Fiziologiyasi va gigiyenasi



Yüklə 12,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə137/252
tarix22.10.2023
ölçüsü12,82 Mb.
#159515
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   252
Yosh-fiziologiyasi-va-gigiyenasi-Z.Rajamurodov-va-b.

Skoliotik qad-qomutU
odam tik turganda yelkalarining biri past, 
ikkinchisi baland, ko'kraklari ham past, baland, ko'krak qafasining 
bir tomoni bo'rtganroq. ikkinchi tomoni botiqroq holatda bo'ladi. 
Bunday odam gavdasini to 'g 'ri va tik tuta olmaydi, tik turganda 
gavdasi bir tom onga qiyshaygan holatda b o ia d i (rasmga qarang). 
Bolaning qad-qomati normal shakllanishi uchun bir qator gigivenik 
qoidalarga rioya qilish kerak.
Qad-qomatning to 'g 'ri shakllanishiga bola tug'ilishidan bosh­
lab e ’tibor berish lozim. Yangi tug'ilgan bolaning oy o q -q oilari- 
ni to 'g 'ri parvarish qilish. to 'g 'ri yo'rgaklash, beshikda yotganda 
oyo q-q oilarini to 'g 'rila b bog'lash, ko'krak qafasini qattiq qisib 
b o g ia m aslik kerak. Bola bir yoshda yura boshlaydi. Bu davrdan 
boshlab bolaning qad-qomatiga e'tibor berish lozim.
Bolani olti oylik bo'lguncha o'tqizm aslik, o 'n oylik b o ig u n c h a 
oyog'ida uzoq v aq ttik turg'izm aslik kerak, chunki bu yoshdagi bo­
lalarning umurtqa pog'onasi. oyoq suvaklari egiluvchan bo'lgan- 
ligi sababli tana og'irligini ko'tara olmasdan. qiyshavib qolishi 
m um kin.
4 -5 yoshgacha bo'lgan bolalalarni katta odamlar uzoq vaqt 
qo'lidan yetaklab yurmasligi kerak, chunki bolaning bir tomoni 
yuqoriga ko'tarilishi tufayli umurtqa pog'onasi egrilanib qolishi 
mumkin. Bolaning 6 -7 yoshdan qad-qomati shakllana boshlaydi. 
Shuning uchun boshlang'ich sinf o'quvchilari uzoq vaqt bir joy- 
da o'tirm asligi, tik turmasligi, uzoq masofaga yurmasligi, o g 'ir 
buyumlarni ko'tarm asligi. ayniqsa. doim faqat bir qo'lida ish bajar- 
masligi, bo'ylariga mos parta. stol-stullarda o'tirishi kerak. O 'qu- 
vchilar parta, stol-stulda o'tirganda quyidagi qoidalarga rioya qili- 
shi zarur: o'tirganda gavdasi tik, yelkalari birtekisda, beli stul (par­
ta) suyang'ichiga suyanib tursin, oyoqlari tizza b o 'g 'im id a to 'g 'ri 
burchak hosil qilib bukilsin, oyoq kaftining hamma yuzasi polga 
baravar tegib tursin, ko'k rak bilan parta qirrasi orasida 10 sm ga 
yaqin m asofa bo'lsin.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Yurganda boshni tik tutib, o 'ltach a qadam tashlash, lapanglab, 
bir qo'lni cho'ntakka solib, qiyshayib yoki uyalib, engashib yur- 
maslik, mehnat darsida gavda holatini, mehnat turini tez-tez o'zgar- 
tirib turishi kerak. Bolalar va o'sm irlarda ko'pincha tovuq ko'krak, 
etikdo'z ko'kragi, skoliozning turli shakllari, yassi oyoqlik, mu- 
skullarni yetarli rivojlanmasligi, bo'g'im larning kasallanishi kabi 
nuqsonlar tufayli qad-qomat buziladi. Bola yoki o'sm irning oyoq 
kiyimining tor yoki keng bo'lishi ham qad-qomatning buzilishiga 
sabab bo'lishi mumkin.
Bolaning tunda uxlashiga ham e ’tibor qaratish lozim. Bola gav- 
dasini to 'g 'rilab tekis jovda. biroz qattiq o i'in ko i'p ada uxlashi 
kerak. B a’zi bolalar gujanak bo'lib uxlaydilar. Bunday holat ham 
qad-qomatga ta ’sir qiladi, bolalar va o'sm irlar qad-qomatni to 'g 'ri 
shakllanishiga yordam beradigan jism oniy mashqlar bilan shug'ul- 
lanishga yoshlikdan o'rgatish lozim. Masalan: gimnastika, suvda 
suzish, voleybol, turnikda tortilish va boshqalar.
Qad-qomatning buzilishidan faqat odamning ko'rinishi o'zgar- 
masdan, balki u ichki a ’zolar (o'pka, yurak, jigar, buyrak, oshqozon 
va ichak kabilarning) rivojlanishi va funksiyasiga ham salbiy ta ’sir 
ko'rsatadi. Bunday odamlar jism oniy mehnat qilganida, jism oniy 
tarbiya va sport bilan shug'ullanganida nafasi qisadi, yurak urishi 
tezlashadi, tez charchaydi.
Qad-qomatning shakllanishi 18 yoshgacha davom etadi. Shuning 
uchun shu yoshgacha o'sm irlar yuqorida ko'rsatilganlarga amal qil- 
salar ularning qad-qomatlari to 'g 'ri va chiroyli bo'lib shakllanadi.
Bolaning qad-qomatini to 'g 'ri shakllanishini ota-onalar, o'qituv- 
chilar, tarbiyachilar tizimii ravishda kuzatib borishlari, zarur 
bo'lganida turli chora-tadbirlarni amalga oshirishlari lozim.

Yüklə 12,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   252




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin