Frontal qirqim Bo’ylama qirqim


Ko’rinishni o’zida tasvirlangan kesim



Yüklə 22,77 Kb.
səhifə5/6
tarix25.01.2023
ölçüsü22,77 Kb.
#80743
1   2   3   4   5   6
Frontal qirqim Bo’ylama qirqim

Ko’rinishni o’zida tasvirlangan kesim. Bu kesim kesuvchi tekislik o’tgan 
joyiga chiziladi. Ko’rinishni o’zida tasvirlangan kesim konturi ingichka tutash chiziq 
bilan chiziladi. (11.10-shakl, d, e). Kesimni chetga chiqarib chizish afzalroq. Chunki 
chizmani ustida bajarilgan kesim ko’rinishni to’smaydi va chizmani o’qishni 
qiyinlashtirmaydi. Kesim kesuvchi tekisliklarni izini yo’nalishlariga nisbatan simmetrik 
(11.10-shakl, 
б, b, d) yoki nosimmetrik (11.10-shakl, a,г,e) bo’lishi mumkin. Umumiy 
holda kesuvchi tekislikni holati chizmada kesim chizig’i bilan ko’rsatiladi. Buning 
uchun orasi ochilgan boshlanishiga va oxiriga kuzatuvchining nigohi ko’rsatilgan 
strelka qo’yilgan shtrix chiziq qo’llaniladi. Chiziq va strelkalar 11.11-shaklda 
ko’rsatilgan o’lchamlarga muvofiq bajariladi. 
11.11-chizmada 

Bunda S chizmadagi kontur chiziqning qalinligi kesim chizig’ining boshlanishi 


va oxiriga bir xil bosma xarf qo’yiladi. Kesim chizig’iga yoziladigan xarflar berilgan 
chizmadagi o’lcham sonlarini o’lchamiga qaraganda 1-2 marta katta bo’lishi kerak. 
Kesimlarni harf bilan belgilash alfavit tartibida bo’lishi kerak va ular qaytarilishi 
mumkin emas. Kesim ustiga A-A yozuv yoziladi. Quyidagi hollarda kesim chizig’i 
o’tkazilmaydi va kesimga xarfli yozuv yozilmaydi: 
a) Agar kesim chizmaning ustida bajarilgan bo’lsa. (11.10-shakl, d). 
b) Agar tashqariga chiqarilgan kesimning simmetriya o’qi kesuvchi tekislikning 
izini davomi bo’lsin. (11.10-shakl, 
б). 

v) Agar kesim buyum tasvirini uzilgan joyida ko’rsatilgan bo’lsa.(11.10-


shakl,b). 
Buyumning tasvirini uzulgan joyida (11.10-shakl, 
г) yoki tasvirning ustida 
(11.10-shakl, e) bajarilgan nosimmetrik kesim uchun kesim chizig’i strelka bilan 
o’tkaziladi, lekin harf bilan belgilanmaydi. Bundan boshqa hamma hollarda simmetrik 
va nosimmetrik kesimlarga strelka qo’yilgan kesim chizig’i va harfli belgi qo’yilishi 
zarur. Agar kesuvchi tekislik slindrik teshik yoki chuqurchani chegaralovchi aylanish 
sirtining o’qi orqali o’tsa u holda teshik yoki chuqurchani konturi to’la 
ko’rsatiladi.(11.12-shakl) 


11.12-shakl


11.13-shakl 

Kesimni chizish va joylashtirish bo’yicha strelka bilan ko’rsatilgan yo’nalishga 


to’g’ri kelish kerak. Kesimni formatni hohlagan joyiga chizish va uni chizmani o’qish 
uchun qulay bo’lgan burchakga burish mumkin. Bunda kesimni bildiruvchi yozuvdan 
kegin O shartli grafik belgi qo’yiladi. (11.13-shakl). 
11.14-shakl 

Bitta buyumga tegishli bo’lgan bir necha bir hildagi kesimlar uchun kesim 


chizig’i bir xil xarf bilan belgilanadi va bitta kesim chizib ko’rsatiladi. (11.14-shakl). 
Agar kesuvchi tekislik har-xil burchak ostida yo’nalgan bo’lsa, unda burulish belgisi O 
qo’yilmaydi. (11.15-shakl). 
11.15-shakl

11.16-shakl 


Kesuvchi tekislikni shunday tanlanishi kerakki bunda normal (odatdagidek) 
ko’ndalang kesim hosil bo’lishi kerak. Shuning uchun murakkab shakldagi buyumning 
kesimni ikkita kesim bilan tutashtiriladi. (11.16-shakl). Kesuvchi tekislik sifatida 
tekislikga yoyilgan stilindrik sirtni qabul qilish mumkin. Kesimda kesim natijasida 

aniqlangan teshik, chuqurcha, tirqich va boshqa buyumning konstruktiv elementlarini 


ko’rsatish mumkin.



Yüklə 22,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin