Funksiya lotincha “funktio” so’zidan olingan bo’lib, “bajarmoq”, “amalga oshirmoq” degan ma’noni anglatadi.
Funksiya Matematikaning eng muhim va umumiy tushunchalaridan biri xisoblanadi.
Funksiya – o’zgaruvchi miqdorlar orasidagi bog’liqlikni ifodalaydi.
1-Iqtisodiy masala:
X tovarga talab va taklif funksiyalari quyidagicha berilgan :
QD= 500-2P
QS=300+3P
Berilgan funksiyalardan foydalanib muvozanat narx va muvozanat hajm aniqlansin hamda grafikdagi ko’rinishi aks ettirilsin.
Yechimi:
QD= 500-2P QS=300+3P
QE=QD=QS
500-2P=300+3P
200=5P P=40
QD= 500-2*40=420
QS=300+3*40=420
Javob:
Muvozanat narx 40$
Muvozanat hajm 420 dona
grafikdagi ko’rinishi
2-Iqtisodiy masala:
Mol go’shti bozorida go’shtga bo’lgan talab va taklif funksiyalari quyidagicha: QD=20000-2P
QS=2000+P
Tovuq go’shti bozorida esa talab va taklif funksiyalar:
QD=24000-2P
QS=4000+3P
Mol go’shti bozorida taklif qisqarishi oqibatida muvozanat narx 6200 so’mga ko’tarildi. Mol go’shti taklifi qanday o’zgaradi va bu tovuq go’shti talabiga qanday ta’sir ko’rsatadi?