Fuqarolar sog’lig’ini saqlash to’g’risida



Yüklə 33,34 Kb.
tarix28.12.2023
ölçüsü33,34 Kb.
#200790
Hayot faoliyati xavfsizligi


“Fuqarolar sog’lig’ini saqlash to’g’risida” gi qonun bandlarini o’rganish.
Reja:

  1. Fuqarolar sog’log’ini saqlash tizimi.

  2. Fuqarolar sog’lig’ini saqlash to’g’risida umumiy qoidalar.

  3. Sog’liqni saqlash timizi yanada isloh qilish chora tadbirlar to’g’risida.

O‘zbekiston Respublikasida sog‘liqni saqlashning davlat, xususiy va boshqa tizimlari yig‘indisidan iborat yagona sog‘liqni saqlash tizimi amal qiladi.


Davlat sog‘liqni saqlash tizimining davolash-profilaktika muassasalari aholiga davlat tomonidan kafolatlangan bepul tibbiy yordam ko‘rsatadi.
Davlat tibbiy-sanitariya xizmatlarining kafolatlangan hajmi doirasida quyidagilarni o‘z ichiga oluvchi bepul tibbiy xizmat ko‘rsatilishini ta’minlaydi:

  • shoshilinch, kechiktirib bo‘lmaydigan tibbiy yordam ko‘rsatish;

  • sog‘liqni saqlashning birlamchi bo‘g‘inida va qator davlat davolash profilaktika muassasalarida, avvalo, qishloq joylarda tibbiy xizmat ko‘rsatish;

  • qator yuqumli kasalliklarga qarshi aholini immunlashtirish va vaktsinatsiyalash;

  • ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan va atrofdagilar uchun xavf tug‘diradigan kasalliklar (sil, onkologik, ruhiy, narkologik, endokrinologik kasalliklarga chalingan bemorlar va kasb kasalliklariga chalingan shaxslar) bo‘yicha ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam;

  • bolalarni tekshiruvdan o‘tkazish va davolash (pulli shifoxonalardan tashqari);

  • 15-17 yoshli o‘smirlar va chaqiruv komissiyalari yo‘nalishlari bo‘yicha chaqiruv yoshidagi (18-27 yoshli) shaxslarni tekshiruvdan o‘tkazish va davolash;

  • tug‘ruq vaqtida yordam beradigan xizmatlarni ko‘rsatish (pulli muassasalardan tashqari);

  • imtiyozli toifaga mansub bemorlar (nogironligi bo‘lgan shaxslar, urush faxriylari, to‘liq etimlar)ni davlat davolash-profilaktika muassasalarida davolash.

Qayd etib oʼtilsinki, respublikada Sogʼliqni saqlash tizimini isloh qilishning birinchi bosqichi umuman muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda. Kechiktirib boʼlmaydigan tez tibbiy yordam tizimi — Respublika shoshilinch tibbiy yordam markazi, viloyat markazlari va tuman markaziy shifoxonalarida ixtisoslashtirilgan boʼlimlar tuzilgan boʼlib, ular aholiga tezkor bepul shoshilinch tibbiy yordam koʼrsatilishini taʼminlamoqda.
Kechiktirib boʼlmaydigan tez tibbiy yordam muassasalari zamonaviy tashxis va davolash uskunalari bilan jihozlanmoqda.
Shifokorlarning malakasi hamda zamonaviy tibbiy texnika bilan jihozlashni hisobga olgan holda kechiktirib boʼlmaydigan tez tibbiy yordam tizimi shifokorlari hamda tibbiyot xodimlarining mehnatini tashkil etish va moddiy ragʼbatlantirish tizimi muttasil takomillashtirib borilmoqda.
Аholiga, eng avvalo qishloq joylardagi aholiga birlamchi tibbiy-sanitariya yordami tizimi isloh qilinmoqda. Respublikaning barcha tumanlarida zamonaviy tibbiy uskunalar va dori-darmonlar bilan taʼminlangan qishloq vrachlik punktlari tashkil etilmoqda.
Sogʼliqni saqlash tizimidagi islohotlarni yanada chuqurlashtirish, respublikada yuksak jahon talablari darajasidagi yuqori texnologiyali ixtisoslashtirilgan tibbiy markazlarni shakllantirish, Ilgʼor tibbiy texnologiyalarni keng joriy etishning tashkiliy, moliyaviy-iqtisodiy va huquqiy shart-sharoitlarini vujudga keltirish maqsadida:
1. Ilgʼor chet el tajribasini hisobga olgan holda yuqori malakali ixtisoslashtirilgan tibbiy yordamga muhtoj bemorlarni qabul qiluvchi hamda zamonaviy tashxis va davolash tibbiy uskunalaridan foydalanib davolaydigan maxsus klinikalar va tibbiy markazlarni tashkil etish Oʼzbekistonda sogʼliqni saqlash tizimini isloh qilish ikkinchi bosqichining eng muhim vazifasi deb hisoblansin.
2. Belgilab qoʼyilsinki, maxsus klinikalar va tibbiy markazlar, qoida tariqasida, quyidagi talablarga mos kelishi lozim:
yaxshi tayyorgarlik koʼrgan va oʼz tibbiyot sohasida tan olingan hamda yuksak obroʼ-eʼtibor qozongan shifokor-mutaxassislarga ega boʼlish;
yuqori texnologiyali tashxis va davolash tibbiy uskunalari bilan jihozlangan zamonaviy moddiy-texnika bazasiga ega boʼlish;
oʼz tibbiy amaliyotida yuksak jahon talablariga mos keladigan davolash va tashxisning murakkab usullarini joriy etish hamda keng qoʼllash.
Oldingi tahrirga qarang.
3. Oʼzbekiston Respublikasi Sogʼliqni saqlash vazirligi va Moliya vazirligining tajriba tariqasida quyidagilarni tashkil etish toʼgʼrisidagi taklifi qabul qilinsin:
(3-bandning birinchi xatboshisi Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 30 oktyabrdagi PF-5216-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.10.2017 y., 06/17/5216/0187-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oʼzbekiston Respublikasi Sogʼliqni saqlash vazirligining Urologiya ilmiy markazi negizida Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot urologiya markazi;
Oʼzbekiston Respublikasi Sogʼliqni saqlash vazirligining akademik V. Vohidov nomidagi Jarrohlik ilmiy markazi negizida Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot jarrohlik markazi;
Toshkent shahridagi Toshkent viloyat koʼz mikroxirurgiyasi markazi negizida Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot koʼz mikroxirurgiyasi markazi;
Kardiologiya ilmiy-tadqiqot instituti va Toshkent shahridagi 15-shahar klinik shifoxonasi negizida Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot kardiologiya markazi.
(3-bandning ikkinchi — beshinchi xatboshilari Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 30 oktyabrdagi PF-5216-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.10.2017 y., 06/17/5216/0187-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 30 oktyabrdagi PF-5216-sonli Farmoniga asosan oʼz kuchini yoʼqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.10.2017 y., 06/17/5216/0187-son)
5. Shunday tartib oʼrnatilsinki, bunda:davlat nomidan Oʼzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʼmitasi va Moliya vazirligi hamda Markaz Kengashi timsolida Markazning mehnat jamoasi Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari (keyingi oʼrinlarda — Markazlar)ning muassislari hisoblanadilar;
(5-bandning ikkinchi xatboshisi Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 30 oktyabrdagi PF-5216-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.10.2017 y., 06/17/5216/0187-son)
davlatga tegishli mulk ishonchli boshqaruv huquqi bilan Markazning ustav jamgʼarmasiga topshiriladi;
davlat tomonidan madadga muhtoj boʼlgan shaxslar (imtiyozli toifadagi shaxslar)ga davlat byudjeti mablagʼlari hisobidan yuqori malakali ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam koʼrsatiladi;
Markazning faoliyati davlat byudjeti mablagʼlari, Markazning oʼz daromadlari va jalb etiladigan manbalar (grantlar, homiylarning mablagʼlari va boshqalar) hisobiga aralash asosda moliyalanadi. Bunda davlat byudjeti mablagʼlari har bir Markazga Oʼzbekiston Respublikasi Sogʼliqni saqlash vazirligi orqali xarajat moddalari boʼyicha taqsimlanmagan holda alohida satr bilan ajratiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
6. Oʼzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi har yilgi respublika byudjetlarini shakllantirish chogʼida Sogʼliqni saqlash vazirligi bilan birgalikda 2004 yildan boshlab Markazlarning uzogʼi bilan 2008 yilda oʼzini-oʼzi moliyalash va oʼzini-oʼzi qoplashga oʼtishini nazarda tutgan holda ushbu Markazlarni saqlashga byudjet mablagʼlarining joriy xarajatlari bosqichma-bosqich kamaytirib borilishini koʼzda tutsin.
(6-band Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 30 oktyabrdagi PF-5216-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.10.2017 y., 06/17/5216/0187-son)
7. Oʼzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʼmitasi, Moliya vazirligi respublika ixtisoslashtirilgan markazlari faoliyatining natijalarini hisobga olgan holda 2006 yilning 1 yanvariga borib Markazlarning ustav jamgʼarmasiga topshirilgan davlat mulkini imtiyozli shartlar bilan mehnat jamoasiga mulk sifatida sotish toʼgʼrisidagi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin.
Oldingi tahrirga qarang.
8. Markaz mehnat jamoasining umumiy yigʼilishi tomonidan saylanadigan Markaz Kengashi Markazning yuqori boshqaruv organi deb hisoblanishi belgilab qoʼyilsin.
(8-bandning birinchi xatboshisi Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 30 oktyabrdagi PF-5216-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.10.2017 y., 06/17/5216/0187-son)
Kengash aʼzolari ichidan Oʼzbekiston Respublikasi Sogʼliqni saqlash vazirligining taqdimnomasi boʼyicha Hukumat qarori bilan tayinlanadigan direktor Markaz Kengashining raisi hisoblanadi.
9. Markazlarga quyidagi huquq berilsin:
Markazning ustav jamgʼarmasiga topshiriladigan davlat mulkidan foydalanish va uni boshqarish; lavozimlar roʼyxatini mustaqil ravishda ishlab chiqish va tasdiqlash, Markaz xodimlarining mehnatiga haq toʼlash va moddiy ragʼbatlantirish shartlarini bajariladigan ishlarning murakkablik darajasi, sifati va hajmiga nisbatan tabaqalashtirilgan tarzda belgilash.
10. Quyidagilar tasdiqlansin: (10-bandning ikkinchi xatboshisi Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 30 oktyabrdagi PF-5216-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.10.2017 y., 06/17/5216/0187-son)
11. Oʼzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Sogʼliqni saqlash vazirligi tashkil qilinayotgan ixtisoslashtirilgan markazlar bilan birgalikda bir oy muddatda belgilangan tartibda quyidagilarni ishlab chiqib, tasdiqlasin:
tashxis va davolash sifati standartlariga rioya etgan holda yuqori malakali ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam koʼrsatish boʼyicha Respublika markazlari tomonidan aholiga pulli xizmat koʼrsatish qoidalari;
Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 8 iyundagi 264-sonli qarori bilan tasdiqlangan Respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari tomonidan tashxis qoʼyish va davolash sifati standartlariga rioya qilgan holda aholiga pulli asosda yuqori malakali ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam koʼrsatish qoidalariga qarang.
Respublika ixtisoslashtirilgan markazlarini moliyalash tartibi va manbalari toʼgʼrisida Nizom;
Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 8 iyundagi 264-sonli qarori bilan tasdiqlangan Respublika ixtisoslashtirilgan markazlari daromadlarini shakllantirishning asosiy manbalari va ular faoliyatini moliyalashtirish tartibi toʼgʼrisida nizomga qarang.
ixtisoslashtirilgan markazlar tomonidan pulli tibbiy yordam koʼrsatish uchun tariflarni shakllantirish va tasdiqlash tartibi; imtiyozli toifadagi bemorlarni davolash haqini davlat byudjeti mablagʼlari hisobidan toʼlash tartibi.
Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 8 iyundagi 264-sonli qarori bilan tasdiqlangan Imtiyozli toifaga kiruvchi bemorlarga order berish, ularni shifoxonaga joylashtirish va davlat byudjeti mablagʼlari hisobiga davolash qiymatini toʼlash tartibiga qarang.
Oʼzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Markazlarning byudjet mablagʼlaridan, tasdiqlangan tariflardan maqsadli va qonuniy foydalanishi ustidan qatʼiy nazorat oʼrnatsin.
(11-bandning oltinchi xatboshisi Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 30 oktyabrdagi PF-5216-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.10.2017 y., 06/17/5216/0187-son)
12. Oʼzbekiston Respublikasi Sogʼliqni saqlash vazirligi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda mazkur Respublika ixtisoslashtirilgan markazlarini davolash va tashxis uskunalari, tibbiyot asboblari bilan jihozlash normativlarini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritsin, ana shu normativlar asosida 2003 yildan boshlab respublika investitsiya dasturlarida ularni zamonaviy tibbiyot uskunalari va asboblari bilan toʼliq taʼminlash uchun zarur kapital mablagʼlar koʼzda tutilsin.
13. Davlat tomonidan qoʼllab-quvvatlash maqsadida ushbu Respublika ixtisoslashtirilgan markazlari oʼz ehtiyojlari uchun olib kelinadigan tibbiyot uskunalari va asboblari uchun 2003 yilning 1 martidan to 2012 yilning 31 dekabriga qadar 10 yil muddatga barcha turdagi soliqlar, bojxona toʼlovlari (bojxona rasmiylashtiruvi uchun yigʼimlardan tashqari) toʼlashdan ozod qilinsin, boʼshaydigan mablagʼlar Markazlarni rivojlantirish va jihozlashga maqsadli tarzda yoʼnaltirilsin.
14. Oʼzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Sogʼliqni saqlash vazirligi Respublika ixtisoslashtirilgan markazlari va boshqa manfaatdor tuzilmalar bilan birgalikda 2003 yilda amalga oshiriladigan tajriba tahlili natijalari boʼyicha Markazlarning normativ bazasini, ular faoliyatini tashkil etish va moliyalash tizimini yanada takomillashtirish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga aniq takliflar kiritsin.
15. Oʼzbekiston Respublikasi Аdliya vazirligi tegishli vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda amaldagi qonunchilikka ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʼzgartish va qoʼshimchalar kiritish toʼgʼrisidagi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin.
16. Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki hafta muddatda mazkur Farmonni ijro etish yuzasidan Hukumat qarorini qabul qilsin.
Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 17 martdagi 140-sonli «Respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari faoliyatini tashkil etish masalalari toʼgʼrisida»gi va Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 8 iyundagi 264-sonli «Sogʼliqni saqlash tizimida eksperimentni tugallash va islohotlarni chuqurlashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida»gi qarorlariga qarang.
17. Ushbu Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʼzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Oʼ. T. Sultonov zimmasiga yuklatilsin.
Yuqori texnologik ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam koʼrsatuvchi tibbiyot tashkilotlari tomonidan Oʼzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti mablagʼlari hisobiga tibbiy yordam koʼrsatiladigan imtiyozli toifadagi shaxslar
ROʼYXАTI
(2-ilova nomi Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 7 iyuldagi PQ-310-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2022 y., 07/22/310/0607-son)
1. Bolalikdan nogironligi boʼlgan shaxslar;
(1-band Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 29 noyabrdagi PF-26-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021 y., 06/21/26/1111-son)
2. Chin yetimlar;
3. I va II guruh nogironligi boʼlgan shaxslar;
(3-band Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 29 noyabrdagi PF-26-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021 y., 06/21/26/1111-son)
4. 1941 — 1945 yillardagi urush oqibatida nogiron boʼlgan shaxslar va uning qatnashchilari, shuningdek, ularga tenglashtirilgan shaxslar;
(4-band Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 29 noyabrdagi PF-26-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021 y., 06/21/26/1111-son)
5. Yoshga oid pensiyaga chiqqan ishlamaydigan shaxslar;
6. 1941 — 1945 yillardagi urush davrida mehnat jabhasining qatnashchilari;
7. Chernobilь АESi falokatini tugatishda ishtirok etgan shaxslar jumlasiga kiruvchi nogironligi boʼlgan shaxslar;
(7-band Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 29 noyabrdagi PF-26-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021 y., 06/21/26/1111-son)
8. Baynalmilalchi-jangchilar;
9. Ijtimoiy himoya yagona reestri» axborot tizimi orqali kam taʼminlangan deb eʼtirof etilgan oilalarning aʼzolari.
(9-band Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 11 avgustdagi PF-6277-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.08.2021 y., 06/21/6277/0788-son) — 2021 yil 1 sentyabrdan kuchga kiradi)
10. Oʼzbekiston Respublikasi Sogʼliqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan roʼyxat boʼyicha, 18 yoshga toʼlmagan patologiyali bolalar;
11. Chaqiruv komissiyalarining yoʼllanmalari boʼyicha chaqiruv yoshidagi (18 — 27 yoshdagi) shaxslar;
12. Oʼzbekiston Respublikasi Sogʼliqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan roʼyxat boʼyicha, patologiyali homilador ayollar1;
13. Oʼzbekiston Respublikasi Sogʼliqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan roʼyxat boʼyicha, endokrin kasalliklariga chalingan bemorlar2;
14. Oʼzbekiston Respublikasi Sogʼliqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan roʼyxat boʼyicha, jinsiy yoʼl bilan yuqtiriladigan kasalliklarga chalingan shaxslar3;
15. Oʼzbekiston Respublikasi Sogʼliqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan roʼyxat boʼyicha, sil kasalligiga chalingan shaxslar4;
16. Oʼzbekiston Respublikasi Sogʼliqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan roʼyxat boʼyicha, onkologiya kasalliklariga chalingan shaxslari5.
17. Dasturli gemodializ oluvchi bemorlar.
(17-band Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 7 iyuldagi PQ-310-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2022 y., 07/22/310/0607-son)
18. Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy gvardiya, Davlat xavfsizlik xizmati, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati, Bojxona qoʼmitasi va Elektron texnologiyalarni rivojlantirish markazining Vatan himoyasi va el-yurt tinchligi yoʼlida (Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan eʼlon qilingan favqulodda holat (urush holati) davrida jalb qilingan vaqtida, shuningdek, jangovar (harbiy) harakatlar olib borilayotgan paytda) yaralanganligi, kontuziya yoki mayib boʼlganligi oqibatida halok boʼlgan harbiy xizmatchilari va xodimlarining oila aʼzolari (ota-onasi, halok boʼlgan vaqtda qonuniy nikohda boʼlgan xotini (eri) va farzandlari).
(18-band Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 13 sentyabrdagi PF-159-sonli Farmoniga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.09.2023 y., 06/23/159/0700-son)
1) Tibbiy yordam Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida koʼrsatiladi;
2) Tibbiy yordam Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida koʼrsatiladi;
3) Tibbiy yordam Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida koʼrsatiladi;
4) Tibbiy yordam Respublika ixtisoslashtirilgan ftiziatriya va pulьmonologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida koʼrsatiladi.
5) Tibbiy yordam Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va tibbiy radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida koʼrsatiladi.
Yüklə 33,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin