Foydalanuvchilarni boshqarish. Foydalanuvchilar



Yüklə 44,52 Kb.
səhifə7/13
tarix13.12.2022
ölçüsü44,52 Kb.
#74230
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
Narziyev Asomiddin databaza lab2

Tranzaksiya jurnali
Ma`lumotlar bazasini boshqarish tizimlari ma`lumotlar bazasiga kiritilgan har bir o`zgarish haqida yozuv(log) yaratadi. Bu yozuv tranzaksiyani bajarishda xatolik yuz berganda kerak bo’ladi. Bunday vaziyatda tranzaksiya tomonidan barcha bajarilgan instruksiyalar natijalari bekor qilinishi kerak. Tizim xatoni aniqlagandan so'ng, ma`lumotlar bazasini tranzaktsiya boshlanishidan oldingi holatiga qaytarish uchun ushbu yozuvlardan foydalanadi.
Database Engine komponenti ushbu yozuvlarning barchasini, xususan tranzaktsiyadan oldingi va keyingi qiymatlarini tranzaksiya jurnallari deb nomlangan bir yoki bir nechta fayllarda saqlaydi. Har bir ma`lumotlar bazasi tranzaktsiyalar jurnalini yuritadi. Shuning uchun, agar joriy ma`lumotlar bazasidagi jadvallar bo'yicha bir yoki bir nechta ma`lumotlarni o`zgartirish operasiyalarini bekor qilish zarurati tug'ilsa, Database Engine komponenti tranzaktsiyalar boshlanishidan oldingi jadval ustunlari qiymatlarini tiklash uchun tranzaksiyalar jurnalining yozuvlaridan foydalanadi.

Blokirovkalar(qulflar)
Parallel murojaat natijasi kelib chiqadigan muammolarning oldini olish uchun har bir ma`lumotlar bazasini boshqarish tizimida barcha foydalanuvchilar tomonidan ma`lumotlarga bir vaqtning o`zida murojaat qilishni boshqarish mexanizmi bo'lishi kerak. Parallel bir nechta foydalanuvchilar ma`lumotlarga kirganda ma`lumotlarning mutanosibligini ta'minlash uchun Database Engine komponenti blokirovkalardan foydalanadi. Har bir dastur boshqa bir dastur u hozir foydalanayotgan ma`lumotlarini o`zgartira olmasligini ta'minlash uchun kerakli ma`lumotlarni qulflaydi. Agar boshqa dastur o`zgartirish uchun bloklangan ma`lumotlarga kirishga harakat qilsa, unda tizim xatolikni qaytaradi yoki dasturni qulf ochilguncha kutishga majbur qiladi.

Blokirovka rejimi
Qulflash rejimlari har xil turdagi qulflarni aniqlaydi. Qaysi qulflash rejimini tanlash qulflanishi kerak bo’lgan resurs turiga bog'liq. Qator va sahifa darajasidagi qulflarga quyidagi uchta blokirovka qo`llaniladi:

Yüklə 44,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin