A[] bir o’lchamli massiv, o’qitib olinadi. Massiv elementlari qiymati 1 dan 1,000,000,000 gacha butun bo’lishi mumkin. Elementlar soni esa 1 dan 100 gacha bo’lishi mumkin
A[] bir o’lchamli massiv, o’qitib olinadi. Massiv elementlari qiymati 1 dan 1,000,000,000 gacha butun bo’lishi mumkin. Elementlar soni esa 1 dan 100 gacha bo’lishi mumkin.
3. Bir o’lchamli massiv berilgan. Massiv elementlari butun son va [1..1,000,000,000] oraliqda bo’lishi mumkin elementlar soni esa 1000 dan oshmaydigan natural son. Funksiya yordamida massivning [L..R] indekslari elementlari ko’paytmasini p(1≤p ≤1,000,000,000) ga bo’lgandagi qoldiqni topuvchi dastur tuzing.
4. Bir o’lchamli massiv berilgan. Massiv elementlari soni 100,000 gacha bo’lishi mumkin. Elementlari qiymatlari esa [
-1,000,000,000…1,000,000,000] intervalda bo’lishi mumkin. Funksiyadan foydalanib shunday dastur tuzingki massivning [L..R] indekslaridagi elementlar yig’indisini tezkor ravishda har bir elementlarini qo’shib chiqmasdan topilsin.
5. Ikki o’lchamli massiv berilgan. Massiv elementlari satr va ustun soni har biri 1000 gacha bo’lishi mumkin. Elementlari qiymatlari esa [-1,000,000,000…1,000,000,000] intervalda bo’lishi mumkin. Funksiyadan foydalanib shunday dastur tuzingki ikki o’lchamli massivning (x1<=i<=x2) va (y1<=j<=y2) shartni qanoatlantiruvchi kataklaridagi sonlarning yig’indisi har bir elementlarini qo’shib chiqmasdan topilsin.
Rekursiv Funksiya.
O’z-o’ziga murojaat qiladigan funksiya rekursiv funksiya deb ataladi. Rekursiv funksiyalardan agar funksiya parametrlari bilan biror amal bajarib yandi parametrlar bilan huddi shunday amal bajariladigan bo’lsa foydalanamiz. Bunday masalalarni rekursiyasiz ham yechish mumkin. Lekin rekursiya dastur tushinarliligini oshiradi va uni yozishni osonlashtiradi.
Masala1.
Rekursiyadan foydalanib n! ning qiymatini hisoblovchi dastur tuzing.