Siyosiy madaniyat - bu munosabatlar tizimi va ayni paytda avlodlar almashinuvi natijasi, uni
tashkil etuvchi unsurlarni ishlab chiqish va qayta ishlab chiqish jarayonidir. Siyosiy madaniyat
rivojlanib boruvchi dinamik hodisadir.
Insonda dunyoqarash shakllanganidan so’ng uni himoya qilishga qodir huquqiy madaniyat
shakllanishiga shart - sharoitlar yaratish zarauriyati tug’iladi. Demak, huquqiy madaniyat va
huquqiy himoyaning mavjudligi jamiyatni demokratiyalashning asosiy kafolatlaridan biridir.
Qolaversa, demokratiyani tabiiy ravishda rivojlantirish uchun fuqarolarning umumiy
madaniyatlilik darajasi ham yuqori bo’lishi lozim. Aniqrog’i, demokratik jarayon bilan
insonning madaniyatliligi o’rtasidagi muvozanat doimiy xarakteriga ega bo’lishi kerak. Faqat
yuksak madaniyatgina jamiyatni haqiqiy demokratik rivojlanishga olib keladi. SHuningdek, bu
jarayonlar inqilobiy emas, balki tadrijiy yo’l bilan bo’lishi zarurligi ham muhim ahamiyat kasb
etadi. Ya’ni tabiiy rivojlanish yo’li boshqa usullarga qaraganda eng mahqulidir. Jahon tarixiy
tajribasi bunday yo’lni oxirgi yutuq sifatida tanlagani bejiz emas.
Siyosiy madaniyat uzoq yillar va avlodlar almashinuvi natijasida tarkib topgan siyosiy
anhanalar, siyosiy amaliyot mehyorlari, g’oyalar, turli ijtimoiy institutlar o’rtasidagi o’zaro
munosabatlarga doir kontseptsiyalar va ehtiqodlarni o’z ichiga oladi. U kishilarning o’zlari
yashayotgan mavjud tizimga, undagi institutlarga va xatti - harakat qoidalariga, alohida shaxs,
jamiyat va davlat o’rtasidagi o’zaro munosabatlar tamoyillariga nisbatan shakllangan intilishlari
va ko’rsatmalarni ham o’z ichiga qamrab oladi.
Siyosiy madaniyat qadriyatga oid va mehyoriy tizim hisoblanadi. U o’zida siyosiy
tizimdagi tayanch, ehtiqodlar, ko’rsatmalar, yo’nalishlar, intilishlar timsollarini aks ettiradi va
birlashtiradi. Amerikalik siyosatshunos D. Divaynning fikricha, siyosiy madaniyat ma’lum
ijtimoiy - siyosiy tizim ahzolari yoqlaydigan, “keng tarqalgan, fundamental siyosiy
qadriyatlarning tarixiy tizimidir”
1
. Siyosiy madaniyat “siyosiy mafkura”, “legitimmen”,
“suverenitet”, “qonun boshqaruvi”, “siyosiy partiya” kabi kategoriyalarni o’rganishni ham
taqozo etadi. Siyosiy madaniyat ma’lum darajada jamiyat ahzolari oldiga chegaralashlar qo’yadi.
Siyosiy jarayonlar va siyosiy xulqda namoyon bo’ladigan ehtiqodlar, his - tuyg’ular va
qadriyatlar oldidagi bunday chegaralashlar ham o’z navbatida siyosiy madaniyatning muhim
unsuri hisoblanadi. Alohida shaxsning, guruhning va boshqa ijtimoiy birliklarning umumiy
dunyoqarashining tarkibiy qismi bo’lgan siyosiy dunyoqarash siyosiy madaniyatning eng muhim
komponentidir
12
.
Siyosiy madaniyatni tashkil etuvchi qadriyatlar, yo’nalishlar, ko’rsatmalar, streotiplar
siyosiy tizimning shakllanishi va saqlanib qolishida asosiy o’rinni egallaydi. Jamiyat ahzolari
o’zaro baham ko’radigan “ijobiy” qadriyatlar tizimi miqdori uning alohida komponentlari
o’rtasidagi o’zaro murosa va kelishuvni belgilaydi va uning barqarorligi hamda yashab qolish
qobiliyatining nechog’lik mustaqil ekanligini aniqlab beradi.
Kishilar o’zlarini ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy manfaatlari yoki imkoniyatlarini ro’yobga
chiqarish uchun amaliyotda ishtirok eta boshlagandagina, siyosiy madaniyat shakllanib boradi.
Bunday madaniyatni egallash faqat siyosiy partiyalar, manfaatlar guruhlari faoliyatida ishtirok
etish orqaligina ro’y beradi. Hech bir inson yakka o’zi harakat qilib, o’zining moddiy, siyosiy,
huquqiy manfaatini yoki erkin fikrlash huquqini qo’lga kiritolmaydi.
Siyosiy madaniyatning totalitar turi jamiyatning ijtimoiy, iqtisodiy va ma’naviy hayotining
printsipial bir xillik bo’lishiga asoslanadi hamda har qanday turli-tumanlik, rang-baranglikni
yo’qotishga moyil g’oyalarga tayanadi. Sobiq SSSRdagi madaniyatning bu turi turli ijtimoiy
guruhlarning o’ziga xos maqsad va manfaatlarini ochiq namoyon qilishga yo’l qo’ymaydi. SHu
bilan birga totalitar rejim fuqarolarning siyosiy hayotdagi tanlash imkoniyatlarini chegaralar, har
qanday muqobillikni inkor qilar, bitta mulkchilik turi, bitta partiya, bir o’ringa bitta nomzod kabi
1
Qarang: Devine. The ‘olitical Culture of the United State. –Boston, 1972, ‘.3-7.
12
Қèðғèçáîåâ Ì. Ôóқàðîëèê æàìèÿòè: ñè¸ñèé ïàðòèÿëàð, ñè¸ñèé ìàôêóðàëàð, ñè¸ñèé ìàäàíèÿòëàð. -Ò.: Øàðқ,
1998, – 85-86-áåòëàð.
41
cheklashlarni oldindan belgilab berar edi. Bu holat o’z navbatida total turg’unlikni, qolaversa
yemirilishni ham keltirib chiqardi.
Siyosiy madaniyatning plyuralistik turi quyidagi muhim shart-sharoitlar yaratilganidagina
paydo bo’lishi, rivojlanishi, faoliyat ko’rsatishi, shuningdek, ustuvorlik kasb etishi mumkin:
1) Iqtisodiy va ijtimoiy hayot plyuralizmi sohasida - mulkchilikning turli shakllari, eng
avvalo xususiy mulkchilik paydo bo’lishi, xo’jalik yuritishning turli usullarining amal qilishi;
2) Jamiyat o’z ijtimoiy strukturasi va turli manfaatlari bo’yicha qanchalik rang-barang
bo’lsa, siyosiy plyuralizm va siyosiy madaniyat shakllanishi uchun shunchalik ko’proq zamin
paydo bo’ladi.
3) Fuqarolik jamiyati rivojlanishining ustuvorligini ta’minlash sohasida - fuqarolik
jamiyati siyosiy institutlarining shakllanishi; davlat hokimiyatini shakllantirish asosan saylovlar
vositasida amalga oshishi, hech kim, hech bir guruhning bu hokimiyatni na amalda, na huquqiy
jihatlardan o’z monopoliyasiga aylantirishiga yo’l qo’ymaslik;
4) Guruhlar va ularning vakillari bo’lgan siyosiy partiyalar va harakatlar o’rtasida ijtimoiy
rivojlanishning asosiy qadriyatlari, ideallari va maqsadlariga nisbatan aniq kelishuvlarning
mavjudligi;
5) Ham huquqiy jihatlardan, ham hayotda shaxs erkinligining tahminlanganligi.
Ushbu mavzuni o’rganishda quyidagi masalalarni ham bilish foydadan xoli emas.
Dostları ilə paylaş: |