Konsolsiz, bo'ylama-frezalash va uzluksiz harakatdagi frezalash stanoklari Konsolsiz vertikal-frezalash (yoki krest stolli vertikal-frezalash) stanoklari yirik zagotovkalarni katta kesimli qirindi olib ishlov berish-da foydalaniladi. Konsolsiz stanoklar katta quvvatga, shpindelning yuqori chastotalarda aylanishi va stolning katta miqdordagi surishlariga ega. Shpindel babkasi staninaning yo'naltiruvchilari bo'yicha vertikal yo'nalishda harakatlantiriladi. Ba'zi stanoklarda shpindelning o'qi burchak ostida o'rnatilishi mumkin. Stol gorizontal tekislikda ikki o'zaro perependikularyo'nalishda harakatlanadi. Stolning kengligi 630, 800 va 1000 mm. 6A59 model!i vertikal-frezalash stanogida har xil frezalash ishlaridan tashqari frezalash kallagining vertikal surilishi yordamida oddiy parmalash va teshik kengaytirish ishlarini ham bajarish mumkin.
Bo'ylama-frezalash stanoklari stolining kengligi #=320-5000 mm, uzunligi L=1000-12500 mm gacha yetadi . Stanoklarning modellari 6682, A662B, A662. Uzluksiz harakatli frezalash stanoklarida kesishjarayoni ishlanayot-gan zagotovkalarning to'xtovsiz aylanma harakati davomida sodir bo'ladi. Bunday stanoklarga karusel-frezalash va barabanli-frezalash stanoklari mansubdir. Karusel-frezalash stanogi vertikal o'q atrofida aylanib turuvchi stolga ega (12.5-rasm). Zagotovka stolga o'rnatilib sekin aylantirib turiladi. Frezalar frezalash kallagining ikki shpindeliga o'rnatiladi. Birinchi freza xomaki, ikkinchisi tozalab ishlov beradi. Tayyor detallarni bo'shatib olish va yangi zagotovkalarni o'rnatish yuklash pozitsiyasida stanokni to'xtatmay turib bajariladi, buning natijasida yordamchi vaqt keskin qisqarib, ishlov berish unumdorligi ortadi.
Barabanli-frezalash stanoklari bir vaqtning o'zida ikki o'zaro parallel torets tekisliklariga ega bo'lgan detallar (korpus, vallar)ga ishlov berishda qo'llaniladi. Bu stanoklarning o'ziga xos konstruktiv belgisi sifatida diametri 500...2000 mm Ii olti yoqli barabanning bor-ligini ko'rsatish mumkin. Baraban gorizontal o'q atrofida sekin aylan-
tirilib (surish harakati s),uning yassi yoqlariga zagotovkalar o'rnatilib mahkamlanadi. Yuqoridajoylashgan ikki kallak xomaki, pastdajoy-lashgan ikki kallak esa tozalab ishlov beradi. Frezalash chuqurligi shpindel gilzasining o'q bo'ylab siljishi orqali belgilanadi. Tayyor bo'lgan detalni bo'shatib olish va yangi zagotovkani o'rnatib mahkamlash stanokni to'xtatmay turib frezalarga qarama-qarshi tomonda amalga oshiriladi. Baraban va frezalar aylanish chastotalarining zaruriy qiy-matlari almashinuvchi tishli g'ildiraklar yordamida sozlab olinadi.