Qonun ustuvorligini ta’minlash - huquqiy davlat barpo etishning asosiy mezoni.
Huquqiy davlat tushunchasi demokratik davlat tushunchasi bilan chambarchas bog’liqdir.
Jahon tajribasi shuni ko’rsatmoqdaki, demokratik, huquqiy davlat kuch, inqilob bilan emas, balki
tabiiy-tarixiy evolyutsion yo’l bilan barpo etiladi. Albatta, har qanday jamiyatda huquqiy davlat
tushunchasi u yoki bu qonunlarning mavjudligi bilan belgilanmaydi. Negaki, qonunlar huquq
sifatida har bir davlatda mavjud va har qanday hokimiyat ulardan foydalanadi. Hamma gap o’sha
qonunlarning qandayligida va ularning qanday bajarilishidadir.
Dostları ilə paylaş: |