarni tavsiflaydi. «Menga muzqaymoqni reklama qiluvchi stend kerak», «Menga zamonaviy uyning loyihasi kerak». Mazkur topshiriq bo‘yicha kompaniya, ya’ni guruh a’zolari jamoalarga bo‘linib, vazifalarni taqsimlab oladilar. Uni talab darajasida bajaradilar. Ekspertlar guruhi topshiriqni bajarilish sifatini va kompaniya ishini baholashlari mumkin. O‘yin 4-guruhga mansub bo‘lib, o‘quvchida ijodiy fikrlash va o‘z qobiliyatlarini amaliy ishda sinab ko‘rish imkonini beradi.
Yuqoridagi barcha mulohazalarni umumlashtirib, o‘yinli texnologiyalarni qo‘llash natijasida quyidagi mulohazalarni tavsiya etamiz:
O‘yin turli yoshdagi bolalar faoliyatini rivojlantirishning mustaqil shakli hisoblanadi.
O‘yinlar ijodiy tafakkurni rivojlantirish, o‘z-o‘zini anglash faolligini oshirishdagi eng erkin shakldir.
O‘yin rivojlantiruvchi amaliyot, sababi: bolalar o‘ynaganlari uchun rivojlanadilar, rivojlanish uchun o‘ynaydilar.
O‘yin o‘z-o‘zini anglashda, o‘z-o‘zini boshqarishda aql va ijodda erkinlikdir.
O‘yinda o‘quvchilar nazariy bilimlarini amaliyotga qo‘llash imkoniga ega bo‘ladilar, hodisalar va fanning mavjud xususiyatlarini tushuntirish uchun savollarni aniq ifodalay boshlaydilar.
O‘yinda o‘quvchilar o‘z fikrini bayon eta va himoya qila oladilar.
O‘yin bolalarning asosiy muloqot maydoni bo‘lib, unda o‘zaro shaxsiy muammolar hal etiladi. Insonlar orasidagi o‘zaro munosabatlar shakllanadi.
Xulosa qilib aytganda, bugungi kunda biz bolani jismoniy jihatdan o‘stiruvchi oddiy o‘yinlardan tortib, kattalar orasida ham mashhur bo‘lgan intellektual o‘yinlardan iborat bir qancha o‘yinlar «ombori»ga egamiz. Barcha o‘yinlarda o‘yinchi o‘yin shartlarini tezda o‘zlashtiradi va o‘ziga belgilangan vazifani qabul qiladi. O‘yin qoidalarini bajarish jarayonida o‘yinchi o‘zining maqbul qarorlarini o‘yindagi muammolarni hal qilishda erkin qabul qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi. O‘yindagi musobaqa esa shaxsiy sifatning tinmay yaxshilanib borishiga sabab bo‘ladi. Zamonaviy axborot texnologiyasini yaxshi bilgan va undan to‘g‘ri maqsadlarda foydalana olgan o‘quvchigina kelajakda o‘z qobiliyatlarini takomillashtirishi, kasbiy faoliyatida to‘g‘ri foydalana olishi va albatta komil inson sifatida shakllanadi deb aytaolaman.
Xulosa.
Men bu mavzuni yoritishda o`z xulosam deb shuni ayta olamanki ma`lumki, insoniyat ibtidoiy jamoa tuzumi davridanoq o`zining jismoniy mеhnatini yengillatish maqsadida ko`plab tеxnologiyalarni vujudga kеltirgan ya’ni ular qo`l mеhnatini yengillatish uchun qurol yasab tеxnik mеxanizmlar yaratishga asos soldi. Jamiyat taraqqiyotining olg`a siljishi eng avvalo inson omiliga bog`liqdir. Shuning uchun ham inson o`z tafakkuri aql-zakovatini ko`proq ijodiy ishlariga jalb qilish shartligi e`tirof etilmoqda. yangidan yangi tеxnik qurilma va vositalarni kashf qilish insonni o`z yashash sharoitiga, qilayotgan ishiga, ilmiy-tеxnik izlanishlariga ijodiy yondashish samarasidir. XX asrga kеlib insoniyat qo`l mеhnatinigina emas, balki aqliy mеhnatini ham yengillatish ustida anchagina izlanish olib bordi. bu yo`lda ko`plab tеxnik qurilmalar yaratildi va amaliyotga tadbiq etildi. Xuddi shunday tеxnik qurilmalardan biri kompyutеr – elеktr hisoblash mashinalari (EHM) dir.
Har birimizga ma`lumki ta’limning bugungi vazifasi o‘quvchilarni kun sayin ortib borayotgan axborot — ta’lim muhiti sharoitida mustaqil faoliyat ko‘rsata olish, turli sohalarda zamonaviy axborot texnologiyalarini samarali qo‘llash va axborot oqimidan oqilona foydalanishga o‘rgatishdan iborat.
Shu maqsadda, o‘quvchilarga uzluksiz ravishda mustaqil ishlash imkoniyati va sharoitini yaratib berish hamda ijodiy fikrlash va mustaqil qarorlar qabul qilishga o‘rgatish zarur. Bu masalaning yechimi tabiiyki, mazkur jarayonning asosiy tashkilotchisi — pedagoglarni tayyorlash sifatiga bog‘liq. Har bir jamiyatning kelajagi uning ajralmas qismi va hayotiy zarurati bo‘lgan ta’lim tizimining qay darajada rivojlanganligi bilan belgilanadi. Bugungi kunda mustaqil taraqqiyot yo‘lidan ildam borayotgan mamlakatimizning uzluksiz ta’lim tizimini isloh qilish va takomillashtirish, yangi sifat bosqichiga ko‘tarish, unga ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalarini joriy qilish hamda ta’lim samaradorligini oshirish davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan. Mamlakatimizda olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar ta’lim tizimida ham o‘ziga xos o‘zgarishlarni kiritish va yangiliklarni joriy etish zaruratini belgilab bermoqda.
Dostları ilə paylaş: |