Fizika ta’limi o‘qituvchisini psixologik-pedagogik qo‘llab- quvvatlashning asosiy yo‘nalishlari va metodlari Reja



Yüklə 95,5 Kb.
səhifə1/7
tarix07.09.2022
ölçüsü95,5 Kb.
#63456
  1   2   3   4   5   6   7
BPF5TTDQQqBxVU1oBHYTAEfqnN1YJpMtLy1etdCi (1)


Fizika ta’limi o‘qituvchisini psixologik-pedagogik qo‘llab- quvvatlashning asosiy yo‘nalishlari va metodlari
Reja:

  1. Kasbiy kompetensiya” tushunchasining mohiyati

  2. Kasbiy kompetentlik sifatlari

  3. Pedagogning kasbiy kompetentligi

  4. Oqituvchining psixologik-pedagogik qo‘llab-quvvatlashning asosiy yo’nalishlari

Tayanch tushunchalar: psixologik-pedagogika, kompetensiya, kasbiy kompetensiya, individual rivojlantirish dasturi
Annatatsiya: mazkur kontentda fizika o‘qituvchilarining o‘z kasbiy faoliyatlarida psixologik-pedagogik qo‘llab-quvatlashning ahamiyati, uning asosiy yo‘nalishlari, o’qituvchi kasbiy kompetentligini takomillashtirish yo‘llari yoritilgan. Muhim tomoni shundaki, kontentda pedagog-xodimda kreativlikni rivojlantirish usullari, ijodkorlikning kasbiy faoliyatda namoyon bo‘ladigan shakllari va shu vazifalarni amalga oshirishga xizmat qiluvchi, mnemotexnika hamda MIM texnikasi borasida taklif hamda tavsiyalar berilgan.
Bozor munosabatlari sharoitida mehnat bozorida ustuvor o‘rin egallagan kuchli raqobatga bardoshli bo‘lish har bir mutaxassisdan kasbiy kompetentlikka ega bo‘lish, uni izchil ravishda oshirib borishni taqozo etmoqda. Xo‘sh, kompetentlik nima? Kasbiy kompetentlik negizida qanday sifatlar aks etadi? Pedagog o‘zida qanday kompetentlik sifatlarini yorita olishi zarur. Ayni o‘rinda shu va shunga yondosh g‘oyalar yuzasidan so‘z yuritiladi.
“Kompetentlik” tushunchasi ta’lim sohasiga psixologik izlanishlar natijasida kirib kelgan. Shu sababli kompetentlik “noan’anaviy vaziyatlar, kutilmagan hollarda mutaxassisning o‘zini qanday tutishi, muloqotga kirishishi, raqiblar bilan o‘zaro munosabatlarda yangi yo‘l tutishi, noaniq vazifalarni bajarishda, ziddiyatlarga to‘la ma’lumotlardan foydalanishda, izchil rivojlanib boruvchi va murakkab jarayonlarda harakatlanish rejasiga egalik”ni anglatadi.
Kasbiy kompetentlik – mutaxassis tomonidan kasbiy faoliyatni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalarning egallanishi va ularni amalda yuqori darajada qo‘llay olinishi Kasbiy kompetentlik mutaxassis tomonidan alohida bilim, malakalarning egallanishini emas, balki har bir mustaqil yo‘nalish bo‘yicha integrativ bilimlar va harakatlarning o‘zlashtirilishini nazarda tutadi. Shuningdek, kompetensiya mutaxassislik bilimlarini doimo boyitib borishni, yangi axborotlarni o‘rganishni, muhim ijtimoiy talablarni anglay olishni, yangi ma’lumotlarni izlab topish, ularni qayta ishlash va o‘z faoliyatida qo‘llay bilishni taqozo etadi.

Yüklə 95,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin