O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
Ro‘yxatga olindi:
№ BD-5110100 -2.03
2017-yil «_18_» 08_
FIZIKA VA ASTRONOMIYA ASOSLARI
FAN DASTURI
Bilim sohasi: 100000 - Gumanitar
Ta’lim sohasi: 110000 - Pedagogika
Ta’lim yo‘nalishi: 5110100 – matematika o‘qitish metodikasi
Toshkent - 2017
3
Kirish
“Fizika va astronomiya asoslari” fani 5110100 – matematika o‘qitish
metodikasi ta’lim yo‘nalishida ta’lim olayotgan talabalariga “Umumiy fizika”
kursining Mexanika, Molekulyar fizika, Elektromagnetizm, Optika Atom, YAdro va
elementar zarralar fizikasi bo‘limlaridan va Umumiy astronomiyadan bilim
berishga mo‘ljallangan.
Unda mexanik harakat qonunlari to‘g‘risida fenomenologik bilimlar beriladi,
amaliy ko‘nikma va malakani shakllanadi, sistema (gaz va suyuqlik xossalari, qattiq
jismlar) xossalari o‘rganiladi, elektromagnit nurlanishga oid masalalar va boshqa
hodisalar ko‘riladi, elektromagnit maydon, uning xususiyatlari, zaryadlangan zarralar
bilan o‘zaro ta’siri, materiyaning yangi bir turi bo‘lgan elektromagnit maydonlarningng
asosiy xossalarini, maydonning moddiy muxitlar bilan o‘zaro ta’sirlashuvini
o‘rganadi, yorug‘likning qo‘rish sohasidagi xossalarini, to‘lqin manbalari, yorug‘lik
to‘lqinlarini qayd qiluvchi asboblar, chiziqli va nochiziqli optika o‘rganiladi,
mikroolamga taalluqli bo‘lgan zarralarni, ularning tabiatini strukturasini va harakat
qonunlarini o‘rganiladi. SHuningdek, osmon jismlari va ularning tizimlari kechadigan
barcha jarayon va hodisalarning fizik mohiyatlarini ilmiy talqin etiladi, bu
hodisalarning kechishida hech qanday g‘ayritabiiy kuchlarning o‘rni yo‘qligiga va
ularning evolyusiyasi mavjud qonunlar; dunyo miqyosida kosmik fazoni o‘rganish va
o‘zlashtirish, uzoq kosmik «sayohatlar», kosmosda turli –tuman tajribalar, ochiq
kosmosga chiqish, kosmik fazo to‘g‘risida yangidan yangi ma’lumotlarni olish
yo‘llari, planetamiz, Er to‘g‘risida, uning tabiiy boyliklari xaqida tushunchalar beriladi
va o‘rganiladi.