Fransuz materializmi



Yüklə 18,75 Kb.
səhifə3/4
tarix09.02.2023
ölçüsü18,75 Kb.
#83579
1   2   3   4
Fransuz materializmi

Deni Didro (1713-1784) o‘zining «Materiya va harakatning falsafiy tamoyillari», «Tabiatni tushuntirish haqida mulohazalar», «D’Alamberning tushi» asarlarida sub'ektiv idealizmga qarshi chiqadi va muhim ontologik muammolarning o‘ziga xos talqinini taklif qiladi. Uning fikricha, mavjud bo‘lgan hamma narsalar moddiydir. Didro, dunyo uzluksiz paydo bo‘ladi va o‘ladi, har bir lahzada tug‘ilish va o‘lish holatida bo‘ladi; o‘zga dunyo hyech qachon bo‘lmagan va bo‘lmaydi, deb ta'kidlaydi. Ko‘rib turganimizdek, Didro borliq muammolarini o‘rganish sohasiga dialektikani tatbiq etadi. Uning fikricha, butun materiya his qiladi (bu gilozoizm nuqtai nazari) va «inert hissiylik» va «faol hissiylik»ni farqlaydi. «Faol hissiylik» muayyan tarzda uyushgan materiyadagina namoyon bo‘ladi.
Fransuz materializmi tabiatshunoslikda hukm surgan tabiat «saltanati» - o‘simliklar, hayvonot dunyosi bilan inson o‘rtasidagi tafovutni bartaraf etishga harakat qildi.
Didro, Golbax, Lametri, Gelvetsiy va Kondilyak falsafasida gnoseologiya muammolari ontologik muammolar bilan bir qatorda turadi. Insonning ichki va tashqi dunyosi bilimlar manbai deb e'lon qilinadi. Bu dunyolarni anglab yetish mumkin. Inson bilimlarining nomukammalligi avvalo ular rivojlanishining mazkur bosqichi bilan belgilanadi. Fransuz materialistlari hissiy va aqliy omillarning bilishdagi rolini shunda ko‘radilarki, sezgilar guvohlik ko‘rsatkichini bersa, aql bu ko‘rsatkichlarning to‘g‘riligini tekshiruvchi hakam vazifasini bajaradi. Aql hissiy ko‘rsatkichlardan uzoqlashishi mumkin emas, lekin u mazkur ko‘rsatkichlarga haddan tashqari ishonishi ham yaramaydi. Aqlning sezgidan ajralishi bilishni amalga oshirib bo‘lmaydigan ishga aylantiradi. Kuzatish va eksperiment bilish metodlaridir. Ular mushohada qilish, mulohaza yuritish, tushunish va idrok etish, shuningdek aql uchun juda zarur.
Eten Bonno de Kondilyak (1714-1780) ishlab chiqqan bilish nazariyasi falsafa tarixida ayniqsa muhim rol o‘ynadi. U o‘zining «Inson bilimlarining kelib chiqishi haqida tajriba», «Sezgilar haqida risola», «Tizimlar haqida risola», «Hayvonlar haqida risola» deb nomlangan asarlarida Lokkni sensualizm va empirizm tamoyilini amalga tatbiq etishda noizchillikda ayblab, bilishning sensualistik nazariyasini asoslashga harakat qiladi. Kondilyak fikriga ko‘ra, inson dunyoga kelganda, u nafaqat hyech narsani bilmaydi, balki sezish qobiliyatiga ham ega bo‘lmaydi. Bularning barchasini u tajriba orqali o‘zlashtiradi. Kondilyak sezgi azaldan biron-bir mazmunga ega emas, lekin u lazzatlanish va azob-uqubatni aks ettirishga qodir, shu bois, u yoqimli va ko‘ngilsiz bo‘ladi va xotirada saqlanib qoladi, deb hisoblaydi.
Hissiyotdan mavxum fikrlashga o‘tish, Kondilyak fikriga ko‘ra, uzluksiz jarayon sifatida yuz beradi: mayl, xotira izidan taqqoslash va mulohaza yuritish keladi. Kondilyak g‘oyalarga borliqqa bog‘liq bo‘lmagan holda mavjudlik xossasini yuklashga bo‘lgan har qanday urinishlarga qarshi chiqadi. Borliqni u g‘oyalardan qat'iy nazar mavjud bo‘lgan hodisalar sifatida tasavvur qiladi.

Yüklə 18,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin