Fuqarolik jamiyati institutlari tushunchasi, uning ma’no va mazm
QISQACHA XULOSA SHunday qilib, hozirgi kunda O’zbekiston jahon hamjamiyatida munosib o’rin egalladi va Markaziy Osiyodagi yetakchi davlat sifatida ehtirof etilmoqda. Bunday obro’-ehtibor tarixiy davlatchiligimiz, ma’naviyatimiz va oldimizga qo’ygan maqsadlarimizga hamohangdir. O’zbekiston o’zining tinchliksevar, barqarorlikka asoslangan tashqi siyosatini davom ettiradi. Buning uchun yetarli siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy imkoniyatlari mavjud.
MUHOKAMA UCHUN SAVOLLAR
O’zbekiston davlatining jahon hamjamiyati bilan aloqalari qanday huquqiy va amaliy printsiplarga tayanadi.
Prezident Islom Karimovning mustaqil O’zbekistonni jahon hamjamiyati bilan tanitishda, hamkorlik aloqalarini o’rnatishda qanday roli bor deb bilasiz
Demokratik tartibotlar va uning asosiy yo’nalishlarini gapirib bering
O’zbekiston va jahon hamjamiyati munosabatlarining huquqiy-siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, ilmiy-asoslarini bayon eting
Mustaqil O’zbekiston dastlab va keyinchalik qanday xalqaro tashkilotlarga a’zo bo’lib kirdi
O’zbekiston – AQSH strategik hamkorligining o’ziga xos tomonlari nimalardaq
Xalqaro tashkilotlar bilan aloqalarda demokratik institutlarning qanday roli va o’rni mavjud
O’zbekiston – Rossiya munosabatlarini gapirib bering
O’zbekistonning yaqin va o’rta SHarq, arab mamlakatlari bilan qanday o’zaro aloqalarni yo’lga qo’ygan
Xalqaro terrorizmga birgalikda kurashda O’zbekistonning roli qanday