13.1.1 – rasm. O‘zbekiston Respublikasi Fond birjasi tashkiliy tuzilishi “Birjalar va birja faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 8-moddasiga asosan birja faoliyatining asosiy prinsiplari bo‘lmb quyidagilar hisoblanadi:
birja savdolarini o‘tkazishning oshkoraligi va ommaviyligi;
birjaning barcha a’zolari uchun birja savdolarida ishtirok etishda shart-sharoitlarning tengligi;
tuzilgan birja bitimlari bajarilishining ta’minlanishi.
2 – savol bayoni: Mamlakatda fond bozori infratuzilmasining iqtisodiyotdagi roli past bo‘lib, davlatning makroiqtisodiy va faol investitsiya siyosati talablariga to‘liq javob bermaydi. Chunki, fond bozori rivojlangan mamlakatlardagidek, o‘zining bosh funksiyasi – yuridik va jismoniy shaxslarning vaqtincha bo‘sh pul mablag‘larini investitsiyalarga yo‘naltirish, ya’ni, barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlash maqsadida uzoq muddatli investitsiyalarni jalb qila olmayapti. Ushbu holatlar O‘zbekistonda fond bozori infratuzilmasini takomillashtirish zaruratini keltirib chiqarmoqda. Bugungi kun sharoitida fond bozori tizimli xususiyatga egaligiga shubha yo‘q va bu qimmatli qog‘ozlar bozoriga berilgan tavsifda o‘z aksini topgan bo‘lib, unga ko‘ra, fond bozori “...yuksak darajada yaxlik va tugallangan texnologik sikllardan iborat murakkab tashkiliy-iqtisodiy sikldir1”.
O‘zbekiston fond bozorini rivojlanmaganligiga ta’sir etuvchi davlat organlarining aralashuvi, yirik aksiya paketlariga davlat egalik qilishi, aholining qimmatli qog‘ozlar va undan daromad olish mumkinligi haqida yetarlicha tasavvurga ega emasligi, infratuzilma obligatsiyalarining muomalada yo‘qligi, qimmatli qog‘ozlardan daromad olishni ta’minlovchi va kafolat beruvchi infratuzilma sub’ektlarining rivojlanmaganligi kabi muammolar yetarlicha tadqiq etilmagan. Fond bozori uning rivojlantirish yo‘llari, qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatini takomillashtirishning umumiy jihatlari Igor Leonidovich Butikov tomonidan O‘zbekistonda qimmatli qog‘ozlar bozorini shakllantirish muammolari tadqiq etilgan bo‘lsa, Mixail Borisovich Xamidulin korporativ boshqaruvning moliyaviy mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy ishlarni amalga oshirgan, va boshqa olimlarning2 ilmiy tadqiqot ishlarida ko‘rsatib berilgan. Mahalliy olim Shoha’zamiy Sh.Sh. esa O‘zbekiston qimmatli qog‘ozlar bozorini strategik rivojlantirishning metodologik asoslari takomillashtirilgan3. Shu bilan birga, hozirgi O‘zbekistonning iqtisodiyotini modernizatsiya qilish jarayonida fond bozori infratuzilmasini takomillashtirishda fond bozori infratuzilmasi sifatidagi faoliyatini kengaytirish, bozorini rivojlantirishda infratuzilma faoliyatini samaradorligini oshirish, risklarni boshqarish, davlat tomonidan tartibga solish mexanizmlarini takomillashtirish, institutsional investorlarning rolini oshirish muhim hisoblanadi.
Fond bozori infratuzilmasi tashkilotlari tartibga solish, savdo, depozitariy, registratorlik, hisob-kitob, kliring, axborot tarqatish, sug‘urta va boshqa turdagi faoliyatlarni amalga oshirgan holda, fond bozorida bitimlar tuzilishi va bajarilishi uchun shart-sharoit yaratadi. Ko‘rib chiqilgan qimmatli qog‘ozlar bozori tasnifi o‘ziga xosdir, ya’ni faqat shu bozorga xos.