Funksiyani hosila yordamida to`la tekshirish va uning grafigini chizish


- Teorema. (Funksiya ekstrcmumining zaruriy sharti)



Yüklə 288,5 Kb.
səhifə4/12
tarix10.02.2022
ölçüsü288,5 Kb.
#52394
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
2 - Teorema. (Funksiya ekstrcmumining zaruriy sharti)

Agar x0 nuqta f{x) funksiyaning ekstremum nuqtasi bo`lib, funksiya uning biror atrofida aniqlangan bo`lsa, u holda f `(x0) = 0 yoki f `(x0) - mavjud emas.

Teoremani geometrik izohlash mumkin. Teorema shartlari bajarilganda, у = f(x) funksiya grafigining x0 abssisali nuqtasiga o`tkazilgan urinma yoki mavjud va OX o`qiga parallel (2 a - rasm), yoki mavjud emas (2 b - rasm).

a) f `(x0) = 0 b) f `(x0) - mavjud emas.


2 - rasm.
Funksiya ekstremumining zaruriy shartlarini qanoatlantiruvchi, ya`ni funksiya hosilasi f(x) ni nolga aylantiruvchi yoki f `(x) mavjud bo`l-magan, funksiya aniqlanish sohasining ichki nuqtalariga uning kritik nuqtalari deyiladi. Ulardan f `(x)=0 tenglamani qanoatlantiruvchi kritik nuqtalarga statsionar nuqtalar deyiladi.

Misol. у = (х-4)· funksiyaning kritik nuqtalarini toping.

Funksiya sonlar o`qida aniqlangan va y`(x) = 4/3·x-1/ . x = 1 da y`(l) = 0 bo`lib, x = 0 da y`(0) - mavjud emas.

Demak, x = 1 nuqta funksiyaning statsionar nuqtasi, {0;l} nuqtalar to`plami esa uning kritik nuqtalari to`plamidir.

Funksiya ekstremumi zaruriy shartini qanoatlantiruvchi har bir kritik nuqta uning ekstremum nuqtasi bo`lavermaydi. Masalan, у = x3 funksiya R da monoton o`suvchi, chunki (x3)` ≥0, x€R. x = 0 nuqta esa uning kritik (statsionar) nuqtasi chunki y`(0) = 0. Funksiya sonlar o`qida monoton o`suvchi bo`lgani uchun, x = 0 kritik nuqtasi uning ekstremumi bo` la olmaydi.

Funksiyaning ekstremum nuqtalari uning kritik nuqtalari ichidan quyidagi yetarli shartlardan biri asosida tanlanadi.


Yüklə 288,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin