Fizikadan qisq



Yüklə 1,36 Mb.
səhifə2/14
tarix24.09.2023
ölçüsü1,36 Mb.
#147757
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Fizikadan qisqa savol va javoblar

24)Xonada pechka yonganda xonadagi havoning ichki energiyasi qanday o'zgaradi? O’zgarmaydi.

25) Gamma nurlar qanday hosil bo'ladi? Atom elektronlari yuqori energetik holatdan pastki energetk holatga o’tganda.

26)Qanday sharoitda elektromagnit to'lqinlar nurlanadi? Zaryad tebranganda, tezlanish bilan harakatlanayotganda.

27)Vilson kamerasida qaysi zarra juda ingichka iz qoldiradi? β zarracha .

28)Vilson kamerasida qaysi zarrani izi qalin bo’lib ko’rinadi? α zarrani.

29)Kritik temperatura nima? Gazni (bug’ni) siqish yo’li bilan suyuqlikka aylantirib bo’lmaydigan eng past temperatura.

30)Jism erishi boshlangandan to erishi tugaguncha temperaturasi qanday

4
o'zgaradi? O’zgarmaydi.

31)Temperaturaning fizik ma’nosi nima? Molekulalar o’rtacha kinetik energiyasining olchovi.

32)Suv muzga aylandi, bunda energiya ajraladimi yoki yutiladimi? Ajraladi.

34)Bir nechta jism issiqlik muvozanati holatida bo'lishi uchun ularda qaysi fizik parametr bir xil bo'lishi kerak? Temperaturasi.

35)Jism idishdagi suvga botirilganda, vaznsizlik holatiga o'tganda, itarib chiqaruvchi kuch qanday o’zgaradi? Nolga teng bo’ladi.

36)Quyidagi zarralarning qaysi biri yadroga oson kira oladi va yadro reaksiyasini yuzaga keltiradi? Neytron.

37)Moddalar qanday holatda chiziqli spektrga ega bo’lgan yorug'lik chiqaradi? Atomar holdagi barcha gazsimon moddalar.

38)Quyidagi omillarning qaysi biri fotoelement anodiga tushayotgan elektronlar energiyasiga ta’sir etmaydi? Yorug’lik intensivligi.

39)Ko'z gavharining to’r pardasida buyumlarning qanday tasviri hosil bo'ladi? Haqiqiy, to’nkarilgan, kichraygan.

40)Quyidagi parametrlarning qaysilari fotoeffektning qizil chegarasini belgilaydi?Yorug’lik chastotasi,katodning chiqish ishi.

41)Qaysi hodisalar yorug'likning kvant nazariyasi asosida tushuntiriladi? Fotoeffekt.

42)Maxsus nisbiylik nazariyasi bu fizikaning ..... o'rganadigan bo’limidir. Fazo va vaqtning asosiy xususiyatlarini.

43)Ko’ndalang mexanik to’lqinlar qanday muhitlar ichida tarqala oladi? Qattiq jsimlarda.

44) p-turdagi yarim o'tkazgichlarda elektr toki qaysi zarralar hisobiga hosil bo'ladi? Asosan teshiklar.

45)Temperatura ortishi bilan yarim o'tkazgichlaming solishtirma qarshiligi qanday o'zgaradi? Kamayadi.

5

46)Buyum yig'uvchi linzadan 2F masofada joylashgan bolsa, uning tasviri linzadan qanday masofada hosil bo'ladi? 2F masofada.

47)Deyteriyning ikki karra zaryadlangan musbat ioni elektron qobig'ida nechta elektron bor? Bunday bo’lishi mumkin emas.

48)Agar istalgan vaqt momentida jismning tezlik va tezlanish vektori to'g'ri burchak hosil qilsa, jism qanday harakatda bo'ladi? Aylana bo’ylab tekis harakatda.

49)Jismning tezlik vektori va tezlanish vektori qarama-qarshi yo’nalishi mumkinmi? Faqat tekis sekinlanuvchan harakatda.


Yüklə 1,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin