ISLOM ABDUG’ANIEVICH KARIMOV – O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
PREZIDENTI
Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasi
tomonidan O’zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod qilib ko’rsatildi..
Islom Abdug’anievich Karimov 1938 yil 30 yanvarda Samarqand shahrida xizmatchi
oilasida tug’ilgan. Millati – o’zbek. Oliy ma’lumotli, O’rta Osiyo politexnika va Toshkent xalq
xo’jaligi institutlarini tugatgan. Muhandis-mexanik va iqtisodchi mutaxassisliklariga ega. Iqtisod
fanlari nomzodi.
Mehnat faoliyatini 1960 yilda Toshkent qishloq xo’jalik mashinasozligi zavodida
boshlagan. 1961 yildan 1966 yilgacha V.P.CHkalov nomidagi Toshkent aviatsiya ishlab
chiqarish birlashmasida muhandis, yetakchi muhandis-konstruktor bo’lib ishladi.
1966 yilda O’zbekiston SSR Davlat plan komitetiga ishga o’tib, bosh mutaxassislikdan
Respublika Davlat plan komiteti raisining birinchi o’rinbosarigacha bo’lgan yo’lni bosib o’tdi.
1983 yilda I.Karimov O’zbekiston SSR Moliya ministri, 1986 yilda O’zbekiston SSR
Ministrlar Soveti Raisining o’rinbosari, respublika Davlat plan komitetining raisi etib tayinlandi.
1986-1989 yillar mobaynida Qashqadaryo viloyati partiya komitetining birinchi kotibi,
1989 yilning iyunidan boshlab O’zbekiston kompartiyasi Markaziy Komitetining birinchi kotibi
lavozimlarida ishladi.
1990 yil 24 mart kuni O’zbekiston SSR Oliy Kengashining sessiyasida I.Karimov
O’zbekiston SSR Prezidenti etib saylandi.
1991 yil 31 avgust kuni I.Karimov tarixiy voqea – O’zbekiston Respublikasining davlat
mustaqilligini ehlon qildi.
1991 yil 29 dekabrda muqobillik asosida o’tkazilgan umumxalq saylovida I.Karimov
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylandi.
1995 yil 26 martda bo’lib o’tgan umumxalq referendumi yakunlariga ko’ra, I.Karimovning
Prezidentlik vakolati 2000 yilga qadar uzaytirildi.
2000 yili muqobillik asosida o’tgan saylov natijalariga ko’ra, Konstitutsiyaga kiritilgan
o’zgartirishlarga muvofiq, I.Karimov 7 yil muddatga O’zbekiston Respublikasi Prezidenti etib
saylandi.
2007 yil 23 dekabrda muqobillik asosida o’tgan saylov natijalariga ko’ra Islom Karimov 7
yil muddatga ikkinchi marotaba O’zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylandi.
U oilali, ikki nafar farzandi, to’rt nabirasi bor. Rafiqasi T.A.Karimova – mutaxassisligi
iqtisodchi, iqtisod fanlari nomzodi, O’zbekiston Fanlar akademiyasi Iqtisodiyot institutida katta
ilmiy xodim bo’lib ishlagan, ayni paytda pensiyada.
I.Karimov suveren va mustaqil O’zbekistonni barpo etish, xalqparvar demokratik huquqiy
davlat yaratish, fuqarolar tinchligi va milliy totuvlikni ta’minlash ishiga qo’shgan ulkan hissasi
hamda bu borada matonat va jasorat ko’rsatganligi uchun “O’zbekiston Qahramoni» unvoni,
“Mustaqillik” va Amir Temur ordenlari bilan taqdirlangan. SHuningdek, u bir qancha xorijiy
davlatlar va nufuzli xalqaro tashkilotlarning faxriy unvon, orden va medallari bilan ham
mukofotlangan.
I.Karimov O’zbekiston Fanlar akademiyasining haqiqiy ahzosi. Ayni vaqtda u iqtisod, fan,
tahlimni rivojlantirishga qo’shgan ulkan hissasi uchun ko’plab xorijiy mamlakatlar universitet va
akademiyalarining faxriy fan doktori hamda akademigi etib saylangan.
Dostları ilə paylaş: |