Fotihbek Komilov Genetikadan masalalar yechish
46
autosomada joylashgan va yuqoridagi genlarga birikmagan dominant epistaz geni I bilan
aniqlanadi. Bu germing retsessiv alleli rangni yuzaga chiqarmaydi va har qanday genotipda oq
rangni ta'minlaydi. Tananing kulrang rangi (S) va qanotlarning uzun (D) bo'lishini ta'minlovchi
genlar autosomada joylashgan bo'lib, to'liqsiz birikkan holda irsiylanadi. Ularning retsessiv
allellari s - tananing qora rangli va d - qanotlarning kalta bo'lishini ta'minlaydi. Ko'zning
jigarrangini ta'minlovchi B geni S geni bilan to'liq. D geni bilan to'liqsiz birikkan. Ko'zning qizil
rangini ta'minlovchi A geni jinsiy xromosomada joylashgan, uning retsessiv alleli oq rangni
aniqlaydi. Ingibitor geni va boshqa genlar bo'yicha gomozigota qizil ko'zli. tanasi kulrang.
qanoti kalta drozifila. genotip bo'yicha gomozigota jigarrang ko'zli. tanasi qora. qanoti uzun, i
geni bo'yicha retsessiv gomozigota pashshia bilan chatishtirilgan. Olingan urg'ochi duragaylar
oq ko'zli, geterozigota kulrang tanali, uzun qanotli. ingibitor geni bo'yicha gomozigota erkak
pashshalar bilan chatishtirildi. Ota-ona genotiplari va olingan avlodda genotip va fenotip
bo'yicha ajralish nisbatlarini aniqlang.
7.Gemofiliya va daltonizm X-xromosomada joylashgan ressesiv genlar orqali aniqlanadi. Ular
orasidagi masofa 9,8 morganidaga teng
A )
Qizning otasi gemofilik va daltonik, onasi ikkala belgi bo'yicha sog'lom. Bu ayol sog'lom
erkakka turmushga chiqqan. Bu oilada tug'iladigan farzandlar fenotipini aniqlang.
E) Qizning onasi daltonik. otasi gemofilik bo'lib, bu qiz ikkala kasallik bo`yicha kasallangan
erkakka turmushga chiqsa, bu oilada otaga o'xshash farzandlarning tug'ilish ehtimolini toping
8.Quyonlarda junining qora rang bo’lishi va normal uzunligi, yog’ qatlamining oq bo’lishi, jun
rangining mallaligi va kalta bo’lishi, yog’ qatlamining sariq bo’lishi ustidan dominantlik qiladi.
Juni qora va normal uzunlikka ega, yog’ qatlami oq bo’lgan quyon juni malla va kalta, yog’
qatlami sariq quyon bilan chatishtirildi. Tajribada qora, uzun junli, yog’ qatlami oq bo’lgan
quyonchalar olindi. Keyinchalik bu F
1
avlod retsessiv begili quyonlar bilan chatishtirildi. Bunda
quyidagi natijalar olindi.
Dostları ilə paylaş: