M uskullar qon tomirlariga boy bo'ladi, tom irlar orqali qon ular-
ga to'yim li moddalarni va kislorodni olib keladi va almashinuv
mahsulotlarini olib ketadi. Muskul larda у ana limfa tomirlari ham
mavjud (17-rasm).
Muskul larda nerv uchlari-retseptorlar joylashgan bo‘lib, ular
muskullarning qisqarish va cho'zilish darajalarini qabul qiladi.
M uskullarning shakli va o ‘lchami ular bajaradigan ishlarga
bog'liq. Uzun, keng. kalta va aylana muskullar farqlanadi. Uzun
muskullar qo'l va oyoq larda,
kalta muskullar
qayerda harakatla-
nish tor doirada bajarilsa (masalan, umurtqalar orasida) o'sha joy-
larda joylashadi.
Keng muskullar
gavdada va tananing bo‘shliqlari
devorlarida (masalan, qorin, yelka, ko'krak muskullari) joylashsa,
aylana muskullar
tana teshiklari atrofida joylashib qisqargan payt
da ularni toraytiradi. Bunday muskullar sfinkterlar deb ataladi.
Funksivasi bo'yicha ham muskullar - bukuvchilar, yozuvchilar-
ga, y a ’ni olib keluvchi va olib ketuvchi muskullar hamda ichga va
tashqariga aylanuvchi muskullarga bo'linadi.
Dostları ilə paylaş: