Foydalangan adabiyotlar



Yüklə 46,25 Kb.
səhifə2/4
tarix19.12.2023
ölçüsü46,25 Kb.
#186339
1   2   3   4
Identifikatorlar

O'zgaruvchilarni nomlash.
Python dasturlash tilida boshqa dasturlash tillaridagi kabi o’zgaruvchilar aniq bir turdagi berilganlarni saqlash uchun xizmat qiladi. Python dasturlash tilida o’zgaruvchilar alfavit belgilari yoki tag chizig’i belgisi bilan boshlanishi va tarkibi son, alfavit belgilari, tag chizig’i belgilaridan iborat bo’lishi, ya`ni bir so’z bilan aytganda identifikator bo’lishi kerak. Bundan tashqari o’zgaruvchi nomi Python dasturlash tilida ishlatiladigan kalit so’zlar nomi bilan mos tushmasligi shart.
Masalan, o’zgaruvchi nomi and, as, assert, break, class, continue, def, del, elif, else, except, False, finally, for, from, global, if, import, in, is, lambda, None, nonlocal, not, or, pass, raise, return, True, try, while, with, yield kabi kalit so’zlar nomi bilan mos tushishi mumkin emas.
Masalan, o’zgaruvchini aniqlash (hosil qilish) quyidagicha amalga oshiriladi:

1.4.1-rasm

Yuqorida a va name o’zgaruvchilari yaratildi va ularga qiymat berildi. Shuni alohida ta`kidlash kerakki, Python dasturlash tilida o’zgaruvchini dastlab e`lon qilish degan tushuncha mavjud emas (masalan: c++ tilida int a kabi o’zgaruvchi e`lon qilinadi), balki o’zgaruvchi kiritiladi va unga qiymat beriladi (masalan: a=14). Berilgan qiymatga ko’ra interpretator o’zgaruvchining turini aniqlaydi.
Python dasturlash tilida o’zgaruvchilarni nomlashning ikki turi: “camel case” va “underscore notation” turlaridan foydalanish tavsiya qilingan.
“camel case” turida o’zgaruvchiga nom berilganda, agar o’zgaruvchi nomi alohida so’zlar birikmasidan tashkil topgan bo’lsa, ikkinchi so’zdan boshlab har bir so’zning birinchi harfi katta harfda (katta registr) bo’lishi talab qilinadi.
Masalan:

1.4.2-rasm

“underscore notation” turida esa so’zlar orasiga tag chizig’i “_” belgisi qo’yiladi. Masalan:

1.4.3-rasm

O’zgaruvchilar biror bir turdagi berilganlarni saqlaydi. Python dasturlash tilida bir necha xildagi berilganlar turlari mavjud bo’lib, ular odatda to’rtta guruhga ajratiladi:


sonlar, ketma-ketliklar, lug’atlar va to’plamlar:

bool (boolean) – True va False mantiqiy qiymatlar uchun;

int – butun sonlar uchun, butun turdagi songa kompyuter xotirasida 4 bayt joy
ajratiladi;
float – suzuvchan nuqtali sonlar (haqiqiy sonlar) uchun, haqiqiy sonlarni saqlash uchun kompyuter xotirasidan 8 bayt joy ajratiladi; complex – kompleks
sonlar uchun;

str – satrlar uchun, Python 3.x versiyasidan boshlab satrlar bu- Unicode kodirovkasidagi belgilar ketma-ketligini ifodalaydi;


bytes – 0-255 diapazondagi sonlar ketma ketligi uchun

byte array – baytlar massivi uchun;

list – ro’yхatlar uchun;

tuple – kortejlar uchun;


set – tartiblanmagan unikal ob`ektlar kollektsiyasi uchun;

frozen set – set singari, faqat u o’zgartirilishi mumkin emas (immutable);

dict – lug’atlar uchun. Har bir element kalit so’z va qiymat juftligi ko’rinishida ifodalaniladi.



Yüklə 46,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin