Fuqarolik jamiyati qurilishida qonun ustuvorligi tamoyilining


Ikkinchidan,  keyingi  nazorat



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/134
tarix02.01.2022
ölçüsü0,74 Mb.
#37107
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   134
Topics 7 - 12 (1)

Ikkinchidan,  keyingi  nazorat. Bu nazorat normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilinganidan

keyin amalga oshiriladi. Keyingi nazoratning o’zini ham ikki turga bo’lish mumkin.



a)  Normativ-huquqiy hujjat qabul  qilinganidan keyin,  ammo  u hali  kuchga  kirishidan

avval  amalga  oshiriladigan  nazorat.  Bu  nazorat ham  Adliya  vazirligi  tomonidan  vazirliklar,

davlat  qo’mitalari  va  idoralar  qabul  qilgan  umummajburiy  xarakterga  ega  bo’lgan  normativ-

huquqiy hujjatlarni  davlat  ro’yxatidan o’tkazishdan  avval  amalga  oshiriladi.  Bu  normativ-

huquqiy hujjatlar davlat ro’yxatidan o’tkazilgandan keyingina kuchga kiradi.

O’zbekiston Respublikasida vazirliklar, davlat qo’mitalari va idoralarning umummajburiy

xarakterdagi  normativ-huquqiy hujjatlarining  Konstitutsiya  va  qonunlarga  mosligini ta’minlash

maqsadida  O’zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasi  1993  yil  17  iyunda  «Vazirliklar,

davlat  qo’mitalari  va  idoralarning  umumiy-majburiy  tusdagi  normativ hujjatlarining huquqiy

ekspertizasi  va  ularni  davlat  ro’yxatiga  olish  to’g’risidagi  Nizomni  tasdiqlash haqida»  va  1997

yil 9 oktyabrda «Vazirliklar, davlat qo’mitalari va idoralar mehyoriy hujjatlarining qonuniyligini

ta’minlash chora-tadbirlari to’g’risida» qarorlar qabul qildi.

Bu  qarorlarning  mohiyati  shundaki,  ular  umummajburiy  xarakterdagi  idoraviy  normativ-

huquqiy


hujjatlarni  O’zbekiston  Respublikasi  Adliya  vazirligida  davlat  ro’yxatidan

o’tkazilishining majburiyligini tahminlab berdi. 1997 yil 9 oktyabrdagi qarorda belgilanishicha,

agar  shunday hujjatlar  davlat  ro’yxatidan  o’tkazilmasa,  ular  yuridik  kuchga  ega  bo’lmaydi.

Konstitutsiya  yoki  qonunga  zid  bo’lganlari  esa  davlat  ro’yxatiga  olinishi  mumkin  emas.  Ana

shunday  yo’l  bilan  idoraviy  normativ-huquqiy hujjatlarning  Konstitutsiyaga  va  qonunlarga

mosligi tahminlanmoqda.




Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   134




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin