Fotihbek Komilov Genetikadan masalalar yechish
38
Birikkan holda irsiylanish. Krossingover
Genlarning mustaqil kombinatsiyalanishi qonuni o‘rganilayotgan genlar
nogomologik xromosomalarda joylashsagina o‘rinli bo‘ladi. Genlar soni
xromosomalar sonidan ancha ko‘p bo‘lganligi sababli bitta
xromosomada juda ko‘p genlar joylashadi va birikkan holda irsiylanadi.
Bir xromosomada joylashgan genlar majmuyi
birikish guruhi
deyiladi.

Bu hodisani yaxshi tushunish maqsadida drozofilalarda ikki juft
belgilarning nasldan naslga o‘tishi bilan tanishamiz. Drozofilalarda tananing kulrangligini
belgilovchi gen (A) qora rang geni (a) ustidan
dominantlik qiladi. Normal qanot geni (B) esa kalta
qanotni belgilovchi gen (b) dan ustunlik qiladi. Kulrang
va normal qanotli pashshalarni qora va kalta qanotli
pashshalar bilan chatishtirsak, birinchi avlod bir xilliligi
yuzaga chiqadi, ya’ni kulrang tanali, normal qanotli
pashshalar hosil bo‘ladi.F1 da hosil bo‘lgan kulrang
tanali, normal qanotli erkak drozofilalarni qora tanali
kalta qanotli urg‘ochi drozofilalar bilan o‘zaro
chatishtirilsa, Fb da olingan avlodning ½ qismini
kulrang tanali, normal qanotli, ½ qismini qora tanali,
kalta qanotli individlar tashkil etadi. Bunday birikishga
Dostları ilə paylaş: