Foydalanish doiralari



Yüklə 12,6 Kb.
tarix21.10.2023
ölçüsü12,6 Kb.
#159131
Akvarium-metodi (1)


Akvarium


Ta’rifi.

  1. 5-6 nafar ishtirokchilar rahbar bilan birga doira shakli bo’ylab o’tiradilar. Ular – «baliqlar». Ularning atrofiga guruhning qolgan ishtirokchilari o’tiradilar (yoki turadilar). Ular – «baliq ovchilari».

  2. Ichki doira a’zolari («baliqlar») o’qituvchi taklif qilgan savolni faol muhokama qiladilar. “Baliq ovchilari” esa kuzatib turadilar va savolni muhokama qilayotgan biron o’quvchining fikri ularni qiziqtirib qolganda jarayonga kirishadilar: qo’shimcha qiladilar, savol beradilar, aniqlashtiradilar. SHunda «baliq ovchisi» fikri uni qiziqtirib qolgan «baliq»ning yoniga turib olishi kerak.

  3. Bir muammoning (masalaning) muhokamasi tugaganidan so’ng ishtirokchilar joylari bilan almashadilar (doiradan tashqarida turganlar endi doira bo’ylab o’tiradilar). Barcha ishtirokchilar doirada o’tirishlari maqsadga muvofiqdir.

Foydalanish doiralari.
Tabiiy va aniq fanlarni o’rganish jarayonlarida qo’llaniladi.
Afzalliklari.
Ishtirokchilarga norasmiy sharoitda fikr almashishga, berilgan muammoni (masalani) hal qilish bo’yicha o’z nuqtai nazarlarini bayon etishga imkon yaratadi. Muhokama jarayoniga erkin qo’shilish va undan chiqib ketishga imkon beradi. Tahliliy fikrlash, e’tibor jamlash va kuzatuvchanlikni rivojlantiradi. Nutqni va teskari aloqa texnikasini rivojlantiradi.
Qiyinchiliklari.
Muammoni muhokama qilishda barcha o’quvchilar faol ishtirok etish jarayonida bahs-munozalar, nizolar yuzaga kelishi mumkin. SHu bois o’qituvchi yaxshi tayyorlanishi va kuchli qarama-qarshiliklar paydo bo’lishiga yo’l bermaydigan uslublarni bilishi lozim.
Aniq nazorat bo’lishini talab qiladi. Jarayon davomida ayrim o’quvchilar undan chiqib qolishlari (jarayonda ishtirok etmasliklari) mumkin. O’qituvchi muammoni muhokama qilishga barcha o’quvchilarni jalb qilish usullarini o’ylab chiqishi kerak.

Yüklə 12,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin