«макеты» instrumentini yoqib olamiz. Va bizga quyidagi panel hosil bo‘ladi.Bu panelning bizga kerakli tomoni ko‘rsatilgan katakchalarning har biriga shartli belgilarni tanlab, belgilab olamiz. Ishni quyidagi tartibda bajaramiz. Avval aholi punktlarini yaratamiz.
3-rasm(Shartli belgilarni tanlash)
«плошадные» + «насел. пункты <строение>» + «строения жилые неогнест» ni tanlaymiz.
4-rasm (Aholi punktlari tasvirlash)
5-rasm(Qurulishi tugalanmagan binolarni tasvirlash)
Biz tanlab olganimizdan keyin shartli belgini ustiga bir marta bosamiz va aholi punktlarini deshifrovka qilishni boshlaymiz. Va bitta obyektni chizganimizdan keyin bizga quyidagi jadval hosil bo’ladi. Va biz shu jadvalni kerakli ma’lumotlarini kiritib chiqib сохранит belgisini bosamiz. Va shu tarzda barcha aholi punktlarini chizib chiqamiz.
6-rasm (Obyektni ma’lumotlarini kiritish)
3.Aloqa yo‘llarini deshifrovka qilish
Aloqa yo‘llarini ham shartli belgisini tanlab olib chizishni boshlaymiz.Quyidagi tartibda bajariladi.
7-rasm (Aloqa yo‘llarini tasvirlash)
Shu ketma-ketlikni bajarganimizdan keyin chizishni boshlaymiz. Va chizganda atribut jadvali chiqadi buni ham to’ldirib chiqamiz.
4.Gidrografiyani deshifrovka qilish
Gidrografiya obyektlarini ham shartli belgilarni tanlab olamiz va chizib chiqamiz.
8-rasm (Gidrografiya obyektlarni tasvirlash)
Shu tartibda belgilab olganimizdan keyin hammasini chizib chiqamiz va chizayotganda har birining ma’lumotlar bazasini to’ldirib ketamiz.
5.O‘simlik va grunt qoplamini deshifrovka qilish.
O’simlik va grunt qoplamlarining ham shartli belgilarini tanlab olamiz va chizib chiqamiz. Mendagi planda Ekinzorlar, bog’lar, daraxtlar mavjud. Daraxtlarning o’zini ham ikkiga bo’lib chizamiz. Alohida turgan daraxtlarni va qator daraxtlarni alohida shartli belgilar bilan chizamiz.
9-rasm (Haydalgan yerlarni tasvirlash)
10-rasm (O‘tloqzorlar)
11-rasm (Paxta maydonlarini tasvirlash)
Dostları ilə paylaş: |