Amaliy mashg’ulotlarini tashkil etish bo’yicha ko’rsatmalar
Fan bo’yicha amaliy mashg’ulotlari namunaviy o’quv rejada ko’zda tutilmagan.
Laboratoriya mashg’ulotlarini taxminiy ro’yxati
1. O’lchov asboblarining aniqlik darajasini tekshirish
2. Ampermetrning aniqlik darajasini tekshirish
3. Voltmetrning aniqlik darajasini tekshirish
4. Quvvatni vattmetr bilan o’lchash.
5. Qarshiliklarni ommetr bilan o’lchash.
6. Galvanik elementlarning elektr yurituvchi kuchini kompensasіya
usuli bilan aniqlash.
7. Elektron ossillografning ishlashini o’rganish.
8. Termopara doimiyligini aniqlash.
9. O’tkazgich va yarimo’tkazgichlar qarshiligini temperaturaga
bog’liqligini o’rganish
10. Bir fazali schyotchikni tekshirish.
11. Bir fazali transformatorni nagruzkada tekshirib ko’rish.
12. Galvanometrning bo’lim qiymati va ichki qarshiligi-ni
aniqlash.
13. Kondensator sig’imini davriy zaryadlash va razryadlash usuli
bilan aniqlash.
14. O’zgarmas tok zanjirida elektr qarshiliklarni o’lchash.
15. O’zgarmas tok zanjirida quvvatni o’lchash.
16. AVOmetr yordamida tok kuchini, kuchlanishni va qarshilikni
o’lchash.
17. Avtomatik o’lchash ko’prigi va potensiometr yordamida haroratni
o’lchash.
18. Transformatorning foydali ish koeffisientini aniqlash.
19. Bir fazali transformatorning quvvatini aniqlash.
20. O’lchov asboblari va o’zgaruvchan tok ko’priklari yordamida sig’im,
induktivlik va o’zaro induktivliklarni o’lchash
Kurs ishini tashkil etish bo’yicha ko’rsatmalar
Fan bo’yicha kurs ishlari namunaviy o’quv rejada ko’zda tutilmagan.
Mustaqil ta’limni tashkil etishning shakli va mazmuni
Talabaning mustaqil ishi o’rganilayotgan mavzu yuzasidan kengaytirilgan ma’lumotlar yig’ish, buning uchun axborot texnologiyalarining imkoniyatlaridan keng foydalanib, referat, slayd, tahlil natijalarining jadvallari, mavzular bo’yicha informasion vositalardan olingan adabiyotlar ro’yxati, me’yoriy texnik hujjatlarning nusxalari ko’rinishida bo’lishi mumkin. Mustaqil ishga mo’ljallangan mavzular va topshiriqlar talabaning mustaqil ishini tashkil etish bo’yicha kafedrada ishlab chiqilgan va muntazam yangilanib boradigan uslubiy qo’llanmalarda keng yoritilgan.
Dostları ilə paylaş: |