Fizika o‘qitishning ahamiyati va uning


Fizika o’qitishning ahamiyati va uning tuzilishi



Yüklə 140 Kb.
səhifə2/7
tarix02.06.2023
ölçüsü140 Kb.
#123542
1   2   3   4   5   6   7
Fizika o‘qitishning ahamiyati va uning

1.Fizika o’qitishning ahamiyati va uning tuzilishi.

Maktab fizika kursining umumiy ta'lim predmetlari orasidagi o‘rni uning boshqa fanlarga nisbatan tutgan mavqeiga ko‘ra aniqlanadi. Fizika kursi nazariy fan bo'lib,


uning asosini fundamental nazariyalar, qonunlar va ilmiy tushunchalar tashkil etadi.
Nyuton mexanikasi, relyativistik mexanika, kvant mexanikasi, elektron nazariyasi, klassik va kvant statistikasi kabi fundamental nazariyalar yaratildi. Bu esa, birinchidan hozirgi fizika o‘rganadigan hodisalarning sonini ko'paytirib yubordi. Ikkinchidan, fanning rolini ko'tardi. Fizik nazariyalar boshqa, tabiiy fanlarning masalan, kimyo, elektrotexnika, radiotexnika, gazlar dinamikasi, elektronika kabilarning asosi bo‘lib qoldi. Ularning ko‘pchiligi alohida fan bo‘lib ajralib chiqdi. Fizikada ochilgan qonunlar universal bo‘lib, uni hozirgi tabiiy fanlar ichida yetakchi darajaga ko‘tardi.
Yuqorida aytilganlardan ko‘ramizki, fizikani bilmasdan to‘la qiymatli o‘rta ma’lumotni tasavvur qilib bo‘lmaydi.
Boshqa predmetlar kabi fizika o‘qitish ham didaktik maqsadlarni, ya’ni ta'lim, tarbiya va o‘quvchilarni rivojlantirishni amalga oshiradi. Ko‘rinib turibdiki, maktabda fizika o‘qitish katta ahamiyatga ega. Fizika o‘qitish jarayonida o‘quvchilar fizikani sanoatda, qishloq xo‘jaligida, transportda, tibbiyotda va boshqa sohalarda qo'llanilishri bilan ta- nishadilar, o‘lchov asboblari bilan ishlash malakasiga ega bo'ladilar va foydali mehnatga tayyorlanadilar.
Fizikani o'rganish orqali o'quvchilar tabiatdagi qator hodisalar va ularning ilmiy asoslanishi bilan tanishadilar, ularda dunyoning moddiyligi haqida ishonch shakllanadi, dunyoni o'rganishda insonning imkoniyatlari katta ekanini bilib oladilar. Natijada o‘quvchilarning mantiqiy fikrlashlari va bilish qobiliyatlari rivojlanib boradi.
Fizikani o‘rganish orqali o'quvchilar ilg‘or fizik olimlarning ishlari bilan, fan va texnika yutuqlari bilan tanishadilar. Bularning tarbiyaviy ahamiyati kattadir.
Maktab fizika kursi hamma vaqt zamonaviy va elementar bo‘lishi, fundamental nazariyalarni, fizika uslublarini, qonunlarini, o‘quvchilarning ilmiy dunyoqarashlarini, fikrlashlarini to‘g‘ri shakllantirishi, o‘quvchilarga politexnik ta’Iim berishi lozim.
Fizika kursining mazmuni va hajmini aniqlab beruvchi asos — dasturdir. U o‘quvchilar o‘rganadigan asosiy bilimlarni aniqlab beradi. Dastur Davlat ta’lim standarti talablariga asosan tuziladi.
Fizika kursining tuzilishlaridan eng yaxshisi bosqichli qurilishidir. U pedagogika va didaktika talablariga to‘la javob beradi. Bunga ko‘ra maktab fizika kursining mazmuni quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

  1. Tayyorlov davrida 3—5-sinflarda tabiatshunoslik, tabiiy geografiya va mehnat darslarida fizika elementlarini o'rganish.

  1. Kursning birinchi bosqichi: 6—9-sinfdarda fizikani o‘rganish.

  1. Kursning ikkinchi bosqichi: kasb-hunar kollejlari va Akademik litseylarda fizikani o‘rganish.

O‘rta umumta'lim maktablarida fizika ta’limining asosiy vazifalari:

  • o‘quvchilarni fizik hodisalar, tushunchalar, kattaliklar, modellar, qonunlar, o‘lchashlar, fizikaning amaldagi tatbiqlari, olamning fizik manzarasiga oid bilimlar bilan tanishtirish;

  • o‘quvchilarni fan-texnika taraqqiyoti, fizika qonuniyatlarining amalda qo‘llanilishi bilan tanishtirish;

  • koinotning tuzilishi va undagi hodisalar haqidagi bilimlar berish orqali ilmiy dunyoqarashni rivojlantirish;

  • buyuk mutafakkirlarimiz va hozirgi davrdagi vatanimiz fizik olimlarining faoliyatlari bilan tanishtirish, ta’lim mazmunini atrofdagi mahalliy va tarixiy materiallar bilan boyitish orqali o‘quvchilarni milliy va vatanparvarlik ruhida tarbiyalash;

  • ta’lim mazmunini ijtimoiy hayot va texnika taraqqiyoti bilan bog'lash orqali o‘quvchilarni ongli ravishda kasbga yo‘naltirish, o‘rta maxsus yoki kasb-hunar ta’lim muassasalarida o'qishni davom ettirishlari uchun zamin tayyorlash;

  • fizikaga oid asbob uskunalardan foydalanish, sodda o‘lchov va tajriba ishlarini bajarish, ularning natijalari asosida xulosalar chiqarish, qoidalariga rioya qilish malakalarini shakllantirishdan iborat.

Shu vazifalarni amalga oshiruvchi, ya’ni «O‘rta umumta’lim maktablari uchun fizikadan davlat ta'lim standarti»ga asoslangan holda dastur tuzildi. O‘rta umumta'lim maktablarida fizika o‘qitish shu dastur asosida olib boriladi.
Fizika o‘qitishning asosiy vazifasi:

  • fizika kursining o‘qitish izchilligini ta'minlash;

  • fizikaning barcha bo‘limlari bo‘yicha asosiy fizik qonunlar, qonuniyatlar va ularning formulalari bilan tanishtirish;

  • fizik jarayon, hodisa, tushuncha hamda qonunlarni o‘rganish ketma-ketligi mantiqiy to‘g‘ri va oddiydan murakkabga qarab borish tamoyiliga rioya qilish;

  • fizik hodisalar va jarayonlarni kuzatish usullari bilan tanishtirish;

  • tajriba o‘tkazish, uning natijalarini hisoblash, xatoliklarni hisoblash ko‘nikmalarini hosil qilish;

  • asosiy fizik qonun va hodisalarni to‘g‘ri talqin qilish, ularni masala yechishga tatbiq etish va tajribada tekshirib ko‘rish ko‘nikmalarini hosil qilish;

  • oliy o‘quv yurtiga kirish uchun zarur bo'lgan bilim, malaka va ko'nikmalarni hosil qilish;

  • o‘quvchilarning fizik tafakkurini rivojlantirish, fikrlash qobiliyatini oshirish hamda hayotda yuz berayotgan hodisa va jarayonlarni to‘g‘ri talqin qilishga o‘rgatish;

hozirgi zamon fizikasining fandagi, hayotdagi, texnikadagi, ekologiyadagi va boshqa tarmoqlardagi muammolarni hal etish yo‘lidagi roli bilan tanishtirish kerakligini ko‘rsatishdan iboratdir
II.ASOSIY QISM.
1. Fizika o’qitishning vazifalari.

Fizika o‘qitishning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

  1. Fizika fanining asoslari bilan tanishtirish — asosiy tushunchalar, qonunlar va nazariyalar bilan tanishtirish; o‘quvchilar ongida bizni o‘rab turgan dunyoning tabiiy-ilmiy manzarasini shakllantirish; asosiy tabiiy ilmiy qidirish metodlari bilan tanishtirish.

  1. Materialni o‘rganish jarayonida o‘quvchilarning xoli ralarini boyitish bilan birga ularning ijodiy qobiliyallarini ham rivojlantirish.

  1. O‘quvchilaming ilmiy dunyoqarashlarini shakllanlirish,

  2. Fizika asoslarini o‘qitish jarayonida o'quvchilarni tar biyalab borish: g‘oyaviy-siyosiy, harbiy-vatanparvarlik, baynalmilal, ahloqiy va mehnat tarbiyalarini amalga oshi rish.

  3. O‘quvchilarga asosiy bilimlar berishni, ularni ijtimoiy mehnatga tayyorlashni va ongli ravishda kasb tanlay olishni amalga oshirish.

Bulaming birortasini ham bir-biridan ajratgan holda hal qilib bo‘lmaydi. Ular hammasi o‘qitish jarayonida kompleks holda amalga oshiriladi. Fizik bilimlami mustahkamlash orqali o'quvchining dialektik-materialistik tafakkurlari rivojlanadi, ilmiy dunyoqarashlari shakllanadi, politexnik ta’lim amalga oshadi.
Fizika darslarida o'quvchilar ongida dunyoni bilish mumkinligi va bilish jarayonining dialektik harakteri; dunyoning moddiy birligi materiya va harakatning ajralmas ekanligi; tabiatdagi hodisalar bir-biriga bog‘langanligi; moddiy dunyo hossalarining bitmas-tuganmasligi, bilish jarayonining chegarasiz ekanligi tushuntirib boriladi. Bu esa ularning dunyoqarashlarini to‘g‘ri shakllantirish demakdir.
0‘quvchilar moddalaming atom va molekulalardan tuzilganligini o'rganish bilan birga materiyaning ikkinchi ko‘rinishi — maydon haqidagi tushuncha bilan ham tanishadilar.
Butun fizika kursi davomida materiya o‘zaro bog‘langan ikki ko‘rinishda, ya'ni modda va maydon ko‘rinishida namoyon bo'lishini ko‘rsatib borish lozim. Dunyoning moddiy birligi haqidagi tasavvurlarni o‘quvchilar ongida to‘g‘ri shakllantirishda modda va maydonning umumiy xossalarini ko‘rib chiqish muhim ahamiyatga egadir.

  1. Massa, energiya, impuls, spin tushunchalari ham, «modda» ham «maydon» zarralarini xarakterlaydi.

  1. Korpuskulyar-to‘lqin dualizmi modda zarralariga ham, maydon zarralariga ham taalluqlidir. Korpuskulyar va to‘lqin xossalarning birligi hamma elementar zarralarning muhim xarakteristikasidir.

  1. Modda zarralari maydon zarralariga aylanishi kabi maydon zarralari ham modda zarralariga aylanadi.

  2. Har ikkala ko‘rinishdagi zarralar barqaror bo‘lishlari ham, qisqa vaqt yashaydigan bo‘lishlari ham mumkin.

O‘quvchilar diqqatini modda zarralari maydon yordamida turli strukturali sistemalar (M:atom, molekula, makro qism...) hosil qilishiga qaratilmog‘i lozim. Modda strukturasini maydonsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Zarralar o‘zaro maydon orqali ta'sirlashadi.
O‘qituvchi fizika darslarida turli harakatlarni sekin-asta o‘rgatib borishi orqali o‘quvchilami harakat materiyaning ajralmas xossasi ekanligini tushunishlariga olib keladi.
Maktabda avval o‘quvchilar mexanik harakat bilan, keyin molekular harakat va elektronlar harakati bilan tanishadilar. Elektromagnit induksiya hodisasini o‘rganish vaqtida mexanik harakat (o‘tkazgichning magnit maydondagi harakati) bilan elektronlar harakati orasidagi bog‘lanishga va elektromagnit maydonning hosil bo‘lishiga o‘quvchilar diqqatini jalb qilmoq lozim.
Harakatning yo‘qolmasligi energiyaning saqlanish va aylanish qonunida o‘z ifodasini topadi. Energiya haqidagi boshlang‘ich tushunchalar 6-sinfda beriladi. Elektr hodisalarini o'rganish jarayonida o'quvchilar uchun yangi bo‘lgan harakatning va unga mos energiyaning aylanishi to‘g‘risidagi tushunchalar ko‘rib chiqiladi. Bu yerda hara- katning (energiyaning) yangi ko‘rinishlarga o‘tishiga ahamiyat berish lozim.
Fizika o‘qitish jarayonida o‘quvchilarga hodisalarning o‘zaro bog‘liqligi, ularning sodir bo'lish sabablari va rivojlanish qonuniyatlari tushuntirib boriladi. Masalan: deformatsiyaning sababi jismlarning o‘zaro ta'siridir. Elektr zaryadining harakati (sabab) magnit maydonini hosil qiladi (oqibat).
Hodisalar orasidagi bog‘lanishlar haqida o‘quvchilar aniq tasavvur hosil qilishlari uchun ularning diqqati hodisalar orasidagi muhim bog‘lanishlarni qidirib topishga qaratilmog'i lozim. Bunda faqat fizik hodisalargina emas, balki boshqa (biologik, kimyoviy...) hodisalar bilan ham bog'lanishlarni ko‘rsatish imkoniyati ortib boradi. Masalan.: elektr maydonining (sabab) o'simlikning rivojlanishini yaxshilashi (oqibat).
Tabiatda miqdor o‘zgarishlari sifat o‘zgarishlariga olib kelishini o‘quvchilar ongida shakllantirib borish katta ahamiyatga ega. Bu moddaning bir agregat holatdan ikkinchisiga o‘tishini tushuntirishda ko‘rsatib o‘tiladi. U jism ichki energiyasining o‘zgarishi va molekulalaming o‘zaro ta'siriga asosan tushuntiriladi.
Fizika kursini o‘rganib borish davomida qarama-qarshiliklar kurashi, birligi qonuni ham o‘quvchilar ongida shakllanib boradi.
Masalan: yorug‘lik va moddaning korpuskulyar to'lqin tabiati va uning birligini tushuntirish.
llmiy dunyoqarashni shakllantirishda fizika qonunlarining obyektiv xarakterini ochib borish, tabiat hodisalarini bilish mumkinligini ko‘rsatib borish katta ahamiyatga ega. Chunki fan qonunlari tabiat qonunlarining akslanishidir. Shuning uchun har bir qonunni o'tishda uni tajribada ko‘rsatish va qo‘llanilishi bilan tanishtirib borish lozim. Ba’zi hollarda qonunlar tajribaga asosan ta'riflanadi. (Masalan: Arximed kuchi, Om qonuni va h.k.). Ba’zi hollarda xulosalarning to‘g‘riligini tasdiqlash uchun tajribadan foydalaniladi.
Butun fizika kursi davomida o‘quvchilar dunyoni bilish mumkinligiga ishonch hosil qilib borishlari lozim. Fan va texnikaning rivojlanishi natijasida tabiatning hali o‘rganilmagan va hayolga ham kelmaydigan sirlarining ochib borilishini ko‘rsatish muhim ahamiyatga ega. Masalan.: atom tuzilishini va koinotni o‘rganishni.
Fizika kursini izchil o‘rganish orqali o‘quvchilar dunyoni bilish mumkinligiga, dunyoning hozirgi zamon fizik manzarasiga ishonch hosil qilib boradilar. Ular dialektik usuini amaliyotga qo‘llash malakasiga ham ega bo‘lib boradilar, chunki fizika fani rivojlanishining o‘zi dialektik yo‘ldir.

2.O’quvchilarning fizikani bilishga bo’lgan qiziqishlarini rivojlantirish .
Qiziqish — o‘qish, yangilikni bilish uchun eng muhim omillardan biridir. Uning ta'sirida faollik ortadi, xotira takomillashadi, tasavvur va qabul etish kuchayadi, diqqat, fikrni to‘plash o'sadi.
Fizikani o‘rganishga o'qituvchi qiziqishni tarbiyalash va rivojlantirishga imkon beradigan sharoitlarni bilishi kerak. Ijodiy ishlaydigan o‘qituvchilar o'rganishga qiziqishni rivojlantirish maqsadida turli uslublarni qo‘llaydilar. Yaxshi tayyorlangan namoyish tajribalaridan foydalanish va mustaqil eksperiment o'tkazish, uy tajribalari va kuzatishlarni tashkil etish, darsda olingan nazariy bilimlarning amalda qo‘llanilishini ko‘rsatadigan masalalar yechish o‘quvchilarda katta qiziqish uyg‘otadi.
Masalan, o‘quvchilarni quyidagicha masalalar qiziqtiradi:

  1. Faqat suvli menzurka yordamida yog‘och sharchaning massasini qanday aniqlash mumkin?

  1. Faqat toshlari bilan tarozi va suvli idish bilan jism hajmini qanday aniqlash mumkin?

O‘quvchilarga quyidagicha loyihalash elementlari bo‘lgan masalalarni taklif etish mumkin.1-rasmda idishdagi suv sathi ruxsat etilgan maksi- mal balandlikka erishganda elektr dvigatelni avtomatik uzadigan suv nasosli qurilmaning suzuvchi rele sxemasi ko‘rsatilgan. Idishdagi suvning sathi minimal pastga tushganda rele dvigatelni avtomatik ulashi uchun, uning sxemasiga qanday o‘zgarishlar kiritish kerak bo‘ladi?
O‘quvchilarning ilmiy bilimlami bilishga qiziqishlarini va tadqiqotchilik qobiliyatlarini rivojlantirishning asosiy omillari sifatida quyidagilami ko‘rsatish mumkin:

  • o‘quv materialini ilmiy va qat'iy sistemada bayon qilish;

  • darsda muammoli vaziyat hosil qilish va qo‘yilgan muammoni hal etishga o'quvchilarni jalb qilish;

  • darsda o‘quvchilarning mustaqil ishlarini tashkil qilib borish;

  • o‘quvchilar tomonidan ijodiy harakterdagi topshiriqlarning bajarib borilishi;

  • o'quvchilar o‘zlari qiziqqan masalalarni ilmiy ommabop adabiyotlardan o‘rganganlarini sinfdoshlariga aytib berishlari uchun sharoit yaratish;

  • o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga adabiyotlarni o‘qish, kino va telefilmlarni ko'rish va mustaqil ravishda tabiat va texnika hodisalarini kuzatish orqali javob topishlari.

Fanga chuqur va mustahkam qiziqish uyg'otish uchun o'quvchilarning fikrlash qobiliyatlarini va diqqatni faollashtiruvchi, ilmiy-texnika revolyutsiyasi sharoitida bilimning ahamiyatini tushunishga yordam beruvchi usullarni qo'llash lozim.
O‘quvchilarning fanga qiziqishlarini tarbiyalash ko'pgina texnik masalalarni hal qilishlariga yordam beradi.
O‘quvchilarni fizikaga qiziqishlarini uyg‘otishdagi asosiy manba — o‘qituvchining darsdagi faoliyati, uning shaxsiy sifati va o‘quvchilarning bilish faoliyatlarini tashkil qila olishidir.
O‘quvchilarga ilmiy bilimlar berish bilan birga ularni amaliy xarakterdagi mahorat va malaka bilan ham qurollantirib borish lozim. U yoki bu amalni bajarish mahoratini shakllantirish uchun avval o‘qituvchining o‘zi o'sha amalni tahlil qilishi va u qanday elementlardan tashkil topishini aniq tasavvur qilmog‘i lozim. Amalni bajarish elementlarini aniqlagandan keyin uni bajarish ketma-ketligini tuzib, keyin sodda amallarni bajarish malakasini hosil qilishga oid mashqlar bajariladi. Bu qilinadigan ishlarda asosan maxsus tanlangan murakkab topshiriqlar (amallar) bajariladi.
Ilmiy bilimlarning tuzilma elementlarini aniqlab, ulardan har birining o‘zlashtirilishiga bo‘lgan umumiy talablar o'rganilib, ular reja asosida plakat yoki kartochkaga yozib qo‘yiladi. O‘quvchilar ana shu rejaga ko‘ra amallami bajarib boradilar. M: hodisani o‘rganish rejasi taxminan quyidagicha:

  1. Hodisani boshqa shunga o‘xshash hodisalardan ajratish mumkin bo‘lgan tashqi belgilarni aniqlash.

  1. Hodisaning sodir bo‘lish sharoitini aniqlash.

  1. Laboratoriya sharoitida hodisani kuzatish (agar uni bajarish mumkin bo‘lsa).

  2. Hodisani boshqa hodisalar bilan bog'lanishini o'rganish.

  3. Hozirgi zamon ilmiy nazariyalar asosida hodisaning tabiatini va uning sodirbo‘lish mexanizmini tushuntirish.

  4. Hodisaning miqdoriy tavsifini, uni ifodalovchi fizik kattaliklarni, hamda ular orasidagi bog'lanishlarni aniqlash.

  5. Hodisaning amaliyotda qo‘llanishlari bilan tanishish.

  6. Hodisani uy sharoitida va tabiatda kuzatish (agar bunga imkon bo‘lsa) va kuzatish olib borilgan sharoitini tasvirlash.

  7. Hodisaning zararli tomonlari va uning oldini olish yo‘llari bilan tanishish.

Bu reja hamma hodisalarni o'rganish uchun umumiydir.
Fizik tajribalami bajarishda umumlashgan faoliyat quyidagicha:

  1. Tajribaning maqsadini aniqlash.

  1. Tajriba asosida yechilishi mumkin bo‘lgan muammoni ta'riflash.

  1. Tajribani bajarish uchun zarur bo'lgan sharoitni aniqlash.

  2. Bu sharoitni qanday vositalar yordamida vujudga keltirish mumkinligini va unga qanday asboblar, materiallar zarurligini o‘ylab topish.

  3. Ish stolida tajribani o‘tkazish uchun zarur bo'lgan hamma asboblar borligini tekshirish. Uy sharoitida tajriba o'tkazish uchun zarur bo‘lgan asboblarni mustaqil ravishda topish.

  4. Tajriba qurilmasini yig'ish.

  5. Tajribani bajarish tartibini o'ylab topish, qanday o'lchashlarni bajarish kerakligi va uning ketma-ketligini aniqlash.

  6. Kuzatilgan hodisaning va o‘lchashlar natijasini yozishning eng ratsional usulini aniqlash.

  7. O‘lchashlar olib borish va olingan natijalarni tanlangan usulda

  8. yozib borish.

  9. O'lchash natijalarini matematik hisoblash va xulosani ta’riflash.

Mahoratning umumiy mezonlari quyidagilardir:

  1. Amallarni bajarish ketma-ketligining ratsionalligi.

  1. Bajariladigan amallarning to‘Iiqligi.

  1. Amalni to‘la tushunib yetish.

  2. Mahoratning umumlashganligi.

O‘quv predmetlari sikli uchun umumiy bo‘lgan bilish va amaliy mahoratni shakllantirishda predmetlararo bog'lanish muhim rol o'ynaydi.


Yüklə 140 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin