Foydalanilgan adabiyotlar


Respublikada xizmatlar eksporti sohasini rivojlantirish istiqbollari



Yüklə 31,64 Kb.
səhifə4/4
tarix16.11.2022
ölçüsü31,64 Kb.
#69389
1   2   3   4
O’zbekistonda Хizmаtlar sohasini rivojlantirishning xorij tajribasi

3. Respublikada xizmatlar eksporti sohasini rivojlantirish istiqbollari
Bugungi kunda global iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida mintaqalarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va bunga asosan eksportni rivojlantirish orqali erishish ahamiyati tobora ortib boraypti. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev bejizga “ … mamlakatimiz iqtisodiyoti tarmoqlari va hududlarning eksport salohiyatini yanada rivojlantirish bo’yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish 2017- 2025 yillarda so’zsiz hal qilinuvchi faoliyat yo’nalishiga aylanishi zarur” deya ta‘kidlab o‘tmaganlar. Ta‘kidlash joizki, O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha ―Harakatlar strategiyasi‖da ham hududlar iqtisodiyotini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish ko‘lamini kengaytirish, rivojlanish darajasi nisbatan past bo‘lgan tuman va shaharlarni, eng avvalo, sanoat va eksport salohiyatini oshirish yo‘li bilan jadal rivojlantirish hisobiga mintaqalar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasidagi farqlarni kamaytirishga alohida e‘tibor qaratilgan. Eksportni rivojlantirishda xizmatlar sohasi muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki, xizmatlar sohasi milliy iqtisodiyotning eng muhim tarmoqlaridan biri hisoblanadi. Oxirgi yillarda ko‘pchilik rivojlangan mamlakatlarda xizmatlar ishlab chiqarilishining oshishi, xizmatlarning sifati yaxshilanishi, xizmatlarning xalqaro savdoda rivojlanishi va ushbu sohada aholining bandligi oshib borayotganini kuzatishimiz mumkin. Statistik ma‘lumotlarga qaraganda respublikamizda 2017-yilda eksport tarkibining umumiy hajmidan 25,1 foizni xizmatlar tashkil qiladi, bunda transport xizmatlari 11,5 foizni va safarlar 11,3 foizni tashkil qiladi. Ko‘rishimiz mumkinki, mamlakat eksport umumiy hajmining deyarli chorak qismigina xizmatlar hissasiga to‘g‘ri kelmoqda va buni ijobiy holat deb bo‘lmaydi. O‘zbekistonlik iqtisodchi olim Sh.Sh.Shodmonovning fikricha, xizmatlar eksporti tovarlar eksportidan farq qiladi. U chet el valyutalari hisobiga chet ellik iste‘molchilarga xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq bo‘lib, uning bir qismi milliy chegarada amalga oshiriladi (masalan, chet el kompaniyasi vakillariga pochta, Shu o‘rinda ta‘kidlash joizki, mintaqada xizmatlar eksportini rivojlantirishni maqsad qilar ekanmiz, avvalo, eksport qilinadigan xizmat turlarini chuqur o‘rganishishimiz lozim. Rossiyalik tadqiqotchi Ye.M.Denisovaning fikricha eksport xizmatlari tarkibi ikkiga bo‘linadi: asosiy va qo’shimcha eksport xizmatlari. 1. Аsosiy eksport xizmatlari xalqaro bozorda iste‘molchi talabini nomoddiy ko‘rinishda qondiruvchi xizmatlardir: - ilmiy-texnika sohasidagi almashinuv (patent, litsenziya, ―nou-xau‖ shaklidagi savdo); - texnik xizmatlar almashinuvi (konsultativ va qurilish-injiniring); - ijara xizmatlari (asosan lizing); - turizm xizmatlari; - informatsion va boshqaruv sohasidagi konsultativ xizmatlari; - kinofilm va teleko‘rsatuvlar almashinuvi. 2. Qo‘shimcha eksport xizmatlari xalqaro savdoda tovarlar oldi-sotdisi jarayonida yuzaga keladigan iste‘molchi talabini moddiy ko‘rinishda qondiruvchi xizmatlardir: - xalqaro yuk tashish; - transport-ekspeditorlik xizmati; - yuklarni sug‘urta qilish; - xalqaro yuk tashishda yuklarni saqlash; - xalqaro hisob-kitoblar. Respublikamiz xizmatlar ishlab chuqarish va eksport qilish bo‘yicha katta salohiyatga ega ekanligiga qaramasdan, bugungi kunda bu salohiyatdan to‘liq foydalanilmayapti. Fikrimizcha, bu muammoni bartaraf etish uchun va iqtiqbolda xizmatlar eksportini rivojlantirish uchun tashqi bozorda xizmat ko‘rsatishning xususiyatlarini e‘tiborga olishi zarur. Xizmatlar eksportini rivojlantirishda mintaqa hususiyatlaridan kelib chiqish lozim, ya‘ni har bir viloyatimizda mavjud imkoniyatlardan kelib chiqgan holda hudud uchun maxsus yo;l xaritasi ishlab chiqish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Ta‘kidlash joizki, Samarqand, Buxoro, Xorazm viloyatlari xalqaro bozorda turizm xizmatlarining raqobatbardoshligi bilan ajralib turadi. Ushbu imkoniyatlardan oqilona va to‘liq foydalanishni ta‘minlash maqsadida mavjud infratuzilmani tubdan takomilashtirishga alohida e‘tibor qaratish zarur. Yuqoridagilarga qo‘shimcha sifatida, Jizzax, Toshkent, Qashqadaryo viloyatlarida hamda vodiy hududlarida ham maxsus turistik markazlarni tashkil etish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Turizm jahon iqtisodiyotining eng samarali sohalaridan biri hisoblanadi. Bir qator dunyo mamlakatlarida turizm sohasi davlat byudjetini shakllantirish manbai hisoblanishi hech kimga sir emas. Turizmni rivojlantirish ko‘plab iqtisodiyijtimoiy muammolarga yechim topishda muhim rol o‘ynaydi. Jumladan qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratiladi, hududdagi holining daromadlari yaxshilanadi, mamlakat to‘lov balansining ijobiy o‘sish dinamikasiga erishiladi va hokazo. Mamlakatiz eksportining umumiy ulushida aynan xizmatlar eksportining ulushi 2018-yilda 3029.9 mln.dollarni tashkil qilgan Taqqoslash uchun xizmatlardan keying o‘rinni 2909,5 mln. dollarlik ulush bilan oltin eksporti egallab turibti. Lekin, iqtisodiy nazariyadan ma‘lumki, oltin qayta tiklanmaydigan hamda cheklangan resurslar sirasiga kiradi. Xizmat ko‘rsatish esa doimiy davom etishini hamda ortiqcha moddiy resurslar talab qilmasligini hisobga olsak, har qanday iqtisodiyot sharoitida xizmatlar eksporti foydaliroq hisoblanadi. Respublikamizga hos bo‘lgan hususiyatlardan yana biri yuk tashish xizmatlaridir. Ammo, tan olishimiz lozimki, yuk avtomobil xizmatlarining samaradorligi quyidagi bir qancha omillar sabab pasaymoqda: - yuk tashish bo‘yicha samarali qonunchilik mexanizmlarining mavjud emasligi; - asosiy capital eskirishining yuqori darajaligi, xorijiy mamlakatlar texnik talablariga javob beruvchi infratuzilmalarning yo‘qligi; - yoqilg‘i narxlarining yuqoriligi; - yuk tashish sifati va xavfsizligi darajasining pastligi; - samarali logistik texnologiyalarning mavjud emasligi; - muqobil yo‘qilg‘ida ishlovchi avtotransport vositalarining mavjud emasligi;
Agar mamlakatimiz Markaziy osiyoning qoq markazida joylashganligini inobatga oladigan bo‘lsak, mavjud tranzit yuk tashish xizmatlarini to‘liq eksport qila olmayotganligimiz iqtisodiyot ruvoji uchun juda salbiy holat. Tahlillarimiz shuni ko‘rsatadiki, respublikamiz xizmatlar eksportida bir qator hal qilinishi lozim bo‘lgan jiddiy muammolar mavjud va bu muammolarni bartaraf etishga quyidagi takliflarni bildiramiz: - respublikada xalqaro yuk tashish bozorini shakllantirish uchun zamonaviy talablarga javob beradigan infratuzilmani yaratish lozim. Bular qatoriga axborotlashtirish markazi, logistik omborxonalar hamda terminallar va hokazolar kiradi; - turizm xizmatlari eksportini yanada rivojlantirish masalasiga alohida e‘tibor qaratish lozim. Buning uchun agroturizm (Toshkent viloyati, Farg‘ona, Surxondaryo viloyatlarida), ekoturizm (Bo‘stonliq, Chorvoq, Orolbo‘yi hudularida), ekstremal turizm (Toshkent viloyatida, Xorazm viloyati cho‘llarida), ziyorat turizmi (Buxoro, Samarqand, Qashqadaryo, Xorazm viloyatlarida), MICE turizm (Toshkent, Samarqand, Xiva shaharlari), rekreativ turizm (Zomin va Omonxonada)ni rivojlantirishga urg‘u berish lozim; - meditsina xizmatlari eksportini yo‘lga qo‘yilishiga ahamiyat berishimiz kerak. Xususan Markaziy osiyodagi qo‘shni davatlarimiz Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Avg‘oniston, Tojikiston, Turkmaniston Respublikalariga tibbiy xizmatlarimizni reklama qilishimiz, maxsus marshrutlar tashkil qilishimiz mumkin; - ta‘lim xizmatlari eksportini yo‘lga qo‘yishimiz lozim. Buning uchun o‘z o‘qituvchilarimizni xorijga chiqarishimiz, chet el talabalarini mahalliy oliygohlarimizga jalb qilishimiz kerak. Umuman olganda yuqoridagi barcha xizmatlar bir-biri bilan bog‘liq tarzda rivojlanadi, biri boshqasini to‘ldiradi (misol uchun, turizm xizmatlari eksporti o‘z navbatida transport hamda moliyaviy xizmatlar eksportini vujudga keltirish va rivojlantirishga zamin yaratadi). Shuni alohida ta‘kidlash joizki, xizmatlar eksporti tovarlar eksportiga qaraganda ancha samarali hisoblanadi. Buning asosiy sababi, xizmatlar ko‘rsatishga katta capital qo‘yilmalarning talab etilmasligidir. Shuning uchun ham respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni maqsad qilar ekanmiz, birinchi navbatda xizmatlar eksportining samaradorligini oshirish maqsadga muvofiq. Bu o‘z navbatida, mintaqaga kirib keladigan xorijiy valyuta oqimini ko‘paytiradi, to‘lov balansini musbat saldoga erishishini ta‘minlaydi, yalpi ichki va yalpi milliy mahsulot hajmini oshiradi va hokazo. Bularning barchasi aholining turmush farovonligini yaxshilashga zamin yaratadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR


1. O‘zbеkiston Rеspublikasida iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha xizmatlarning rivojlanirish O‘zbеkiston Rеspublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 26 fеvraldagi ―2016-2020 yillarda xizmatlar sohasini rivojlantirish dasturi to‘g‘risida‖gi 55-son qarori bilan tasdiqlangan Xizmatlar sohasini rivojlantirish dasturi
2. O‘zbеkistоn Rеspublikаsi ―Хususiy kоrхоnаlаr to‘g‘risidа‖gi Qоnuni. 11 dеkаbr 2003 yil. (o‘zgаrtirish vа qo‘shimchаlаr bilаn birgа).
3. O‘zbеkistоn Rеspublikаsining ―Tаdbikоrlik fаоliyаti erkinligining kаfоlаtlаri to‘g‘risidа‖gi Qоnuni. 25 mаy 2000 yil (o‘zgаrtirish vа qo‘shimchаlаr bilаn).
4. O‘zbеkistоn Rеspublikаsining ―Оilаviy tаdbirkоrlik to‘g‘risidа‖ gi qоnuni. 2012 yil 16 mаrtdа O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Qоnunchilik pаlаtаsi tоmоnidаn qаbul qilindi vа 23 mаrtdа Sеnаt tоmоnidаn mа‘qullаnib 26 аprеl O‘RQ-327-sоni.
5. O‘zbеkistоn Rеspublikаsining Qоnuni. «O‘zbеkistоn Rеspublikаsining tаshqi iqtisоdiy fаоliyаti to‘g‘risidа»gi O‘zbеkistоn Rеspublikаsi qоnunigа o‘zgаrtishlаr vа qo‘shimchаlаr kiritish хаqidа. «Хo‘jаlik vа huquq», 2000 yil 10-sоn, 96 b. (o‘zgаrtirish vа qo‘shimchаlаr bilаn).
6. O‘zbеkistоn Rеspublikаsi «Tоvаr bоzоrlаridа mоnоpоlistik fаоliyаtini chеklаsh vа rаqоbаt tug‘risidа»gi qоnuni. 04 аprеl 1997. (o‘zgаrtirish vа qo‘shimchаlаr bilаn). II.Monografiya, o‟quv qo‟llanma
7. Vahobov A. va boshkalar. Halkaro moliya munosabatlari: DarslikG`Mual: A.Vaxobov I Jumaеv U.Burxonov -T: "Shark", 2007. 277-bеt .
8. N.Х.Jumаеv, I.O‘.Mаjidоv,M.R.Bоltаbаеv, I.А.Ахmеdоv. ―O‘z biznеsingizni yаrаting‖. O‘quv-uslubiy mаjmuа. TDIU. 2012, 215 b.
9. Аgаnitоv M.L.Pаnkrаtоv F.G. Оptоvаyа
10.Burmistrоv V.G. Sklаdskое хоzyаystvо v tоrgоvlе.M: Ekоnоmikа,2005gg
Yüklə 31,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin