Fuqarolik jamiyati institutlari tushunchasi, uning ma’no va mazmuni



Yüklə 268,81 Kb.
səhifə38/79
tarix01.01.2022
ölçüsü268,81 Kb.
#50392
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   79
Fuqarolik jamiyati institutlari tushunchasi, uning ma’no va mazm

Yadrosiz hududlar maqomi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov BMT Bosh Assombleyasining 48-sessiyasida so’zlagan nutqida Markaziy Osiyoni yadrosiz zona, deb ehlon kilish tashabbusini ilgari surdi. «Hozirgi zamon voqeligi shundayki, bir mamlakatning xavfsizligi boshqa davlat hisobidan tahminlanishi mumkin emas» – dedi yurtboshimiz o’z nutqida, mintaqa xavfsizligini butun jahon xavfsizligi muammolaridan ajratgan holda ko’rib bo’lmaydi. SHunga asoslanib, O’zbekiston yadro qurolining batamom tugatilishi uchun, yadro qurolini tarqatmaslik to’g’risidagi shartnomaning samarali harakat qilishi va uning hech bir muddatsiz uzaytirilishi uchun harakat qiladi.... O’zbekiston Markaziy Osiyo mintaqasining yadrosiz zona, deb ehlon qilinishining qathiy tarafdoridir».

Mazkur tashabbus Prezidentimizning 1996 yil dekabrda bo’lib o’tgan YeXHT Lissabon uchrashuvida so’zlagan nutqida yana bir bor yig’ilganlar ehtiboriga havola etildi. Anjuman qatnashchilari Markaziy Osiyoni yadrosiz zona, deb ehlon qilish haqidagi fikrini katta qoniqish bilan kutib oldilar.

1997 yil aprelg’ oyida Jeneva shaxrida Markaziy Osiyodagi besh davlat ekspertlari mintakaviy guruhining birinchi yig’ilishi bo’lib o’tdi. O’sha yili iyun oyida O’zbekiston hayhati birinchi bor atom energiyasi bo’yicha xalqaro agentlik (MAGATE) boshqaruvchilari kengashining Vena shahrida bo’lib o’tgan navbatdagi sessiyasida ishtirok etdi. O’zbekiston hayhati rahbarining rasmiy bayonotida O’zbekiston Respublikasi va mintaqadagi boshqa davlatlarning yadrosiz zona tashkil etish borasidagi qarashlari bayon etildi.

1997 yil 14-16 sentyabr kunlari Toshkentda «Markaziy Osiyo - yadro qurolidan xoli zona» mavzuida xalqaro konferentsiya bo’lib o’tdi. Unda 56 mamlakatdan va 16 xalqaro tashkilotdan 200 dan ortiq kishi ishtirok etdi. Islom Karimovning mazkur anjumandagi nutqida bayon etilgan yadroviy xavfsizlikni ta’minlash choralari hakidagi fikrlari anjuman qatnashchilari tomonidan to’la ko’llab-quvvatlandi




Yüklə 268,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin