Foydalanilgan adabiyotlar Jahonda va o’zbekistonda basketbolning rivojlanish tarixi


O’zbekistonda basketbolning rivojlanishi



Yüklə 20,67 Kb.
səhifə2/4
tarix21.10.2023
ölçüsü20,67 Kb.
#158943
1   2   3   4
BASKETBOL O\'YINING O\'ZBEKISTON JISMONIY TARBIYA QISMIDA TUTGAN O\'RNI

2. O’zbekistonda basketbolning rivojlanishi
O’zbekiston sportchilarini “basketbol” degan o’yin bilan birinchi marta Moskva instruktorlar va chaqiriq yoshidagi yigitlarni harbiy xizmatga tayyorlash maktabining bitiruvchisi Turkiston o’lkasiga xizmat safariga yuborilgan umumta’lim vakili L.Barxash tanishtirgan. U 1920 yilning aprel oyida Skobalev (hozirgi Farg’ona) shahrida instruktorlardan va harbiy xizmatga chaqiriq yoshiga etayotgan o’smirlardan iborat basketbol jamoasi tashkil etadi. Ularga o’yin qoidasini tushuntirib namunaviy o’yinni o’ziga o’tkazib ko’rsatadi. 28x16 metrli maydonchada o’rtasidan ikkita uzunasiga chiziq tortilgan chegara qo’yib, har birida 9 nafardan o’yinchi bo’lgan ikki jamoa uchrashadi. Toshkent shahrida basketbol jamoasini tuzgan kishi harbiy xizmatga chaqirish yoshiga etayotgan katta yoshli o’smirlar harbiyjangovar maktabining o’qituvchisi S.Stariy bo’lgan edi. Bu erda umumta’lim hovlisida tashkil etilgan basketbol maydonchasida 1920 yilning sentyabr oyida birinchi o’yin bo’lib o’tgan edi. Unda har bir jamoada besh nafardan o’yinchi bo’lib to’p o’rnida futbol to’pidan foydalangan edilar. Halqa o’rniga sport maydonchasining har ikki chekkasidagi ustunlarga osib qo’yilgan tagi teshik eski chelaklardan foydalanilgan edi. Tashkil etilgan mana shu dastlabki namunaviyo’yinlar mahalliy yoshlarga va jismoniy tarbiya instruktorlariga ma’qul bo’lib, ularda katta taassurot qoldiradi. Toshkentda o’tkazilgan o’sha birinchi basketbol o’yini qatnashchisi M.D.Mogilevskiyning hikoya qilishiga, yigitlar har kuni kiyib yurgan egnilarida o’yinga tushishgan va ko’plari yalang oyoq o’ynashgan. O’yin boshdan-oyoq bir-biriga to’p otish va qo’liga tushgan to’pni osib qo’yilgan eski chelakka tashlashdan iborat bo’lgan. Bu erda o’yinning eng oddiy qoidalariga rioya qilinmaganligiga qaramasdan, yangi o’yin odamlarga kuchli hayajon uyg’otgan, vaziyatning tez-tez o’zgarib turishi bu erda to’plangan o’smirlar va yoshlarning diqqatini o’ziga tortgan. 1920 yilning yozida va kuzida bir necha ko’rgazmali uchrashuvlar o’tkazildi. Yangi o’yinga qizlar ham qiziqa boshlashdi. Shu yili Andijonda jismoniy tarbiya instruktori I.Bluskiy rahbarligi ostida ayollar basketbol jamoasi tashkil etildi. Qizlar unga “Lochin” nomini berishdi. Basketbol jamoalarining tashkil etilishi mashg’ulotlar uchun joy ko’rish zaruriyatini yuzaga keltirdi. 1921 yilda Toshkentda, Qo’qonda, Andijonda, Farg’onada komsomolning tashabbusi bilan va profsoyuzlarning faol qo’llab-quvvatlashi natijasida basketbol maydonchalari qurildi. Qayta qurilgan maydonlarning o’ziga xos tomoni shunda ediki, bunda o’chitlar va halqachalar yaratilgan edi. O’sha yiliyoq basketbol bo’yicha ikkita musobaqa o’tkazildi: “ikki haftalik” va “Chaqiruvchiga bo’lganlar haftaligi”. 1921 yilning iyulida Toshkentda II O’rta Osiyo olimpiadasi o’tkazilayotgan vaqtda Farg’ona, Samarqand, Chernyayevning eng yaxshi ayollar basketbol jamoalari birinchi rasmiy musobaqalarni o’tkazdilar. “Doprizivnik” jurnali Farg’onalik qizlarning yaxshi tayyorgarlik ko’rganligini ta’kidlagan edi. Olimpiada basketbolning yanada rivojlanishi uchun yangi turtki berdi. Lekin yagona qonunqoidalarning yo’qligi, metodik va sport xarakterdagi axborotning yomon etkazilishi, basketbol o’yinining texnika va taktikasini yaxshi biladigan instruktorlik tarkibining yo’qligi basketbol jamoalarining mahoratini o’sishini to’xtatib turardi. 1923 yilda Turkiston MIK qoshida jismoniy tarbiya bo’yicha o’lka Soveti tuzildi. Jismoniy tarbiya va sport rivojlanishining davlat boshqaruv fanlari paydo bo’lishi bilan jamoat tashkilotlarining sport 9 o’yinlari, jumladan, basketbolni tashkil etishdagi faoliyati aktivlashadi. zavodlar, fabrikalar, o’rta va oliy o’quv yurtlarida sport to’garaklari ochila boshladi. 1924 yilning avgustida Farg’ona, Poltorask, Toshkent, Sirdaryo va respublika poytaxti oliy o’quv yurtlarining terma jamoalari I-Butun Turkiston jismoniy tarbiya bayrami musobaqalarida uchrashdilar. Jismoniy va texnik tayyorgarligi o’z raqiblarinikida ustunroq bo’lgan Toshkentning erkaklar va ayollar jamoalari ushbu musobaqalarning g’oliblari bo’ldilar. Musobaqalarda taxminan 60 kishi ishtirok etdi. Musobaqalar “Moskva qoidalari” bo’yicha o’tkazildi. Yuzasi 26 x 15 m va to’g’ri to’rt burchak shaklida bo’lgan maydonchada o’ynashgan. Yuzaviy deb ataladigan qisqa chiziqlarning o’rtasida vertikal o’chitlari bo’lgan tirchaklar o’rnatilgan bo’lib, uning o’lchamlari 180 x 205 sm bo’lgan va er yuzasidan 270 sm balandlikda o’rnatilgan. O’chitning pastki chegarasidan 30 sm masofada unga gorizontal ravishda kronshteynga radiusi 18 sm bo’lgan temir halqa o’rnatilgan edi. Har biri 20 daqiqadan bo’lgan 2 taym o’ynalar edi. O’yin davomida halqaga tashlangan to’p - 2 ochko, jarima to’pi sifatida tashlangan to’p esa - 1 ochko keltirar edi. O’z raqibi halqasiga ko’proq to’p tushira olgan jamoa mutloq g’olib hisoblanar edi. Hech qanday kombinasiyalar bo’lmasdi, himoyachilar muayyan xujumchilarning yo’lini to’sar edilar, bunda chap himoyachi raqibning o’ng xujumchisini to’sar edi, markaziy o’yinchi esa faqat markaziy o’yinchi bilan shug’ullanar edi. Daqiqalik tanaffuslar bo’lmasdi. O’yin vaqtida o’yinchi almashtirish mumkin emasdi (baxsiz tasodiflardan tashqari) kamida 4 kishiga o’ynash ruxsat etilar edi. Markazdan o’yin boshlaydigan o’yinchi bir qo’lini orqasiga qilib olishi kerak edi.To’pni markazda o’ynatish vaqtida har ikkala jamoaning xujumchilari o’z raqiblarining maydonchasida zarur edi. O’sha zamon qoidalariga ko’ra, o’yinchi to’pni bir joyda 2 soniyadan ortiq ushlab turishiga ruxsat berilmas edi. Bu to’pning bir o’yinchidan ikkinchisiga o’tib, doimo harakatda bo’lishiga va tez-tez uzatilishiga imkon berar edi. O’yinchilar nomerlanmas, protokollar tuzilmas edi. O’yinga bir kishi xakamlik qilar edi va hisob qanday bo’lganini tushirilgan har bir to’pdan keyin e’lon qilib turar edi. Erga tushgan to’pni 2 qo’llab olib savatchaga tushirish va havodagi to’pni bir qo’llab otib nishongna tushirish eng keng tarqalgan usullardan hisoblangan. Maxsus murabbiylar bo’lmagan. O’yin paytida to’pni albatta boshdan oshirib tashlaganlar, lekin ko’p hollarda ikki qo’llab 10 to’p tashlash va uni erdan olib pastdan yuqoriga birdan ko’tarib savatchani nishonga olish ko’proq rasm bo’lgan.Bora-bora basketbol yoshlar orasida keng tarqalib keta boshladi. 1927 yilda u 1-Butun O’zbekiston Spartakiadasining dasturiga ham kiritildi. Ungacha esa shahar musobaqalari bo’lib o’tdi. Toshkent shahar birinchiligi uchun basketbol bo’yicha o’tkazilgan musobaqalarda 20 dan ortiq jamoa ishtirok etdi, Farg’onada 8 ta, Samarqandda 12, Andijonda 6 ta jamoa ishtirok etidi. Ularning ayrimlari klublar bo’yicha tuzilgan bo’lib, matbaachilar (Toshkent) - 3 ta jamoa temir yo’lchilar (Samarqand, Andijon) - har biri 2 tadan, profinternchilar (Toshkent) - 3 tadan jamoa tuzib o’ynaganlar. 1928 yilning avgust oyida Moskvada 1 Butunmamlakat Spartakiadasi bo’lib o’tadi. Unda tarkibida 193 kishi bo’lgan. O’zbekiston sport delegasiyasi ham sportning spartakiada dasturiga 7 turi bo’yicha ishtirok etadi. Basketbol bo’yicha o’tkazilgan musobaqalarda O’zbekiston terma jamoalari moskvaliklarga yutkazadilar va Zakavkaze Federastiyasi sportchilarini yutadilar. Final o’yinlarida mamlakat jamoasiga yutkazb, umumiy hisobga IV o’rinni egallaydilar. Shu erning o’zida basketbol jamoalari Franstiya ishchilar Federastiyasi jamoalari bilan Halqaro o’rtoqlik uchrashuvlari o’tkaziladilar.
Bunda erkaklar jamoasi 49:12, xotin-qizlar jamoasi 24:12 hisobida g’olib chiqadilar. 1930 yil noyabr oyida bo’lib o’tgan kasaba soyuzlarining jismoniy tarbiya bo’yicha I Butunmamlakat konferensiyasi jismoniy tarbiya tugaraklarini bevosita zavod va fabrikalarda hamda o’quv yurtlarida tashkil etiladigan jamoalarga hamda o’quv aylantirish to’g’risida qaror qabul qiladi. Quyidagi faktlar o’sha davrda basketbol tobora ommaviylashib borganligini ko’rsatadi: u II Butun o’zbek kasaba uyushmalari Spartakiadasining (1935 yil, iyun), Samaraqandda o’tkazilgan xotinqizlar jismoniy tarbiya bayrami (1935 yil, avgust), Toshkentda o’tkazilgan idoralararo spartakiada (1935 yil, sentyabr) dasturlariga kiritiladi. Farg’ona, Qo’qon, Andijon, Buxoro shaharlarida alohida birinchiliklar o’tkaziladi. Xuddi o’sha yili “Spartak”, “Lokomotiv”sport jamiyatlari tuzildi. Ushbu jamoalarda o’quv-mashg’ulot jarayoni bilan shug’ullanadigan murabbiylar paydo bo’ladi. Chunonchi “Lokomotiv” jamiyatida M.Fedorov, “Spartak”da A.Kirillov, “Dinamo”da I.Konstantinov murabbiylik vazifasini bajaradilar. O’zbekiston erkaklar terma jamoasining birinchi murabbiyi K.K.Morozov bo’lgan edi.
Chambar halqalarni (1936 yil sentyabr oyida) doira shaklida temir halqalar bilan texnik jihatdan ancha takomillashtirilgan halqalar almashtirilishi to’pni ko’krakdan ikki qo’llab va elkadan bir qo’llab har harakat vaqtida ham turgan joyidan halqaga tushirish imkonini berdi (to’pni uzatish va olib yurish texnikasi yaxshilandi). 1937 yildan boshlab terma jamoalar o’rtasida basketbol bo’yicha Respublika musobaqalari o’tkazila boshladi, sport jamiyatlari jamoalari g’oliblari o’zaro shahar, viloyat birinchiligi o’tkaza boshladilar.


Yüklə 20,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin