b) Kuchga kirgan normativ-huquqiy hujjatlarning Konstitutsiyaga mosligi yuzasidan
nazorat. Bunday nazoratni barcha davlat organlari amalga oshiradilar.
Umuman olganda qonunlarning ijro etilishi va normativ-huquqiy
hujjatlarning
Konstitutsiyaga va qonunlarga mos bo’lishini nazorat qilish qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va
sud hokimiyatini amalga oshiruvchi davlat organlari tomonidan olib boriladi.
Qabul qilingan qonunlarning ijro etilishini nazorat qilib borish Oliy Majlis faoliyatida
o’ziga xos o’rin tutadi. Oliy Majlis tomonidan qonunlarga rioya qilinishini nazorat qilish,
ularning tahsirchanligini o’rganish, qonun hujjatlaridagi kamchiliklarni, ijtimoiy munosabatlarni
tartibga solishdagi nuqsonlarni o’z vaqtida bartaraf etish maqsadini ko’zlaydi. Oliy Majlis
qo’mitalari va komissiyalari har yili qariyib 50 ta qonunning ijrosini o’rganadilar. Qonun
hujjatlari talablari qanday bajarilayotganligi deyarli barcha vazirliklar va idoralarda, viloyatlarda
tekshiriladi.
Dostları ilə paylaş: |