Laboratoriya ishini bajarish tartibi Tadqiqotni o‘tkazish uchun 4 – rasmda keltirilgan laboratoriya stendi ishlatiladi. Mazkur ishda ФСК-1Г fotorezistorning tavsifi tadqiq qilinadi. Yorug‘lik manbasi sifatida cho‘lg‘amli lampa ishlatiladi. Uning ravshanligi R0 rezistor bilan boshqariladi. Yorug‘lik manbasi tomonidan hosil qilinayotgan yoritilganlik lyuksmetr yordamida o‘lchanadi.
4 - rasm. Laboratoriya stendining sxemasi: TM – ta’minot manbasi, YOM – yorug‘lik manbasi (cho‘lg‘amli lampa), R0 – nurlanish ravshanligini rostlovchi rezistor, FR – fotorezistor, FD -fotodiod, FT – fototranzistor, Om – ommetr, mA – milliampermetr, L – lyuksmetr.
Fotorezistorni tadqiq etish quyidagicha amalga oshiriladi:
1. Ommetr bilan fotorezistorning qorog‘ulikdagi qarshiligini o‘lchang.
2. Nurlanish ravshanligini oshirgan holda fotorezistor qarshiligini yoritilganlikka bog‘liqligini o‘lchang.
3. Qorong‘ulikdagi qarshiligini yorug‘likdagi qarshilikka nisbatini yoritilganlikka bog‘liqlik grafigini quring.
Hisobot tarkibi Hisobot tarkibi quyidagilardan iborat bo‘lishi kerak:
Tajriba ishining bayonnomasi;