O’zbekistonda keyingi o’n yilda fuqarolik jamiyati institutlari, nodavlat notijorat
tashkilotlari jadal shakllandi va rivojlandi. Ular mamlakatimiz aholisining keng qatlamlari
tomonidan qo’llab-quvvatlanmoqda. SHuning uchun ham fuqarolik institutlari, nodavlat notijorat
tashkilotlarining ahamiyati borgan sari oshib bormoqda. CHunki ular demokratik qadriyatlar,
inson va fuqarolarning huquq va erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilishning
bormoqda.
ro’y berayotgan tub ijobiy o’zgarishlarga nisbatan kechayotgan xayrixohlik va birdamlik
Jamiyat va uning ahzolari davlatga nisbatan ustunlikka ega bo’lishi fuqarolik jamiyatining
shakllanishi bilan bevosita bog’liq bo’lgan jarayondir. Agar “jamiyat” tushunchasini makonu
zamonda mavjud bo’lgan, turmush tarzi va manfaatlari mushtarak bo’lgan insonlarning o’zaro
75
aloqadorligini ifodalovchi birlik deb tushunsak, “fuqarolik jamiyati” esa ana shunday
jamiyatning rivojlanishida ma’lum sharoitlar ostida qaror topadigan uning yuqori bosqichidir.
Agar “jamiyat” tushunchasi tarkibiga, masalan, davlatning ham kirishini unutmasak va ayni
vaqtda “fuqarolik jamiyati” tushunchasi tarkibida davlatning mavjud emasligini anglasak,
“jamiyat” va “fuqarolik jamiyati” tushunchalarining teng hajmli emasligini, ularning turlicha
mahno kasb etishini ko’rishimiz mumkin. Fuqarolik jamiyati – bu yuksak fazilatlarga ega
bo’lgan insonlar jamiyatidir. Fuqarolik jamiyati – bu shunday ijtimoiy tuzumki, unda qonun
ustuvorligi tahminlanadi, inson huquqlari va erkinliklari qaror topadi, siyosiy partiyalar va
institutlar, mafkura va fikrlarning xilma-xilligi tahminlanadi, insonga uning iqtisodiy, siyosiy va
madaniy hayoti shakllarini erkin tanlash kafolatlanadi, fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish
organlarining mavqei yuksak bo’ladi. Mamlakatning har bir fuqarosi fuqarolik institutlari
faoliyatlarida keng ishtirok etadi va ular orqali siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy, ma’naviy va huquqiy
jihatdan o’z ehtiyojlarini qondiradi. Fuqarolik jamiyatida davlat va uning organlari faoliyati
ustidan fuqarolarning jamoatchilik nazorati o’rnatiladi. Davlatning bir qator vakolatlari jamoat
tashkilotlari zimmasiga yuklanadi. Aytish mumkinki, fuqarolik jamiyatini qurish kuchli
davlatdan kuchli jamiyat sari bosqichma-bosqich o’tish orqali ro’y beradi. Mamlakatimizda erkin
fuqarolik jamiyatini shakllantirish borasida “Kuchli davlatdan kuchli fuqarolik jamiyati sari”
dasturi asosida davlatning ayrim vakolatlarini fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlariga
bosqichma-bosqich topshirish jarayoni kechmoqda.
SHu o’rinda fuqarolik jamiyati to’g’risidagi tasavvurlar rivojiga qisqa nazar solaylik.
“Fuqarolik jamiyati” tushunchasi ilk bor Qadimgi Gretsiya va Rimda vujudga kelgan. Fuqarolik
jamiyati haqidagi dastlabki fikrlar Aristotelning “Siyosat” asarida yoritilgan. Uning fikriga ko’ra,
insonning erkin yashashi uchun jamiyatda qonunlar ustuvor bo’lishi lozim. SHu bilan birga, ana
shunday ustuvor qonunlar adolatli bo’lishi ham kerak. Bu g’oyalar XVII asrga kelib yanada
rivojlandi. Jumladan, ingliz faylasufi T. Gobbs asarlarida rivojlantirildi. XVIII asrda ro’y bergan
Buyuk frantsuz inqilobi bois “Inson va fuqaro huquqlari deklaratsiyasi”ning ehlon qilinishi
orqali fuqarolik jamiyati tushunchasi keng tarqala boshladi. Kant, Russo, Gegelg’ singari taniqli
mutafakkirlarning ilgari surgan fikrlari fuqarolik jamiyatining keng mohiyati va yangi qirralari
ochib berdi.
SHarqda fuqarolik jamiyati tushunchasiga nisbatan o’ziga xos talqinlar mavjud. Bu odob-
axloq, madaniyat va huquqning uyg’unlashgan shakli bilan bog’liq. Jumladan, qadimiy
yodgorlik bo’lmish “Avesto”da kishilarning birgalashib yashashi, insonlar o’rtasidagi o’zaro
munosabatlarning axloq normalariga tayanishi kabi g’oyalar oldinga surilgan. Abu Nasr
Forobiyning asarlarida, xususan, uning “Fozil odamlar shahri” asarida davlatni boshqarishda
adolatli qonunlarga tayanish lozimligi uqtiriladi. Forobiyning yozishicha, fozillar shahrining
boshlig’i tabiatan o’n ikkita xislat-fazilatni o’zida birlashtirgan bo’lishi, xususan, “u haq va
haqiqatni, odil va haqgo’y odamlarni sevadigan, yolg’onni va yolg’onchilarni yomon ko’radigan
bo’lishi zarur”
36
. Bu kabi g’oyalar Ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, MuHammad Xorazmiy, Amir
Temur kabi buyuk sharq donishmandlari tomonidan ham ilgari surilgan.
Fuqarolik jamiyati tushunchasini bugungi zamonaviy talqini uzoq tarixiy taraqqiyot
mahsulidir. O’zbekistonda fuqarolik jamiyatini qurish tarixiy anhana bo’lsa-da, u to’laligicha
milliy anhanalar va jahondagi ilg’or davlatlar tajribasining sintezi sifatida, ya’ni erkinlik va
axloq, ozodlik va tarbiya, qonunga itoatkorlik va siyosiy-huquqiy faollikning uyg’unligi sifatida
dunyoga kelmoqda. Fuqarolik jamiyati uzoq muddatni oladigan jarayondir.
“Fuqarolik jamiyati” tushunchasi keng va tor mahnolarda qo’llanadi. Fuqarolik jamiyati
keng mahnoda jamiyatning shunday qismini bildiradiki, bu qismda davlat va uning tuzilmalari
bevosita qamrab olinmagan bo’ladi. Fuqarolik jamiyati tor mahnoda, ya’ni o’z mahnosida
huquqiy davlat bilan bevosita bog’liq. SHu mahnoda, fuqarolik jamiyati huquqiy davlatsiz
mavjud bo’lishi mumkin emas va aksincha, huquqiy davlatni fuqarolik jamiyatisiz tasavvur etib
bo’lmaydi.
36
Abu Nasr Forobiy. Fozil odamlar shaҳri. – T.: Abdulla Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti, 1993. 160-b.
76
SHu ma’noda, 1992 yil dekabr oyida
qabul qilingan, mamlakatimizning demokratik
taraqqiyotini ta’minlash va fuqarolik jamiyatini
shakllantirishning asosiy printsiplarini belgilab
bergan
Konstitutsiyamizning
qoida
va
normalariga tayanish aloҳida aҳamiyat kasb
etadi.
Dostları ilə paylaş: