Orqa miyaning funksiyalari. Orqa miya organizmning murak
kab harakat reaksiyalarini bajarishda ishtirok etadi. Bu orqa m iya
ning
reflektorfunksiyasiclii: Orqa miyaning kulrang m oddasidajuda
ko'plab harakat reaksiyalarining reflektor yo'llari tutashadi. Orqa
miyaning bu funksiyasiga tizza refleksi misol bo'ladi. Sonning
to ‘it boshli muskullarining pay lari bo‘ylab urish tizza bo"g‘inidan
boldir muskullarining cho'zilishini chaqiradi. Bu refleksning y o ii
orqa miyaning 2 -4 bel segmentlaridan o'tadi. Bolalar hayotining
dastlabki kunlarida tizza refleksini chaqirish juda oson, lekin, u
boldir muskullarining cho‘zilishi bilan emas balki bukilishi bilan
namoyon b o ia d i. bu esa cho‘zuvchi muskullar tonusining, bukuv-
chi muskullar tonusidan past b oiish in i ko‘rsatadi. S o g io m bolalar
hayotining birinchi yilida refleks doimo yuzaga kelsada. u unchalik
aniq namoyon b oim aydi.
Orqa miya bosh miya nervlari bilan innervatsiya qilinuvchi bosh
muskullaridan tashqari barcha skelet muskullarini innervatsiya
qiladi. Orqa miyada tana, qo'l-oyoqlar va bo'yin muskullarining
reflektor markazlari joylashgan. Shu verning o 'zida vegetativ asab
tizim ining markazlari ham joylashgan. Siydik chiqarish va defekat-
siya, erkaklarda jinsiy a'zoning reflektor holda taranglashishi va
spermaning otilib chiqarilishi (erreksiya va eyakulatsiya) orqa
miya funksiyalari bilan b o g iiq .
Orqa miya, o'tkazuvchanlik funksiyasini ham bajaradi. Orqa-
ngi ildizlardan orqa miyaga tushuvchi markazga intiluvchi nerv
impulslari orqa miyaning o'tkazuvchi y o ila ri orqali yuqorida yo-
tuvchi bosh miyaning boshqa b o iim la rig a o ik aziladi. 0 ‘z navbati-
da, markaziy asab tizim ida yuqorida yotuvchi bo'iim laridan orqa
miya ham skelet muskullari va ichki a'zolar faoliyatini o ‘zgartirishi
mumkin b o ig a n impulslarni oladi.
Odamlarda orqa miyaning faoliyati jiddiy darajada markaziy
asab tizimining vuqorisida yotuvchi b o iim larining koordinatsi-
yalovchi ta'siriga b o ‘ysunadi.
www.ziyouz.com kutubxonasi