Birinchidan, qabul qilinayotgan qonunlar va boshqa normativ-hujjatlar adolatga, inson
huquqi va manfaatlariga asoslangan bo’lishi shart.
Ikkinchidan, Konstitutsiya, qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar barcha davlat
organlari, mansabdor shaxslar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolar tomonidan aniq bajarilishi
zarur.
Uchinchidan, barcha normativ-huquqiy hujjatlar Konstitutsiya va qonunlarga mos bo’lishi
– qonun ustuvorligini ta’minlashning asosiy mexanizmlarini tashkil etadi. Demokratik
jamiyatning muhim tamoyili bo’lgan qonun ustuvorligi mamlakatimizda barpo etilayotgan
fuqarolik jamiyati qurishning asosidir. Albatta, demokratik jamiyat qurish faqat qonun
ustuvorligi bilan cheklanib qolmaydi, balki xalqimizning milliy-ma’naviy negizlariga tayanishni
taqozo etadi va zaruriy sharti qilib qo’yadi.
MUHOKAMA UCHUN SAVOLLAR
1. O’zbekistonda demokratik, fuqarolik jamiyati qurilishida qonun ustuvorligi tamoyilini
izohlab beringq
2. O’zbekiston Respublikasi bilan Qoraqalpog’iston Respublikasining o’zaro munosabatlari
qandayq
3. O’zbekistonda davlat hokimiyati tizimining bo’linish printsiplarini bayon etingq
4. Ikki palatali parlamentning bir palatali parlamentdan farqi nima
5. Qonunchilik palatasi va Senatni shakllantirish tartiblari nimalardan iboratq
6. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatini shakllantirish tartibi saylov
qonunchiligida qanday belgilanganq
Dostları ilə paylaş: |