Fozil odamlar shahri Reja: 1.Forobiy hayoti va ijodi 2."Fozil odamlar shaxri" asarida inson fazilatlarini o'rganish 3.Fozil odamlar shaxri asarining tarbiyaviy ahamiyati.
Al Farobiy Abu Nasr ibn Muhammad — faylasuf, entsiklopediyachi-olim, astronom, matematik, o‘rta asrlar Sharq mediki, sharq arastuchilarining asosiy vakillaridan biri bo‘lgan. Ikkinchi ustoz (Arastudan keyin) nomiga ega bo‘lgan. Asosiy asarlari: “Donishmandlik gemmalari”, “Himmatli shahar aholisining nuqtai nazari haqida risola”, Ilmlar tasnifi risolasi, “Katta musiqa kitobi”.
Al Farobiy 870 yil (boshqa ma’lumotlarga ko‘ra 872 yil) Sirdaryodagi Aris daryosi chuqurligida joylashgan (zamonaviy Qozog‘iston chegarasi) Vosij shahrining Faroba tumani atrofida dunyoga kelgan. U imtiyozli tabaqaga tegishli turkiylar oilasidan. To‘liq ismi Abu-Nasr Muhammad Ibn Muhammad Ibn Tarxon Ibn Uzlag‘ al-Farobiy at-Turkiy.
Dunyoni bilishga intilib, al Farobiy ona yerini tark etadi. Bir ma’lumotga ko‘ra, u o‘spirinlik davrida, boshqa ma’lumotlarga ko‘ra qirq yoshlarida ketgan. Al Farobiy Bog‘dod, Xorrun, Qoxira, Damashq, Aleppo va Arab xalifatining boshqa shaharlarida bo‘lgan.
"
Butun Sharqu-G'arb olamiga "Al-muallim-as-soniy", "Sharq Arastusi" degan nomlar bilan mashhur alloma Abu Nasr Farobiyning “Fozil odamlar shahri” deb nomlangan asari sharq ilmida, ma'naviyatida yangi sahifa ochdi, Farobiyni O'rta asrning buyuk mutafakkiri nomiga sazovor qildi.
Asarda jamiyatning (insonlar jamoasi) kelib chiqishi, adolatli jamiyatga erishish yo‘llari, fozil shahar hokimi va aholisining fazilatlari, davlat hokimiyati va boshqaruvchi kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish kabi masalalar bayon etilgan. Bundan ming yilcha muqaddam yaratilganiga qaramasdan, bugungi o’quvchi ham bu asardan hozirgi hayotning murakkab muammolarini hal qilishda asqotadigan muhim fikr va yo’l-yo’riqlarni topa oladi.
Sharq Uygʼonish davrining buyuk mutafakkiri Аbu Nasr Forobiy asarlarida oqilona davlat tuzimi, insoniyat jamiyati haqidagi nodir va dono fikrlarga duch kelamiz. IX-X asrlarda yashab, ijod etgan “Аrastu falsafasi”, “Fozil odamlar shahri”, “Ilmlarning kelib chiqishi toʼgʼrisida” asarlaridan namunalar kiritilgan. Kitob faylasuflarga, tarixchilarga, adiblarga va shu soha bilan qiziquvchi oʼquvchilarga moʼljallangan.
Forobiy yoshlarda taʼlim-tarbiya taʼsirida ijobiy xislatlar va insoniy fazilatlarning shakllanishi haqida soʻz yuritib: “Har bir inson boshdan komil emas, ammo tugʻma ravishda oʻziga xos boʻlgan ichki shuur ila bosqichma-bosqich komillikka jiddu jahd bilan intiladi”, deydi va bu jarayonda ularga oʻzlari qiziqqan kasb-hunarni oʻrgatish lozimligini, agar oʻzlarida biror kasbga intilish yo istak boʻlmasa, majburiy tarzda taʼlim berish kerakligini aytadi. Yaʼni, taʼlim-tarbiya borasida ikki yoʻl: ixtiyoriylik va majburiylikni qoʻllash toʻgʻrisida oʻz tavsiyalarini ilgari suradi.
Ixtiyoriy holatda taʼlim-tarbiya berishda “qanoatbaxsh, chorlovchi, ilhomlantiruvchi soʻzlar yordamida odat hosil qilinadi, malaka vujudga keltiriladi, odamdagi gʻayrat, qasd-intilish harakatga aylantiriladi”, deb intiluvchan talabani uning orzu-istaklarini roʻyobga chiqarish uchun ilm va hunar tomon yetaklash va bunda bor imkoniyatlardan foydalanish zarurligini uqtiradi
“Fozil odamlar shahri” asaridan faqat allomaning taʼlimga oid qarashlari haqida soʻz yuritdik. Albatta, bu kitobning hikmatlari bisyor. Buni mazkur asar zamonlar osha oʻzining qiymati va dolzarbligini yoʻqotmay kelayotganidan ham anglab yetish mumkin. Allomaning bu kitobi qanchalik koʻp mutolaa qilinsa, oʻzidagi sir va hikmatlarni shunchalik koʻp namoyon qilaverishi shubhasizdir. Jumladan, bu asar yoshlarimizning axloqiy tarbiyasida, ayniqsa, oʻzligini anglashida ular tayanadigan bebaho manbalardan biri boʻlib xizmat qiladi.
Biz yashayotgan zamin qadim-qadimdan madaniyat va ziyo maskani bo`lib, xalqimiz boy madaniy merosga, yuksak qadriyatlarga ega xalqdir. Buyuk bobomiz Amir Temur, jahonga mashhur mutafakkirlarimiz Muhammad Muso al-Xorazmiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Abu Nasr Forobiy, Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al- Buxoriy, аl-Marg‘inoniy, Ahmad Yassaviy, Najmiddin Kubro, Abduxoliq G‘ijduvoniy, Bahovuddin Naqshband, Ahmad alFarg‘oniy, Muhammad Tarag‘ay Ulug‘bek, Zahiriddin Muhammad Bobur, Pahlavon Mahmud va yurtimizda yashab ijod etgan boshqa ko`plab siymolar jahon fani, madaniyati va sivilizatsiyasiga ulkan hissa qo`shganlar. Shu sababli mamlakatimiz Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev o`z nutqlarida doimo xalqimiz boy madaniy merosini izchillik bilan o`rganishga, undan yoshlar ma‘naviyatini shakllantirish va rivojlantirishda foydalanishga da‘vat etib kelmoqdalar. ―Yoshlarimizning mustaqil fikrlaydigan, yuksak intellektual va ma‘naviy salohiyatga ega bo`lib, dunyo miqyosida o`z tengdoshlariga hech qaysi sohada bo`sh kelmaydigan insonlar bo`lib kamol topishi, baxtli bo`lishi uchun ajdodlarimizning madaniy-ma‘naviy boyligini chuqur va har tomonlama o`rganishimiz darkor‖ [1]. Jamiyatimizga har tomonlama barkamol, mustaqillik ma‘naviyatiga ega bo`lgan insonlar zarur. Zero, «zaminimizda yashab o`tgan buyuk allomalarimiz, mutafakkir bobolarimizning ibratli hayoti va faoliyati, bemisl ilmiy-ijodiy kashfiyotlari bugun ham jahon ahlini hayratga solayotganini g‘urur bilan ta‘kidlash lozim»[2]. Ma‘naviy boyliklarni yaratgan buyuk siymolar merosini o`rganish va o`zlashtirish, u bo`yicha keng ta`lim-tarbiyaviy, ilmiy-tadqiqot va o`quv-uslubiy ishlarni olib borishni talab etadi. Ular mustaqillik sharoitida yosh avlodni milliy madaniy boyliklarni yaxshi bilgan, milliy g‘urur, vatanparvarlik hissi bilan yo`g‘rilgan, dunyo madaniy rivojlanish darajasidan xabardor bo`lib yetishuvida yetakchi omil bo`lib хizmat qiladi. Markaziy Osiyo hududida butun musulmon dunyosiga o`zlarining asarlari bilan tanilgan, mintaqa, xususan o`zbek faniga asos solgan, ajdodlarimizning ilmiy yutuqlarini xotirada saqlab, jahon ilmiy tafakkurini oldingi qatoriga olib chiqqan buyuk allomalar yetishib chiqqan. Ular olib borgan tadqiqotlar, ularning amalga oshirgan kashfiyotlari jahon, umuminsoniyat fani va madaniyatining oltin xazinasini tashkil etadi[3]. Shunday ulug‘ allomalardan biri Abu Nasr Forobiy (873-950 yillar)dir. O`rta asrning bir qancha ilmiy yutuqlari, umuman, Yaqin va O`rta Sharq mamlakatlaridagi taraqqiyparvar ijtimoiyfalsafiy tafakkur taraqqiyoti uning nomi bilan bog‘liq. U hayotlik vaqtidayoq «Ikkinchi Aristotel», «Sharq Aristoteli», «Muallimin as-soniy» («Birinchi muallim», birinchi ustoz Aristotel bo`lgan) degan faxriy nom olgan edi. Bu uning ilmi va xizmatlariga berilgan yuksak bahodir[5]. Forobiy asarlari Sharq va G‘arb olimlarini haligacha bilim doirasining kengligi bilan hayratga solib kelmoqda. U fanning turli sohalari bo`yicha 160 dan ortiq asar yozgan, lekin ko`plari bizgacha yetib kelmagan. Uning «Fozil odamlar shahri», «Baxt saodatga erishuv yo`llari haqida risola», «Davlat arbobining hikmatlari» kabi asarlarida O`rta Sharqda birinchi bo`lib, jamiyatning kelib chiqishi, maqsad va vazifalari haqida ta‘limot yaratgan. Bu ta‘limotda ijtimoiy hayotning ko`p masalalari – davlatga birlashish xususiyatlari, davlatni boshqarish, davlatning vazifalari, insonning jamiyatdagi o`rni va burchi, umumiy baxt-saodatga erishish yo`llari, ta`limtarbiya, axloq, ma`rifat, diniy e`tiqod, urush va tinchlik, mehnat va boshqalar qamrab olingan. Suningdek, shaxsning rivojlanish muammolarini bayon qiladi. Forobiy asarlari orasida «Fozil odamlar shahri» asari alohida ahamiyatga ega. Unda jamiyatning (insonlar jamoasi) kelib chiqishi, adolatli jamiyatga erishish yo`llari, fozil shahar hokimi va aholisining fazilatlari, davlat hokimiyati va boshqaruvchi kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo`yish kabi masalalar bayon etilgan. Bundan ming yilcha muqaddam yaratilganiga qaramasdan, bugungi o`quvchi hozirgi hayotning ko`proq yomonlashadi va oxiri mayib-majruh bo`lib qoladi. Shu tufayli ular o`zlariga yoqadigan yomon ishlardan huzur-halovat oladilar», - deydi Forobiy[7]. Mutaffakkirning ta‘kidlashicha, johillar nodon, ilmsiz, ma‘naviyatsiz, ma'rifatsiz kimsalar, shuning uchun ular baxt-saodat, yuksak kamolot nimaligini tushunmaydi, ular haqida hech qanday tasavvurga ega emaslar, shu sababdan ular bunga intilmaydilar ham. «Ular, - deydi Forobiy, - baxtu-davlat bo`lib ko`rinadigan o`tkinchi, yuzaki narsalarni, mol-dunyoni, jismoniy lazzatni, hirsu-havasni, obro`, amal, shon-shuhratni haqiqiy baxt, farovonlik deb o`ylaydilar. Shu ne‘matlardan har biri jaholatdagi odamlar nazarida hayotdan maqsad, baxt-saodat bo`lib ko`rinadi». Forobiy ma‘naviy-axloqiy, jihatdan nosog‘lom, har qanday pastkashlik yo`li bilan o`z maqsadiga erishuvchi bunday odamlarga nisbatan salbiy munosabatda bo`ldi. Donishmandning fikricha, agar bu illatlarning oldi olinmasa, ular yildan-yilga, avloddan-avlodga o`tib, yanada chuqur ildiz otadi. Natijada johil ota-onalardan noqobil murakkab muammolarini hal qilishda asqotadigan muhim fikr va yo`l-yo`riqlarini topa oladi[6]. Forobiy inson boshqa jonzotlardan sifat jihatidan tubdan farq qiladi, deb ko`rsatadi. Birinchidan, deydi u inson aqlli mavjudot bo`lib, aql va jon insonning tabiiy ibtidosidir. Ikkinchidan, insonning tili va nutqi bor. Uchinchidan, inson kasb-hunarga ega. Bir-biri bilan bog‘liq bo`lgan bu barcha xususiyatlar insonning rivojlanishi va takomillashuviga imkon beradi. Forobiy inson kamolotida ta‘lim-tarbiyaning muhimligini ta‘kidlab: ―Munosib inson bo`lish uchun odamda ikki imkoniyat, ta‘lim va tarbiya olish imkoniyati bor. Ta‘lim olish orqali nazariy kamolotga erishiladi, tarbiya esa bu kishilar bilan muloqotda axloqiy qadr-qimmatni va amaliy faoliyatni yaratishga olib boradigan yo`ldir‖, deydi. Forobiy ta‘lim, tarbiyaga birinchi marta ta‘rif berib,ta‘lim - degan so`z insonga o`qitish, tushuntirish asosida nazariy bilim berish, tarbiya - nazariy fazilatlarni, mas‘ul hunarni egallash uchun zarur bo`lgan xulq normalarini va amaliy malakalarni o`rgatishdir,- deydi olim. Ta‘lim faqat so`z va o`rgatish bilangina bo`ladi. Tarbiya esa amaliy ish, tajriba orqali o`rganishdir. Shuningdek, buyuk insonshunos olim Abu Nasr Forobiy «fozil», ya‘ni adolatli jamiyat bilan birga «johil» insonlar va jaholatdagi jamiyatlar haqida qimmatli fikrlarni bildirgan. U johil jamiyatning juda ko`p turlarini sanab, axloqiy sifat va fazilatlardan mahrum bo`lgan o`z hayoti va faoliyati davomida ularga rioya qilmaydigan kishilar jamoasini johillar jamoasi deb ataydi. Bunday jamoa a`zolari yaramas axloqli, xulq-atvorli kishilardir. «Fazilatsiz shahar odamlari yomon fe`llari, tabiati tufayli ko`ngillari, ruhlari ham yomonlashib boraveradi. Mabodo, ular ana shu yomon ishlarida izchil sa‘y-harakat, tobora kuch-g‘ayrat ko`rsatsa, ularning ruhlari yanada bolalar dunyoga keladi, bu esa jamiyat va davlatning kelajagini xavf ostida qoldiradi. «Ammo, - deydi alloma, - jaholat, yovuzlik, haqsizlik, abadiy hodisalar emas, bu illatlarga albatta barham beriladi. Jamiyatda ezgulik, hamkorlik, hamjihatlik, do`stlik, adolat albatta tantana qiladi, shunday zamonlar keladiki, insoniyat albatta yuksak kamolotga oliy baxt-saodatga erishadi»[7]. Forobiy insonni baxt-saodatli qilish jamiyatning asosiy maqsadi ekanligini ta‘kidlaydi va bunga barcha vositalar bilan erishish zarur, bu baxt-saodat insonlar jamoasida amalga oshirilishi mumkin, deb ko`rsatadi. Forobiyning fikricha, insonning taqdiri avvaldan belgilangan emas, har bir shaxs o`z ixtiyori bilan faoliyat ko`rsatib, o`z baxtini o`zi yaratadi, taqdirini o`zi hal etadi. Alloma butun jahon miqiyosida urushsiz tinchlikka, adolatga, o`zaro hurmat va yordamga, hamjihatlikka asoslangan, har tomonlama yetuk, barcha aholini baxt-saodatga, ilm-ma‘rifatga olib boruvchi yagona ideal insoniyat jamoasining barpo etilishini orzu qiladi, barcha insonlarni o`zaro hamkorlikka chaqiradi. Forobiy jamiyat (insonlar jamoasi)ning kelib chiqish sabablarini odamlarning jamoa bo`lib yashash ehtiyojlaridan izlagan. «Har bir inson tabiatan shunday tuzilganki, u yashash va oliy darajadagi yetuklikka erishmoq uchun ko`p narsalarga muhtoj bo`ladi, u bir o`zi bunday narsalarni qo`lga kirita olmaydi, ularga ega bo`lish uchun insonlar jamoasiga ehtiyoj tug‘iladi... Bunday jamoa a‘zolarining faoliyati bir butun holda ularning har biriga yashash va yetuklikka erishuv uchun zarur bo`lgan narsalarni yetkazib beradi. Shuning uchun inson shaxslari ko`paydilar va yerning aholi yashaydigan qismiga o`rnashdilar, natijada inson jamoasi vujudga keldi»[7]. Forobiy insonlarning eng takomillashgan jamoasi deb shahar jamoasini ko`rsatadi va uni fazilatli hamda fazilatsiz shahar jamoasiga ajratadi. Razolat va badbaxtlik, obro`parast, amalparast, hokimiyatparastlar shaharlari haqida to`xtalib o`tadi. Fazilatli shahar odamlari o`zaro birlikda, totuvlikda, ittifoqda yashaydilar, bir-birlariga yordam beradilar, deb hisoblaydi. Forobiy demokratik boshqaruv shaklini yetuk boshqaruv shakli, bunday boshqaruvga asoslangan shaharlarni esa yetuk fozil shahar deb bilmaydi, balki, yomonlikni targ‘ib qiluvchi shaharlardan farq qilib, fozil shaharlarga erishuv yo`lidagi muhim bosqich deb tushunadi. Forobiy o`zining ideal jamoasida odamlarni turli belgilariga qarab guruhlarga bo`ladi. Bunda ularning diniy mazhabiga emas, balki tabiiy xususiyatlariga, qobiliyatlariga, avvalo, aqliy iqtidoriga hamda ilmlarni o`rganish va hayotiy tajriba to`plash jarayonida orttirgan bilim va ko`nikmalariga katta ahamiyat beradi. Bu jamoada insonlar ilm va yaxshi axloq yordamida baxt-saodatga erishadi. Forobiy davlatni boshqarishning turli shakllari haqida fikr yuritib, davlatni yetuk shaxs (monarxiya), yetuk xislatlarga ega bo`lgan bir necha shaxslar (aristokratiya) va saylangan shaxslar (demokratiya) boshqarishi mumkin, deb ko`rsatgan. Forobiyning jamiyatni boshqarish haqida fikr yuritib, jamiyatni boshqarish alohida san‘at, deb hisoblaydi. Axloq va faoliyatda izchil, bir normada, ya‘ni bir me‘yorda ish olib boruvchi kishi jamiyat va mulkda faol ishtirok etadi. Faoliyatda topish san‘ati rahbarlik qilish san‘atidir. Allomaning fikricha, davlat rahbari shunday san‘atga ega bo`lishi kerakki, u biron narsaga xizmat qilish vositasi ham boshqa san‘at tomonidan boshqarilish obyekti ham bo`lishi mumkin emas. Hokimlik san‘atiga boshqa barcha san‘atlar bo`ysunadi. Bunday san`atga ega insonni boshqa hech kim boshqarmaydi, u komillikka erishgan hamda amaldagi aql va tushunchaga aylangan. Bunday inson yuksak darajadagi komillikka erishgan bo`lishi va saodatning cho`qqisida bo`lishi kerak. Unga baxtga erishishga yordam beradigan har qanday harakat ma‘lum. U o`z bilimini so`zlar orqali yaqqol ifodalashni va odamlarni eng yaxshi usullar bilan baxtga yo`naltirishni bilishi kerak. Bunday xislatlarga esa komil faylasuflargina ega. Baxt-saodatga erishuv va tug‘ma qobiliyatlarning rivojlanishi o`z-o`zicha bo`lavermaydi, balki bu masalada qandaydir bir muallim yoki rahbarga muhtojlik tug‘iladi. Boshqalarga rahbarlik qilish, ularni baxt-saodatga erishuv darajasiga ko`tarish ham har kimning qo`lidan kelavermaydi. Kimda birovni baxt-saodatga erishtirish, zarur bo`lgan ish harakatga ruhlantira olish qobiliyati bo`lmasa va bu ish-harakatni bajara olishga qudratsiz bo`lsa, bunday odam aslo rahbar bo`la olmaydi. Fozil jamiyat hokimi, alloma fikricha, qator tug‘ma tabiiy xislatlarga ega bo`lishi lozim: tabiatan nozik, farosatli bo`lishi; komil a`zolarga ega bo`lishi; yaxshi xotiraga ega bo`lishi, ko`rgan, eshitgan va idrok etgan narsalarining tafsilotlari bilan yodda tutishi; o`tkir zehnli, zukko bo`lishi; ifodali nutqqa ega bo`lishi; ta‘lim olishga, bilim va ma‘rifatga havasli bo`lish, o`qish va o`rganishda sira charchamaydigan, mashaqqatidan qochmaydigan bo`lishi; badnafslik, ichkilik va shahvoniy hislardan o`zini tiya oladigan bo`lishi; haqiqatni va uning uchun kurashuvchilarni yaxshi ko`rish, yolg‘ondan va yolg‘onchilardan nafratlanishi; o`z qadrini biluvchi va or-nomusli odam bo`lishi, tug‘ma oliy himmat bo`lish va ulug‘ ishlarga intilishi; mol-dunyo ketidan quvmaydigan bo`lish; tabiatan adolatparvar bo`lishi; zarur beb bilgan harakatni amalga oshirishda qat‘iyatli, sabotli, jur‘atli, jasur, mard bo`lishi, qo`rqoqlik va hadiksirashlarga yo`l qo`ymasligi lozim[7]. Forobiy bir hokimning o`rniga keladigan boshqa shaxsning ham yuqorida keltirilgan fazilatlarga ega bo`lishi zarurligini shu bilan birga, o`zidan avvalgi hokimning yaxshi ishlarini davom ettirishi, jamiyatning barqarorligi va qonunlarning vorisliligini ta‘minlash uchun bo`lg‘usi rahbarda quyidagi olti xislatni tarbiyalash kerakligini ta‘kidlaydi. Birinchidan, donishmand bo`lish; ikkinchidan, avvalgi hokimlar o`rnatgan qonun-qoidalarni va odatlarni biluvchi va yodda tutuvchi bo`lish; uchinchidan, ajdodlardan tegishli qonun saqlanib qolmagan sohada bunday qonunni o`ylab topish uchun ijod va ishtirokchilikni namoyon etish; to`rtinchidan, mavjud voqelikni tez payqab olish va kelgusida yuz beradigan, avvalgi hokimlar ko`zda tutmagan voqealarni oldindan ko`ra bilish uchun bashoratgo`ylik xislatiga ega bo`lish; beshinchidan, avvalgi hokimlar o`rnatgan qonunlarga, shuningdek avvalgilaridan ibrat olib, o`zi chiqargan qonunlarga xalq amal qilishi uchun notiqlik xislatiga ega bo`lish; oltinchidan, zarur hollarda lashkarga qo`mondonlik qilish uchun jismonan baquvvat bo`lish va harbiy san‘atni yaxshi bilish. Boshqaruvga faqat mulkdorlar vakillarini tayinlash tarafdori bo`lgan Aflotundan farqli o`laroq Forobiy mazkur talablarga javob beradigan har qanday shaxs hokim bo`lishi mumkin deb hisoblaydi. Fazilatli shahar boshliqlari to`rt toifaga bo`linadi, deb ta‘kidlaydi alloma, ularning birinchi toifasiga haqiqat yo`lida ish olib boruvchi podsho kiradi. U birinchi rais, ya‘ni boshliq deb atalib, uning oltita xislati bor: donolik, o`ta mulohazalilik, ishontirish qobiliyatiga, jismoniy jihatdan jang qila olish qobiliyatiga egalik hamda tana tuzilishi jihatidan jangchiga xos bo`lishi, ya‘ni tanasida biron bir kamchiligi bo`lmasligi kerak. Ana shunday xislatlarni o`zida jamlagan shaxs o`z faoliyatida, so`zini o`tkazishda, buyruqlarni bajartirishda, ish yuritishda mohir bo`ladi. Forobiy ushbu xislatlarning bir odamda birlashishi qiyin ekanligiga, shu sababli bunday kishilar juda kamdan-kam uchrashiga ishonadi. Shu boisdan u ikkinchi rahbarga qo`yiladigan shartlarni dastlab oltitagacha, so`ngra esa bittaga kamaytiradi. Ammo, bunda har biri belgilangan normalardan biriga javob beradigan oltita rahbar bo`lishi shart qilib qo`yadi. Agar shunday kishi topilmasa, - deb yozadi Forobiy, - yuqoridagi xislatlarni o`zida jamlagan bir guruh ham podshoning o`rnini bosishlari mumkin. Ya‘ni biri bu guruhning g‘oyalarini ilgari suradi, ikkinchisi bu g‘oyalarni qanday qilib amalga oshirish yo`llarini ko`rsatib beradi, ya‘ni biri ishontiradi va tushuntiradi. Oxirgisi esa lashkarboshilik qiladi, shunday qilib, bularning hammasi yig‘ilib, podsholik rolini o`taydilar va ahil boshliqlar deb nomlanadilar va ular tashkil etgan hay‗at, fozillar hay‘ati deb ataladi. Agar bunday kishilar bo`lmasa, bu vaqtda shahar boshlig‘i, sharoit va sunnalarni yaxshi biladigan, har qanday sharoitda ahvolni tushuna oladigan, o`qigan payti kelganda sunnada yozilmagan narsalarni ham topib qo`llay biladigan, yaxshi fikrli shaharni tashkil qiladigan ustaroq bo`lgan, notiqlik qobiliyati bor jangchi ham boshliq bo`lsa bo`ladi. Bunday boshliq tajribali boshqaruvchi deb nom oladi. Agar bunday kishi ham topilmasa, uning o`rnini yuqoridagi xislatlarga ega bir guruh shaxslar ham bajarishi mumkin. Bu jamoa tajribali kishilar deb nomlanadi. Forobiy kasb-hunar egalarining, savdogar va tijoratchilarni, o`z kasbi va faoliyatini chin dildan halol bajaradigan insonlarni va ularning o`zaro munosabatlarini sharaflaydi hamda ularni jamiyatni mustahkamlaydigan toifa deb hisoblaydi. Bu bilan Forobiy jamiyat qanday bo`lsa, odamlarning ham shunday turini tarbiyalaydi, aksincha odamlar qanday bo`lsalar jamiyatning ham shunday turini yaratadilar, demoqchi. Albatta, Forobiy ijtimoiy turmushdagi barcha voqea va hodisalarga o`z davri sharoitidan, feodal tuzum mohiyatidan kelib chiqib baho bergan, shu sababli oʻsha davr jamiyatlarini oʻz maqsad va vazifasiga,tutgan yo`liga qarab axloqsizlar jamoasi, bosqinchilar jamoasi, jabr-zulmga asoslangan jamoa, boylik to`plashni, kayfu-safoni maqsad qilib olgan jamiyatlarga ajratgan. Ming afsuski, bunday salbiy illatlar bizning davrimizda ham uchraydi. Shu bois, deydi alloma, ta‘limtarbiya yo`li bilan bunday salbiy illatlarni va kishilardagi jirkanch fe‘l-atvorlarni tuzatish mumkin. Uning uqtirishicha, rahbarlar mansabdan o`z shaxsiy manfaatini ta‘minlash, iflos mayllarini qondirish, mol-dunyo to`plash, nafs balosiga erk berish, o`zgalarni o`ziga bo`ysundirish, xalqni ezish, aldash, haqoratlash, unga har qanday yo`llar bilan zulm o`tkazish vositasi sifatida emas, balki barcha fuqarolarini teng huquqliligini kafolatlash, adolatni qaror toptirish, xalqni erkin va ozod, tinch va osoyishta hayot kechirishni ta‘minlash vositasi sifatida foydalanishi lozim. Ba‘zi rahbarlar, bir shaharning sohibkori, shahar xalqi hayotiga tegishli ishlarda tadbirkor bo`ladilar. Ular bu yo`l-yo`riq, normalarni o`tmishda kechgan boshliqlardan o`rgandilar, lekin shu bilan birga, rahbar kelajak uchun o`tmishdagi rasm-rusm, yo`l-yo`riq normalarni isloh qilishi lozim va foydali topsa, turmush sharoiti taqozosiga qarab, ularni o`zgartiradi. Shuningdek, yomon odatlarni o`zida ifodalovchi o`tmishni ham o`zgartirmog‘i kerak. Buyuk donishmandning ushbu so`zlari xuddi bugungi kun haqida aytilgandek. ―Oldimizda mustaqil buyuk davlat qurishdek murakkab va sharafli vazifa turgan bir paytda bu ma‘naviy qadriyatlarning ahamiyati ming karra ortadi. Nega deganda har qanday ulug‘ maqsadlarga yetishish, yangi jamiyat, farovon turmush qurish, inson zotiga munosib go`zal hayot barpo etish, avvalo shu jamiyat a‘zolari bo`lgan komil odamlarga, kelajak barkamol avlodga bog‘liqdir Zero, mamlakatimizda kechayotgan islohotlarning bosqichma-bosqich amalga oshirilayotgani o`tmish merosimizdagi barcha ilg‘or qadriyatlar, axloqiy normalar, huquqiy tamoyillarni o`ziga singdirib, eski, o`z umrini yashab bo`lgan, bugungi kun talablariga aslo javob bermaydigan jihatlardan esa qat‘iyan voz kechayotgan davlatimiz siyosatining aynan Forobiy, Amir Temur kabi donishmand ajdodlarimiz tafakkuri, erishgan yutuqlari davlat siyosatidan tobora mustahkam oʻrin olayotganidan dalolat bermoqda. Hokimning qiladigan ishidan maqsadi shu bo`lishi kerakki, deb yozadi Forobiy, u xalqqa ham, o`ziga ham foyda keltirsin, bu rahbar mehnatining g‘oyasi va mazmunidir. Agar jamiyat rahbari xalq baxtining sababchisi bo`lsa, u o`z xalqi orasidagi eng baxtli kishi bo`lishi kerak.