Barqarorlashtirish siyosati – bu avvalo makroiqtisodiyotda muvozanatni saqlash, ishlab
chiqarishning keskin pasayishiga va ommaviy ishsizlikka yo’l qo’ymaslik.
Barqarorlashtirish siyosatining maqsadi – boshqarib bo’lmaydigan, iqtisodiy pasayishga
olib kelishi mumkin bo’lgan ichki va tashqi muvozanatsizlikdan chetlab o’tish, zarur bo’lgan
taqdirda uni to’g’rilashdan iborat.
Makroiqtisodiy
barqarorlikni
ta’minlashning
jahon
tajribasidagi
xilma-xil
yondashuvlar quyidagilardan iborat:
1. Monetar yondashuv – deb atalib, chuqur iqtisodiy o’zgarishlarni tahminlaydi. Monetar
yondashuv deb bunda pulning qadrsizlanish darajasini pasaytirib turishga, pul masalasini hamda
to’lovga
qodir
bo’lgan
jami
talabni
keskin
kamaytirish
hisobiga
pul
muomalasini
barqarorlashtirishga asoslangan. Bu xil yondashuv chuqur iqtisodiy qayta o’zgartirishlarni
tahminlamaydi, aksincha, ko’pincha ishlab chiqarishning moddiy xajmlari kamayishiga,
investitsiya faoliyati to’xtab qolishga olib keladi. Monetar hech qachon ishlab chiqarishni
tanglikdan olib chiqishga qodir bo’lgan yagona yo’naltiruvchi va hal qiluvchi kuch bo’lgan
emas. Barqarorlashtirish dasturini ishlab chiqarishda ana shu qattiq monetarizmga tayanmaslik
kerak. Balki muvazanatga keltirgan monetar siyosatning asosiy tarmoqlarni, ishlab chiqarishni
tarkiban qayta tashkil qilshni yo’lga qo’yish kerak.
Dostları ilə paylaş: |