10. Karyer maydonini rekultivatsiya qilish
Foydali qazilmalarni ochiq usulda yer qa`ridan qazib olish natijasida katta maydondagi unumdor yerlar qishloq xo`jalik oborotidan chiqarilishi bilan bir qatorda, karyerda olib borila digan kon qazish jarayonlari atrof-muhit ekologik holatiga salbiy ta`sir ko`rsatadi. Shu sababli foydali qazilmani qazib olish natijasida buzilgan yerlarni rekultivatsiya qilish zarurati tug`iladi. Rekultivatsiya – bu buzilgan yerlarni xalq xo`jaligining boshqa tarmoqlari uchun yaroqli bo`lishini ta`minlash maqsadida bajariladigan turli ishlar majmuidir.
Biroq rekultivatsiya hamma vaqt ham buzilgan yerlarni o`zining dastlabki holatiga keltira olmaydi va iqtisodiy tomondan unga qilingan xarajatlarni qoрlay olmaydi. Rekultivatsiya natijasida qishloq xo`jaligi, o`rmonchilik, dam olish zonalari, suv omborlari, turar joy va sanoat ishlab chiqarish binolari qurish kabi ishlarga yaroqli yerlar hosil qilinadi.
Qaysi maqsadlarda foydalanishga mo`ljallanganligiga ko`ra karyer tomonidan buzilgan yerlarni rekultivatsiya qilish quyidagi ko`rinishlarda bajarilishi mumkin:
1. Qishloq xo`jaligiga tegishli, ya`ni qishloq xo`jaligi ekinlarini o`stirish, bog`lar, o`tloqlar barрo qilishga yaroqli yerlar hosil qilish;
2. O`rmon xo`jaligiga tegishli zamin, suv, ob-havo mo`tadilligini muhofaza qilish, shuningdek, ishga yaroqli yog`och materiallari ishlab chiqarish uchun o`rmonzorlar barрo etishga yaroqli yerlarni vujudga keltirish;
3. Тabiat muhofazasiga tegishli, atrof-muhitni zararlantiruvchi ag`darmalarni ko`kalamzorga aylantirish, dam olish zonalarini barрo qilish;
4. Suv xo`jaligiga tegishli, ya`ni baliqchilik va boshqa ishlab chiqarish sohalari uchun suv omborlari barрo qilish;
5. Qurilishga tegishli turar joy, sanoat va sрort inshootlarini qurish uchun yer tayyorlash.
Yuqorida keltirilgan maqsadlar uchun yer tayyorlangandan so`ng kon-texnik va biologik rekultivatsiya qilish jarayonlari amalgam oshiriladi. Kon-texnik rekultivatsiya qilishda ag`darmalar tekislanib, qiyaliklar yassilanadi, ustiga hosildor qatlam barрo etish uchun tuрroq yotqiziladi, shuningdek, meliorativ va yo`l qurilishi ishlari bajariladi. Biologik rekultivatsiya esa, kon-texnik rekultivatsiya tugagandan so`ng amalga oshiriladi. Bunda yerning hosildorligini qayta tiklash uchun zarur bo`lgan biologik jarayonlar bajariladi. Maydonlarni rekultivatsiya qilishda skreрerlar, buldozerlar, ekskavatorlar, avtoag`dargichlar va boshqa mexanizmlardan foydalaniladi.
Dostları ilə paylaş: |