Fransiyada markazlashgan davlatning tashkil topishi



Yüklə 87,47 Kb.
səhifə18/19
tarix20.11.2023
ölçüsü87,47 Kb.
#166097
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Fransiyada markazlashgan davlatning tashkil topishi (1)

Xitoy XV asrda. Mamlakatda yirik zamindorlar hokimiyati mustahkamlanishi bilan mo‘g‘ullar bosqini asoratlarini tugatish uchun dehqonlar, hunarmandlar va savdogarlarga berilgan imtiyoz hamda
yengilliklar bekor qilinadi. Dehqonlarga bo‘lib berilgan davlat yerlari tortib olinib, hunarmand va savdogarlardan olinadigan soliqlar ko‘paytiriladi.
XV asrning boshlaridan Min sulolasining Amir Temur saltanati bilan munosabatlari buziladi. Faqat Amir Temurning qo‘qqisdan vafot etishi Xitoyga qarshi yurishning amalga oshmasligiga sabab bo‘ladi, bu esa Xitoyga 1406-yilda Vyetnamni, keyinchalik Mo‘g‘ulistonni istilo qilishiga yo‘l ochadi.
Mamlakatning iqtisodiy yuksalishi Chjan Xe boshchiligidagi harbiy dengiz floti faoliyatida namoyon bo‘ladi. Tarkibida 62 ta kema, 30 ming jangchisi bo‘lgan harbiy ekspeditsiya 1405–1433-yillarda Zond arxipelagi, Shri Lanka va Hindistonga 7 marta yurishlar tashkil qiladi. Uning kemalari Ormuz (Fors) ko‘rfazi va Sharqiy Afrika sohillariga qadar suzib borgan. Musulmon bo‘lgan Chjan Xe Makkani ziyorat qilgan. Bu ekspeditsiyalar Xitoyning mavqeini oshirib, tashqi savdoni kengaytirish imkonini bergan. Xitoy imperatorlari 1415–1420-yillarda Samarqandga Ulug‘bek saroyiga ham elchilar yuborgan. Lekin Temuriylar davlati mavqei balandligidan unga Xitoyning tazyiqi ta’sir etmagan.
XV asrning o‘rtalaridan iqtisodiy inqirozning boshlanishi Xitoyning ichki taraqqiyoti va tashqi siyosatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
7-§. HINDISTON
Dehli sultonligining tashkil topishi. XI–XII asrlarda Hindistonning shimoliy hududlariga turk va afg‘on qabilalarining hujumlari va joylashuvi kuchaygan. Musulmonlar bosib olgan viloyatlarda 1206-yilda poytaxti Dehli bo‘lgan sultonlik vujudga keladi. Dehli sultonligining ilk hukmdori Qutbiddin Oyboqning qo‘shini asosini turkiy qabilalardan tuzilgan suvoriylar tashkil qilgan. Sulton viloyatlar noibligiga harbiylar, qo‘shin boshliqlarini tayinlagan.
1206–1526-yillarda Dehli sultonligi faoliyat yuritgan.
Hindistonni istilo qilish davomida mahalliy mulkdorlarning ma’lum qismi yakson qilinsa, boshqalari
yer-mulklarini tashlab ketadilar. Yirik zamindorlarning yana bir qismi esa sulton hokimiyatini tan olib, uning xizmatiga o‘tadilar. Sulton ularning ko‘magida mahalliy aholidan soliqlar yig‘gan, xalqni itoatda tutishda ham zamindorlar yordamiga tayangan. XII–XIII asrlar davomida Dehli sultonligining barcha hududlarida musulmonlar hokimiyati uzil-kesil o‘rnatiladi. Sulton Qutbiddin Oyboqning vafotidan so‘ng taxtga Shamsiddin Eltutmish (1211–1236) keladi. Uning boshqaruvi paytida Panjob, Sind va Bengaliyalar bo‘ysundiriladi.

Yüklə 87,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin