Faninig maqsadi va vazifalari
“Fizika va astronomiya asoslari” fanini o‘qitishdan maqsad – talabalarda,
bo‘lajak o‘qituvchiga zarur bo‘lgan darajada makro va mikro dunyoda sodir
bo‘ladigan harakat va uning turlari, moddaning optik tushuncha va xussusiyatlari
hamda makroskopik sistemalarning turli agregat holatlardagi fizik xossalari (alohida
jism va maydonlar uchun), koinot ob’ektlari, hodisalari to‘g‘risidagi ilmiy tasavvurlar,
osmon jismlari va ular sistemalarining fizik tabiatlari haqidagi bilim va tushunchalar
bilan qurollantirish, astronomiyaning jamiyat uchun nazariy va amaliy ahamiyatlari
bilan tanishtirish va ularda fenomenologik bilim, ko‘nikma va malaka
shakllantirishdir.
Fanning vazifasi - talabalarga Fizika va Astronomiya kursining bo‘limlariga doir
amaliy mashg‘ulotlarida o‘zlashtirilgan barcha mavzular bo‘yicha masalalar echish,
laboratoriya ishlarini tashkil qilish, o‘tqazish va hisob kitob ishlarini bajarib, ularga
doir xulosalar chiqara olish, fizikaviy qonuniyatlarini munosabatlari to‘g‘ri aniqlash,
osmon jismlari va ularning tizimlari kechadigan barcha jarayon va hodisalarning fizik
mohiyatlarini ilmiy talqin etish, orbital manevrlar, orbita parametrlarini o‘zgartirish,
4
jumladan orbitani burishning fizik asoslari, astrofizik asboblar, ular yordamida
bajariladigan tekshirishlarni va astronomik tekshirish usullarini qo‘llash kabi
vazifalarnio‘rgatish dan iborat.
Dostları ilə paylaş: |