N ervli-gumoralli boshqarilish.
Hayvonot dunyosi rivojlanishi-
ni m a'lum bosqichlarida asab tizimining yuzaga kelishi bilan yan
gi bog'lanish va boshqarishning asabli (nerv) shakli hosil bo'ldi.
O 'zining rivojlanishi bilan hayvon organizmi qanchalik yuqori
bo'lsa. asab tizimi orqali a'zolarning o'zaro aloqasini ta'm inlashda
reflektor aloqasi deb yuritiluvchi tizimning roli shuncha yuqoridir.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Oliy darajada rivojlangan havvonlar organizmidagi gumoral
boshqarilislini ham asab tizim i boshqarib turadi. Asab boshqa-
rilish gumoral boshqarilishdan quyidagi xususiyatlari bilan farq
qiladi, birinchidan. aniq a'zo ga yoki hatto hujayralar guruhiga
aniq yo'nalgan bo'ladi, ikkinchidan, asab tizimi orqali bog'lanish
solishtirib bo'lm avdigan katta tezlikda. kimyoviy m oddalar tarqa-
lish tezligidan yuz m artagacha yuqori tezlikda bajariladi. Yuqori
darajada rivojlangan mavjudotlardagi gumoral bog'liqlikdan
asabli b o g iiq lik k a o'tishi. gavda hujayralari orasidagi gumoral
b og'liqlik vo'qotildi va u nerv bog'liqlik bilan almashtirildi degani
emas, balki gumoral bog'liqliklar asab bilan nazorat qilinishi va
nerv-gumoral o'zaro birgalikda ta'sir k o ’rsatuvchi bog'liqlik yu
zaga kelganligidir. A 'zolarning hujayralari bilan yoki boshqa nerv
hujayralari bilan tutashuvchi uchlaridan bog'lanishni ta'm inlovchi
maxsus m oddalar (mediatorlar.elektrolitlar)ni ajralishi aniqlangan
va bu m ediatorlar gavda suyuqliklariga tushib to 'g 'rid a n to 'g 'ri
asab tizim iga va ixtisoslashgan nerv uchlariga ta'sir ko'rsatadi.
Tirik jonzotlar rivojlanishining keyingi bosqichida, maxsus
a'zolar, y a'ni gumoral y o 'l bilan ta'sir ko'rsatuvchi va, o 'z navbati-
da. organizmga tushgan oziq m oddalar hisobiga hosil bo'luvchi
gorm onlar ajratuvchi bezlar paydo bo'ldi. M asalan, adrenalin gar-
moni buyrakusti bezlarida tirozin am inokislotasidan hosil bo'ladi.
Bu gumoral boshqarilishdir.
Asab tizim ining asosiy funksiyasi bo'lib yaxl.it holdagi orga
nizmning uni o'rab turuvchi tashqi muhit bilan o'zaro aloqasi-
ni boshqarish va alohida a'zo faoliyatini hamda a'zolar orasidagi
bogTanishni boshqarish hisoblanadi.
Asab tizimi barcha a ’zolar faoliyatini faqatgina q o 'zg 'alish
to ’lqinlari yoki nerv impulslari bilan tezlashtirmay yoki tormoz-
lamay balki qon, limfa, orqa miya va to'qim alararo suyuqliklar-
ga tushuvchi mediator, garmonlar va m etabolitlar yoki moddalar
almashinuvi mahsulotlari yordam ida organizmdagi barcha hayo-
tiy jarayonlarni nazorat qiladi. Bu kimyoviy m oddalar a'zolarga
va asab tizim iga ta ’sir ko'rsatadi. Shunday ekan, tabiiy sharoitda
www.ziyouz.com kutubxonasi
a'zolar faoliyatini faqatgina nervli boshqarilishi y o ‘q va. aksincha.
nerv-gumoral boshqarilishi mavjud.
Asab tizimining qo'zg 'alish i biokimvoviy tabiatga ega. Asab
tizimi bo'ylab. moddalar almashinuvi o'zgarishining to ‘lqinsimon
tarqalishi kuzatiladi, tarqalish paytida ionlar membranalar orqali
tanlab o'tkaziladi, natijada nisbatan tinchlik va q o'zg 'alg an holat-
dagi qismlar orasida potensiallar farqi (ayrmasi) hosil b o ‘ladi va
elektr toki yuzaga keladi. Bu toklar biotoklar yoki biopotensiallar
deb yuritiladi va asab tizimi bo‘ylab tarqaladi va uning navbatdagi
maydonlarida q o 'zg 'alish chaqiradi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
|