To’rtinchi. Ommaviy axborot vositalarining davlat hokimiyati va boshqaruv organlari faoliyati ustidan jamoatchilik va parlament nazoratini ta’minlash, hokimiyat va jamoatchilik o’rtasida mustahkam aloqa o’rnatish borasidagi rolini kuchaytirishga qaratilgan samarali huquqiy mexanizmlarni yaratish maqsadida mamlakat Prezidenti “Ommaviy axborot vositalari to’g’risida”, “Axborot erkinligi printsiplari va kafolatlari to’g’risida”gi va boshqa bir qator qonun hujjatlariga tegishli o’zgartish va qo’shimchalar kiritishni taklif etdi. Bu o’zgartish va qo’shimchalarda:
davlat va jamoat birlashmalari axborot xizmatlari, media-tuzilmalar ishini faollashtirish bo’yicha keng ko’lamli chora-tadbirlarni ko’zda tutish;
o
Mahlumki, fuqarolarning axborot soҳasidagi ҳuquq va erkinliklarini tahminlash masalasi insonning axborot olish, axborotni va o’z shaxsiy fikrini tarqatish ҳuquqi va erkinligini o’zida mujassam etgan bo’lib, bu O’zbekistonda demokratik jamiyat asoslarini barpo etishning muҳim sharti, tahbir joiz bo’lsa, tamal toshi ҳisoblanadi.
Islom Karimov
mmaviy axborot vositalarining axborot olish yuzasidan murojaatlarini ko’rib chiqish muddatlarini qisqartirish;
axborot olish sohasidagi qonunchilik talablarini buzganlik uchun yuridik va mansabdor shaxslarning mahmuriy javobgarligini kuchaytirish va boshqa chora-tadbirlarni ta’minlashga qaratilgan huquqiy mexanizmlar o’z aksini topishi nazarda tutiladi.
Qolaversa, Prezident Islom Karimov siyosiy modernizatsiya jarayonlarida tobora muhim ahamiyat kasb etib borayotgan zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan davlat va jamiyat qurilishi tizimida keng foydalanish lozimligini alohida ta’kidlab, “Telekommunikatsiyalar to’g’risida”gi Qonun normalarini yanada takomillashtirish; raqamli teleradioeshittirish tizimiga o’tish bo’yicha tadbirlar davlat dasturini ishlab chiqish; mazkur dastur raqamli teleradioeshittirishlar infratuzilmasini shakllantirish; bu boradagi faoliyatni huquqiy jihatdan tartibga soladigan samarali tizimni yaratish zarurligini kayd etdi.
Demokratik jamiyatning birlamchi va eng muhim sharti mamlakatda axborot va so’z erkinligini qaror toptirish dunyo miqyosida ehtirof etilgan haqiqat ekanligidan kelib chiqilsa, bo’lib o’tgan qo’shma majlisda muhtaram Prezidentimiz ilgari surgan g’oyalar, yo’l-yo’riqlar, belgilab bergan maqsad va vazifalarning naqadar dolzarbligi ayon bo’ladi. Zero, mahruzada ta’kidlanganidek, “yuqorida zikr etilgan chora-tadbirlarning amalga oshirilishi ommaviy axborot vositalarining fuqarolik jamiyati institutlari tizimidagi o’rni va rolini yanada mustahkamlashga, fuqarolarning so’z erkinligi va tanlash erkinligini ta’minlashga qaratilgan konstitutsiyaviy huquqlarini yanada to’liq ro’yobga chiqarishga yordam beradi”.
Siyosiy tizimda ommaviy kommunikatsiyaga ehtiyojning jamiyat xayoti bilan to’g’ridan to’g’ri bog’liqligi, o’tmishda anhanaviy davlatlarda kommunikatsiya vositalari imkoniyatlarining chegaralanganligi, axborot texnologiyalarining inqilobi OAV imkoniyatlari dinamikasiga sezilarli tahsir utkazmoqda. Istiqlol yillarida OAVni erkinlashtirish bo’yicha amalga oshirilgan tadbirlar jamoatchilik nazoratining jamiyatdagi qonunsizlik va adolatsizlikka barham berishiga katta turtki berdi. Mazkur vazifani bajarishda OAVning jamiyatga haqqoniy ma’lumotlar yetkazib berish imkoniyati esa to’laqonli jamoatchilik fikrining oshkoralik va xabardorlikka talabining oshib borayotganidan kelib chikadi. OAVning siyosiy hokimiyatni amalga oshirish mexanizmida jamoatchilik fikriga tahsir ko’rsatish omili ko’p jihatdan OAVda vaziyatni xolis baholash, islohotlarga keng ommani jalb qila olish tendentsiyalarida aks etadi.
Zero, demokratlashtirishning samarali natijalari bir necha o’n yilliklardagi jiddiy sinovlarni boshidan o’tkazishi halqning, millatning milliy siyosiy mentaliteti, jumladan shu jamiyatda mavjud bo’lgan OAV institutlarining ijtimoiy-siyosiy mavqei, intelektual salohiyatiga hamda professional mahoratiga bevosita bog’liq jarayondir.
Dostları ilə paylaş: |