Fuqarolik jamiyati institutlari tushunchasi, uning ma’no va mazmuni


Mustaqil Davlatlar Hamdustliga (MDH)



Yüklə 268,81 Kb.
səhifə40/79
tarix01.01.2022
ölçüsü268,81 Kb.
#50392
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   79
Fuqarolik jamiyati institutlari tushunchasi, uning ma’no va mazm

Mustaqil Davlatlar Hamdustliga (MDH). 1991 yil 21 dekabrda Almatida 11 davlat: Rossiya, Ukraina, Belorus, Qozog’iston, O’zbekiston, Qirg’iziston, Tojikiston, Turkmaniston, Azarbayjon, Armaniston, Moldaviya davlatlari boshliqlarining kengashida MDH tuzildi. MDHga 1993 yil 24 dekabrda Ashxabadda Gruziya ham qo’shildi. O’zbekiston mazkur MDH tashkilotining iqtisodiy integratsiya doirasida qatnashib kelmoqda.

MDH bir butun davlat, federatsiya yoki mamlakat emas, harbiy blok ham emas, balki davlatlar hamdo’stligining yangicha shakli. Unga kiruvchi har bir davlat xalqaro hukuqning mustaqil va teng huquqli sub’ektidir.

MDH 1991 yil 8 dekabrda Minsk shahrida SSSRning barham topishi munosabati bilan shakllandi. Uning vujudga kelishi haqidagi hujjat - bitimga dastlab uch mustaqil davlat – Rossiya Federatsiyasi, Ukraina va Belorussiya rahbarlari imzo chekdilar. Bitimni imzolagan davlatlarning hududiy butunligini tan olish, hurmat qilish hamda amaldagi chegaralar, ularning ochiqligi va fuqarolarning harakat erkinligi ehtirof etildi.

MDH ahzolari xalqaro tinchlik va xavfsizlikni ta’minlash, harbiy xarajat va qurollarni qisqartirish chora-tadbirlarini amalga oshirishda hamkorlik qilishga kelishib oldilar. Hozirgacha ikki yuzdan ortiq normativ va tavsifiy hujjatlar qabul qilindi. SHu bilan birga, tomonlar bir-birlarining yadrosiz zona va betaraf davlat statusiga erishish uchun olib boriladigan harakatlarini hurmatlaydilar.

MDH ahzolarining birgalikdagi faoliyati sohasiga quyidagi tadbirlar kiritildi:

– tashqi siyosiy faoliyatlarni muvofiqlashtirish, mudofaa siyosati va tashqi chegarani muhofaza qilish;

– umumiy iqtisodiy muhitni shakllantirish va rivojlantirish, Umumevropa va Yevroosiyo bozorini shakllantirish;

– iqtisodiy islohot o’tkazish;

– bojxona siyosatini birga olib borish;

– transport va aloqa, shuningdek, energetika tizimlarini rivojlantirish;

– salomatlik, atrof-muhit va ekologik xavfsizligini saqlash;

– uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish.

1991 yil 21 dekabrda sobiq SSSRning uch slavyan, Markaziy Osiyodagi besh, Zakavkazg’edagi uch respublika rahbarlari Olmaotada uchrashib, Hamdo’stlik hujjatlariga jami 11 respublika imzo chekdi. Keyinchalik Gruziya qo’shildi.

MDHning yuqori Oliy organi – «Davlat boshliqlari Kengashi», shuningdek, «Hukumat boshliqlari Kengashi», «Iqtisodiy Kengash», «Mudofaa vazirlari Kengashi», «Tashqi ishlar vazirlari Kengashi» hisoblanadi. Ijroiya organi «Muvofiqlashtiruvchi qo’mita» deyiladi. Uning qoshida doimiy kotibiyat ishlaydi. Davlat boshliqlari Kengashi bir yilda kamida ikki marta o’tkaziladi. Kengashning navbatdan tashqari majlisi MDH ahzosi bo’lgan - har qanday davlat tashabbusi bilan chaqiriladi. MDH organlarining faoliyati MDH Nizomi bilan tartibga solinadi.

- MDH organlari faoliyatini mablag’ bilan ta’minlash (xarajatlari) ahzo davlatlarning xizmat yuzasidan bo’lgan ishtiroki tartibi bo’yicha taqsimlanadi va MDH organlari byudjeti to’g’risidagi maxsus bitim asosida o’rnatiladi.




Yüklə 268,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin